Зоология ва экология
Bug’doyning xalq xo’jaligidagi ahamiyati va ekin maydonlari
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Bug’doyning xalq xo’jaligidagi ahamiyati va ekin maydonlari.
Bug’doy qimmatbaho va asosiy ozuqabop ekin. Un ishlab chiqarishda va undan non tayyorlashda bug’doy doni ajoyib xom ashyo hisoblanadi. Zero bug’doy doni o’zining kimyoviy tarkibi, kaloriyaligi, ososn hazm bo’lishi bilan alohida ajralib turadi. Bug’doy magzida oqsil kleykovinasi mavjud bo’lib, bu kleyklvina hamirning ko’pchishi, yumshoq va oson hazm bo’ladigan non olinishini ta’minlaydi. Dar haqikat non insoniyat hayotida eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan ozuqadir. Faktlarga murojaat etganimizda yer shari axolining 70 % ga yaqini bug’doy noni bilan ozuqalanishini bilib olamiz. Shaffof (shishasimon) bug’doy donidan tayyorlangan un oqsil va kleykovinaga juda boy bo’lib makaron mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan xom ashyodir. Bug’doy doni yormalar olishda ham keng qo’llaniladi. Bug’doydan kraxmal va yelimlash vositalari olinadi, u yana spirt ishlab chiqarishda ham qo’llaniladi. Bug’doy qoldiqlari (kepak) kontsentrlangan ozuqadir. Dag’al xashak sifatida bug’doy somoni va charim ishlatiladi. Bug’doy hosildorligini oshirish borasidagi tinimsiz izlanishlar natijasida keyingi yillarda bug’doyning tannarxi pasayib (qishloq xo’jaligining mexanizatsiyalashuvi va boshqalar sabablarga ko’ra, donni yembop ozuqa sifatida qo’llash imkoni ham tug’ildi. Bug’doy ekin sifatida kariyb 10000 yildan buyon ma’lum va mashxurdir. Yevropa mamlakatlarida bug’doy 4-5 ming yildan buyon qo’llanilib kelinmokda. Janubiy amerikada esa u xvi asr boshlarida aqsh xududida xvii asr bolaridan buyon qo’llaniladi. Bizning mamlakatimiz sarxadlarida esa bug’doy kadimgi ekin turi hisoblanadi. Eramizdan avvalgi 4-5 ming yilliklarda hozirgi turkmaniston respublikasixududidan bug’doydan ozuqa sifatida foydalanilganligi to’g’risida arxeolog ashyo dalillar mavjud. Yer sharining barcha qismlarida bug’doy yetishtiriladi. Bug’doy yetishtiriladigan yerlarning shimoliy chegarasi 60o shimoliy kenglikkacha bo’lib, hatto kutb doirasiga kiruvchi yerlar ham mavjud (norvegiya va rossiyada golfintreimning issik okimlariga moslashgan yerlar). Janubda esa bug’doy ekiladigan yerlar 50o janubiy chekkalari va butun janubiy amerikani kamrab oladi. Bug’doy himolay singari dengiz sathidan 3000-4000 metr balandlikdagi tog’larda ham yetishtiriladi. Bug’doy, yer sharining 80 dan ortiq mamlakatlarida yetishtiriladi. Bug’doy ekiladigan yer maydonlari kattaligi jihatidan jahon ziroatchiligida birinchi o’rinni (200 mln ga don ortikrok), yalpi don hosili uchinchi o’rinni egallashi bug’doyning hosildorgigi sholi va makkajuxoriga qaraganda ancha past ekanligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari bug’doy ekiladigan maydonlarning katta qismi namlik kam bo’lgan rayonlarda joylashgan, shu boisdan yer sharida bug’doyning o’rtacha hosildorligi gektaridan 10-12 tsentner miqdorida bo’ladi. Bug’doy eqilgan yer maydonlarining eng ko’p qismi rossiyada shuningdek xitoy (26,6 mln. Ga), aqsh da 20,8 mln ga), kanadada (9,5 mln ga) joylashgan.4-6 mln ga bug’doy ekiladigan maydonlar avstraliya, argentina, italiya, turkiya, frantsiyada joylashgan. Jahon ziroatchiligida bug’doyning juda ko’p nurlari mavjud bo’lib, qattiq va yumshoq bug’doy eng ko’p yetishtiriladi. Kuzgi yumshoq bug’doy faqat janubiy rayonlarda va mu’tadil sovuq kor bilan yaxshi koplanuvchi rayonlarda ko’tilgan natijani berishi mumkin. Bahorgi bug’doy asosan g’arbiy sibir, qozog’iston va uralda ko’proq ekiladi, shuningdek bo’z tuproq zonalar va povoljeda ham yetishtiriladi. Kuzgi bug’doy esa asosan ukraina, shimoliy kavkaz, moldaviya markaziy qoratuproq zonalar, zakavkaze, kozogiston janubida va o’rta osiyoda ko’proq yetishtiriladi. Aqsh da kuzgi bug’doy yetishtiriladi. Qattiq bug’doy shimoliy dakota shtatining deyarli barcha ekin maydonlariga eqilib, umumiy bug’doy yetishtirishning 2-7 % ni tashkil etadi. Kanadada deyarli barcha ekin maydonlariga bahorgi bug’doy ekiladi. Qattiq bug’doy aqsh da qaraganda kanadada ko’proq xo’jalik ahamiyatga ega bo’lib, umumiy bug’doy yetishtirishning 3-11 % ini tashkil etadi. Argentinada esa umumiy hosilning 10% gacha qismi qattiq bug’doy navlariga to’g’ri keladi. Garbiy yevropa mamlkatlarida asosan kuzgi bug’doy yetishtiriladi, ammo yetishtirilgan bug’doy sifati qayta ishlash sanoati extiyojini kondira olmaydi. Shu sababdan g’arbiy yevropa mamlakatlarining ko’pchiligi, hatto ko’p miqdorda bug’doy yetishtiradigan mamlakatlardan biri bo’lgan frantsiya yuqori nonboplik qiymatiga ega bo’lgan bug’doyni chetdan olib keladi. Evropada qattiq bug’doy kit’aning faqat janubiy qismida yetishtiriladi. Masalan, italiyada yarim orol janubida va sitsiliya, sardinya orollarida ekiladi. Yaqin shark (turkiya, irok), shimoliy afrika (aljir, tunis, marokko)da yetishtirilgan qattiq bug’doy tarkibi eng yuqori kontsentratsiyaga egaligi bilan ajralib turadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling