Зоология ва экология


Download 1.35 Mb.
bet73/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

"kuchli" bug’doy.

Bug’doy donining tasnifiy (spetsifik) ko’rsatkichlari uning shi­shasimonligi, kleykovina miqdori va sifati ma’lum darajada bug’doyning texnologik qiymatini, a’lo darajadagi non mahsulotlari tayyorlash imkoniyatlarini belgilab beradi.

Bu va bunga o’xshash belgilar juda o’zgaruvchan bo’lib, nav xusu­siyatlari, agrotexnika, tuproq-iqlim sharoitlariga qarab bug’doy do­nininng nonboplik xususiyatlari ham o’zgarib turadi. Shunga ko’ra turli xil texnologik xususiyatlarga ega bo’lgan yumshoq bug’doy 3 guruhga ajratiladi: "kuchli", "o’rtacha ", "kuchsiz".

Jahon amaliyotida tegishli texnologik jarayonlarda undan ta­yyorlangan hamir o’z shaklini barkaror saqlash oluvchi, yirik hajm­li, magzi yaxshi g’ovak non tayyorlash mumkin bo’lgan bug’doy "kuchli" bug’doy deb nomlanadi. "kuchli" bug’doy nonboplik xossasi past bo’lgan partiyalarga kushilganda, nonboplikjihatdan ancha yaxshi bug’doy uni aralashmasi olish imkonini beradi. Demak, birinchi guruhga a’lo sifatli non olinadigan va "kuchsiz" bug’doyni yaxshilash uchun kulla­nilish mumkin bo’lgan bug’doy navlari kiradi.

"o’rtacha " nomini olgan bug’doy esa "kuchli" bug’doy kushmasdan turib me’yordagi non olish mumkin bo’lgan bug’doydir. Ammo "o’rtacha" bug’doy "kuchsiz" bug’doyning nonboplik xususiyatlarini yaxshilash qobiliyatiga ega emas.

"kuchsiz" bug’doydan past sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan non olinadi, shu sababli "kuchsiz" bug’doyga "kuchli" bug’doy kushish­natijasida yaxshi non olishga erishish mumkin. Jahon ishlab chiqarishda yumshoq bug’doyning solishtirma og’irligi "kuchli" guruxda 15-20 % "o’rtacha " guruhga 25-30% va "kuchsiz" guruxda 50-55 % ni tashkil qiladi.

"kuchli" bug’doy asosan rossiya, kanada, kozogiston, aqsh va ar­gentinada yetishtiriladi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling