Donning shaffofligini kesib tekshirish yo‘li bilan aniqlash.
SHaffoflikni donning kesigini ko‘rish natijalari bo‘yicha aniqlashda bug‘doy yoki qobig‘i olingan sholi donining o‘lchanmasidan tanlamasdan 100-ta butun don ajratib olinadi. Xar qaysi donni tig‘ bilan o‘rtasidan (ko‘ndalangiga) kesiladi va kesim yuzasi qarab chiqilib, uning shaffof yoki unsimon donlar guruxiga taluqli ekanlligi aniqlanadi. Unsimon donlar yaqqol ajralib turgan donlarni kesmasida turib, qisman shaffof donlarga kiritish mumkin.
Donning umumiy shaffofligini formula bo‘yicha aniqlanadi:
USH=TSH+KSH
bu erda: Tsh - to‘la shaffof donlarning soni:
Ksh -qisman shaffof donlarning soni:
Umumiy shaffoflik foizini undan bir ulishigacha aniqlikda xisoblanadi. Sifat to‘g‘rsidagi xujjatda umumiy shaffoflik butun sonlarda ifodalanadi va qaysi usulda aniqlanganligi yoziladi.
YAxlitlangan vaqtida agar foizning butun kismi juft son bo‘lsa, unli
ulushlar tashlanadi agar foizning butun qismi toq son bo‘lsa, u xolda u bir birlikda ko‘paytirilib olinadi. Parallel aniqlashlar yoki arbitraj taxlil orasidagi farq 5%dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |