Zoologiya


Download 0.52 Mb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#226251
1   2   3
Bog'liq
7-sinf laboratoriya

Ishni bajarish tartibi:

1.Mikroskop ish holatiga keltiriladi. Buning uchun mikroskopni stol chetidan 5-8 sm. uzoqlikda, shtativini o'ziga qaratib joylashtiriladi.

2.Infuzoriya tufelkasi tayyorlangan pichan ivitmasi 3.kulturasidan vaqtinchalik mikropreparat tayyorlanadi:

Infuzoriya tufelkasi kulturasi oldindan tayyorlanadi. Bu quyidagicha tayyorlanadi: pichan suvda qaynatiladi va xona haroratida bir necha kun saqlanadi (O'qituvchi oldindan tayyorlab qo'yishi lozim).

4.Buyum oynasiga tomizgich yordamida tayyorlangan kulturadan olib tomiziladi,

5.Tomizilgan suv tomchisini ustidan qoplagich oyna bilan yopiladi.

6.Chetidagi ortiqcha suv filtr qog'ozi yordamida shimdirib olinadi.

7.Tayyorlangan vaqtinchalik mikropreparat buyum stolchasiga qo'yiladi va kuzatiladi

Kuzatishlar:

8.Infuzoriya tufelkasining tana shakli, uning oldingi (kengroq) va orqa (torroq) tana qismi topilib, og'iz oldi chuqurchasi o'rganiladi.

9.Infuzoriya tufelkasining harakatlari kuzatiladi.

10.Infuzoriya tufelkasini kichik va katta yadrosi, ovqat hazm qilishi va qisqaruvchi vakuollari aniqlanadi.

11.Daftarga infuzoriya tufelkasining kuzatilgan tana qismlarining nomlari yoziladi.

12.Chizmada ovqat hazm qilish va ayirish jarayonida ishtirok etadigan organlar har xil rangda belgilanadi.

13.Buyum oynasidagi tufelkali pichan ivitmasi tomchisiga sirka kislota yoki osh tuzining eritmasidan bir tomchi tomiziladi.

14.Tomchi qoplagich oyna bilan yopiladi va mikroskopning katta obyektivida kuzatiladi.

15.Xuddi shu tarzda amyoba va yashil evglena bilan laboratoriya ishi o'tkaziladi va kuzatishlar yozib boriladi.

16.Topshiriqlani bajaringi va rasmni davom ettiring



Sodda hayvonlar tuzilishining qiyosiy tavsiflari
Jadval-1

Organoidlar

Oddiy amyoba

Yashil evglena

Infuzoriya tufelka

1

2

3

4

Hujayra qobig'i










Yadrolari soni










Oziqlanish tarzi










Qisqaruvchi vakuoli










Xromotofori










Og'iz teshigi










Halqumchasi










Hazm qilish vakuolasi










Chiqaruv teshikchasi










Ko'zchasi










Himoya tanachalari










Harakat organoidlari:










yolg'on oyoqchalar -










kiprikchalar -










xivchinlar -









Yuqorida keltirilgan sodda hayvonlar vakillariga xos bolgan muayyan organoidlarni (+) plus, bo'lmaganlari (-) minus bilan belgilanadi.


Sodda hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlar
Jadval-2

Belgi va xossalari

Oddiy amyobada

Yashil evglenada

Infuzoriya tufelkasida

Yashash tarzi










Tana o'lchami










Tana shakli










Harakatlanish organoidi










Oziqlanish usuli










Ko'payish usuli











Rasmni davom ettiring.

Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa .

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


Sana:__________________
2-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.

Mavzu:Yomg‘ir chuvalchangining tuzilishi,harakatlanishi va refleksini kuzatish.
Maqsad:Yomg‘ir chuvalchangini kuzatish orqali chuvalchanglarning tashqi tana tuzilishi, tana qismlarining yashash muhitiga moslashganligi, harakatlanishi hamda tashqi ta'sirotlarga javob reaktsiyalarini o‘rganish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Jihozlar: preparoval to‘plam (pinset, skalpel, preparoval nina), lupa, ko‘rgazmali tajribalar uchun biologiya o‘qituvchisi laboratoriya asbob-anjomlari to‘plami ( Petri kosachasi, filtr qog‘ozi), yomg‘ir chuvalchangining barelyef modeli, piyoz, tirik yomg‘ir chuvalchangi.

Ishni bajarish tartibi:

  1. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi barelyef model orqali o'rganiladi.

  2. Tirik yomg'ir chuvalchangini olib diqqat bilan kuzatiladi. Uning tana tuzilishi, shakli, rangi va kattaligi aniqlanadi.

  1. Yomg‘ir chuvalchangi tanasining oldingi qismi ingichkaroq ekanligi va u yerda joylashgan og‘iz bo‘shlig‘i aniqlanadi.

  2. Chuvalchangning qalinlashgan, oqimtir tusga ega segmentlardan iborat bo‘lgan belbog‘ qismi, tanasining orqa qismida joylashgan segmentlari va chiqaruv (anal) teshigiga e'tibor qaratiladi.

  3. Chuvalchang terisining quruq yoki namligi aniqlanadi. Tuproqda yashash uchun bunday terining ahamiyati muhokama qilinadi.

  4. Chuvalchang tanasining qorin tomonini (boshidan oxirigacha) barmoq bilan silab ko‘riladi.

  5. Lupa yordamida segmentlar va ularda joylashgan tukchalarining tuzilishi aniqlanadi.

  6. Chuvalchangning qog‘oz va shisha yuzasiga qo‘yib, uning harakatlanishiga va undan chiqayotgan tovushlarga e'tibor beriladi. Ular o‘zaro taqqoslanadi.

  7. Chuvalchang tanasining turli qismlariga shisha tayoqcha yoki pinset tekkizib ko‘riladi. Natijasi izohlanadi.

  8. Chuvalchangning bosh qismiga (unga tegizmasdan) bir bo‘lak piyoz yaqinlashtiriladi. Natijasi izohlanadi.

  9. Yomg‘ir chuvalchangining rasmi chiziladi, rasmda chuvalchang tanasining yassi (qorin) va bo'rtgan (orqa) tomonlari belgilanadi.

  10. Barcha xulosa va natijalar.

Chuvalchanglarning tashqi tuzilish belgilarini tavsiflash

Jadval-1


Belgilari

Oq planariya

Qora mol salityori

Odam askaridasi

Yomg'ir chuvalchangi

Yashash tarsi













Tana oichami













Tana shakli













Hazm sistemasining qismlari













Anal teshigining mavjudligi













Nerv sistemasi













Qon aylanish sistemasi













Ayirish sistemasi tuzilishi













Jinsiy sistemasi tipi













Sezgi organlarining tuzilishi, joylashishi












Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________




Sana:____________________4-_LABORATORIYA_MASHGULOTI.__Mavzu:_Baliqlarning_tashqi_tuzilishi_va_harakatlanishini_organish._Maqsad'>Sana:_____________________3-LABORATORIYA_MASHGULOTI.__Mavzu:Hasharotlarning_tashqi_tuzilishini_yashil_bronza_qo‘ng‘izi_misolida_organish._Maqsad'>Sana: ___________________
3-LABORATORIYA MASHG'ULOTI.

Mavzu:Hasharotlarning tashqi tuzilishini yashil bronza qo‘ng‘izi misolida o'rganish.
Maqsad: qo'ng'iz, chigirtka, tut ipak kurti misolida hasharotlarning va ular g'umbaklarining tashqi tuzilishini kuzatish, ko'payish va rivojlanishi bilan tanishish, mustaqil ish bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish.

Jihozlar: hasharotlar turkumi vakillari kolleksiyasi, Tut ipak qurti rivojlanishi kolleksiyasi, preparoval to'plam (qaychi, pinsetlar, preparoval nina), lupa.

Ishni bajarish tartibi

  1. Tilla qo'ng'iz qo'lga olinib, tuzilishi kuzatiladi, tanasi ehtiyotkorlik bilan silab ko'riladi. Tanasining qalin, mustahkam, tashqi qoplagichining himoya vositasi ekanligi kuzatiladi.

  1. Tilla qo'ng'iz tanasining o'lchami chizg'ich yordamida aniqlanadi.

  1. Qo'ng'iz tanasi bo'limlari o'rganiladi.

  2. Tilla qo'ng'izning bosh qismida qanday organlari borligiga e'tibor beriladi.

  3. Lupa yordamida uning mo'ylovlari ko'rib chiqiladi; ular soni, vazifasi va shakli o'rganiladi.

  4. Tilla qo'ng'izning bosh qismida ikki yon tomonlaridagi ko'zlarini topib, uning tuzilishiga e'tibor beriladi.

  5. Lupada og'iz va sezgi mo'ylovlari ko'rib chiqiladi. Bosh qismining oldingi tomonidagi ko'ndalang plastinkasimon yuqorigi labi va uning orqa qismida og'iz teshigining ikki yoni va pastki tomonidan o'rab turgan ikki juft (yuqorigi va pastki) jag'lari va pastki lablarini ko'rib o'rganiladi.

  6. Pastki jag va pastki lablaridagi bir juft o'simtalarini topib, ularning nomi, vazifasi va tuzilishi o'rganiladi.

  1. Tilla qo'ng'izning ko'krak qismi tuzilishi aniqlanib; oldingi, o'rta va orqa ko'krakdagi juft oyoqlarini topib, ularning soni hisoblanadi, oyoqlari tuzilishi o'rganiladi.

  2. Tilla qo'ng'izning ko'krak qismi ustki tomonidan faqat birinchi juft ko'krak qismiga, qolgan qismlari qattiq qanot ustligi bilan qoplanganligiga etibor beriladi. Qalin qanot ustligini pinset yordamida ko'tarib, ikkinchi juft - yupqa pardasimon qanoti ko'rib chiqiladi.

  1. Tilla qo'ng'iz tanasining qorin qismi ko'rib chiqiladi. Qorin qismida segmentlar topilib, ularning soni aniqlanadi.

  2. Qorin segmentlari har birining chetida uncha katta bo'lmagan teshikcha (stigma)lar borligi aniqlanadi, ularning hasharotlar hayotida qanday ahamiyatga egaligi tushuntiriladi.

  3. Tilla qo'ng'izning tashqi tuzilishini kuzatib, tahlil qiling.

  4. Topshiriqlani bajaringi va rasmni davom ettiring.

Tut ipak qurtining lichinka va voyaga yetgan kapalak davrlaridagi tuzilishini o'rganish

1-jadval


Belgi va xossalari

Qurt (lichinka)

Voyaga yetgan kapalak

Yashash muddati

20 - 24 kun

5-10 kun

- Oziqlanish turi

O'txo'r

Oziqlanmaydi

- Harakatlanish turi

O'simlik ustida o'rmalaydi

Kam xarakatchan, uchmaydi

Tana o'lchami

Tuxumdan chiqqan lichinka 3-4 mm bo'lib, 4-chi tullashdan so'ng kattaligi 8-9 sm ga yetadi

4-6 sm

Tashqi tuzilishi:

Tana shakli

Mo'ylovi

Og'iz apparati

Oyoqchalar soni

Qanoti


Chuvalchangsimon Mavjud emas

Kemiruvchi

3 juft yuruvchi va 5 juft yolg'on oyoqlar Mavjud emas


Keng ovalsimon Patsimon (erkagida), taroqsimon (urg'ochisida) Xartumchasi yo'q (erkagida),

3 juft


2 juft, kalta

Rangi

Kul rang yoki oq

Oqish

Nafas organlari

Traxeyalar

Traxeyalar

Rasmni davom ettiring.





Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa .

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Sana:___________________
4- LABORATORIYA MASHG'ULOTI.

Mavzu: Baliqlarning tashqi tuzilishi va harakatlanishini o'rganish.
Maqsad: Baliq tuzilishini o'rganish orqali umurtqali hayvonlarning suv muhitida yashashga moslashishi, tirik obyektlarni mustaqil kuzatish ko'nikmalarini rivojlantirish.

Jihozlar: baliqning ho'l preparati, baliqning ichki tuzilishi barelef modeli, lupa, baliq skeleti, preparoval to'plam.

Ishni bajarish tartibi:

  1. Baliqning ho'l preparati ko'rib chiqiladi, suvda yashash uchun baliqning tana shakli qanday ahamiyatga ega ekanligi ko'riladi.

  2. Baliqning bosh, tana, dum qismlari topiladi. Tana bilan dum qismi chegarasidagi anal teshigi aniqlanadi. Baliqning tashqi ko'rinishi daftarga chizib olinadi.

  3. Baliqning tanasi rangiga e'tibor beriladi, baliqning orqa va qorin qismlari rangi kuzatiladi.

  4. Baliqning tangachali qoplami ko'rib chiqiladi va uning vazifasi tahlil qilinadi.

  5. Lupa yordamida tangachalarning joylashishi o'rganiladi. Alohida tangachaning rasmi daftarga chizib olinadi.

  6. Baliq bosh qismida bir juft kichikroq burun teshiklari topiladi va kuzatiladi.

  7. O'quvchilar diqqat bilan baliq bosh qismining yon tomonlarida joylashgan ko'zlariga qaratiladi. Barelef modelidagi baliqning burun teshigi kuzatiladi.

  8. Baliqning bosh va tana chegarasida jabra qopqoqlari kuzatiladi.

  9. Jabra qopqoqlarini qanday harakatlanishi kuzatiladi.

  10. Jag'va jabra qopqoqlarining harakatlari o'rtasida qanday aloqa borligi kuzatiladi.

  11. Baliqlar uchun xos alohida sezgi organi bo'lgan yon chizig'i topiladi va uning rasmi daftarga chizib olinadi.

  1. Baliq tanasida juft (ko'krak, qorin) va toq (orqa, dum, dumosti yoki anal) suzgich qanotlari topilib ular kuzatiladi.

  2. Baliqning suzish va tinch turgan vaqtida suzgich qanoti harakatlari kuzatiladi.

  3. Akvarium (yoki shisha idish) devorini qalam bilan ohista taqillatiladi. Baliq bunday tashqi ta'sirga qanday javob berishiga e'tibor beriladi.

  4. Akvariumga tirik ozuqa tashlab baliqning xatti-harakati kuzatiladi.

16.Laboratoriya mashg’uloti yakunida kuzatilganlar umumlashtirilib,jadvallar to’ldiriladi, tahlil va xulosalar yoziladi.

Baliq suzgichlari va ularning vazifalarini aniqlash

Jadval-1



Suzgichlar nomi

Joylashgan o'rni

Vazifalari

1

Toq suzgichlar: 1.2. 3.







2

Juft suzgichlar: 1.








Baliqlarning suvda yashashga moslashgan belgilari. Jadval-2



Belgilari

1




2




3




4




5




6




Baliq skeleti suyaklar sistemasi bo 'limlari va ular funksiyasi

Jadval-3




Skelet bo'limlari

Suyaklarning vazifasi

1

Bosh suyagi

1.

2.



3.




2

Umurtqa pogonasi

1.

2.







Rasm.

Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa .

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Sana:__________________
5-LABORATORIYA MASHG'ULOTI.

Mavzu: Qushlarning tashqi tuzilishi va pat qoplamini o'rganish.
Maqsad: qushlar pat qoplamini o'rganish orqali qushlarning tashqi tuzilishi va hayot kechirishining tashqi muhit bilan bog'liqligi, sudralib yuruvchilar o'rtasidagi farqi va o'xshashliklarini o'rganish, tirik obyektlarni mustaqil kuzatish va ish bajarish ko'nikmalarini mustahkamlash.

Jihozlar: CCD kamerali mikroskop, lupa, qushlarning ichki tuzilishi barelyef modeli, kaptar skeleti, "Qush patlari" kolleksiyasi, "Qushning ichki tuzilishi" ho'l preparati, qushlar skeletining tarqatma materiali.
Ishni bajarish tartibi.

  1. Qushning tashqi ko'rinishi, yoyilgan qanotlari va dum qismlari bilan tanishib chiqiladi.

  2. Qushning tanasi bo'limlari aniqlanadi va sudralib yuruvchilar o'rtasidagi farq tahlil qilinadi.

  3. Qushning havoda uchishga moslashganligi, tana tuzilishi, barcha hayvonlardan farqli ravishda - tashqi pat qatlami, dum va qanotlariga e'tibor qaratiladi.

  4. Qushlarning tashqi tuzilishiga nisbatan kichik, yumaloq tuzilishga ega bo'lgan boshi, oldingi cho'zilgan birmuncha uzun (muguz g'ilof bilan qoplangan) ingichka tumshug'i, yuqori tumshuq usti va pastki tumshuq ostki qismlari ko'rib chiqiladi.

  5. Qush tanasining uzun bo'yin, tana qismlari ko'rib chiqiladi va unda qanday organlar joylashganligi, bu organlarning qushlar xayotida qanday ahamiyatga ega ekanligi, tuzilishiga qarab o'rganiladi.

  6. Qush tana tuzilishining havoda uchishga moslashganligi, oldingi oyoq va qanotlariga e'tibor qaratiladi. Qushning qanotlarini yozib havoda o'zini tutib turishida hosil bo'ladigan yuzasi ko'rib chiqiladi.

  7. Qushning tayanib yurishga moslashgan orqa oyoqlarining pastki qismi va tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dag'al teri bilan qoplanganligiga e'tibor qaratiladi.

  8. Qushning tanasi, qanoti va dumidagi kontur (qoplovchi) patlari ko'rib chiqiladi. Ularni ingichka qattiq ichi kovak o'zagi (pat o'qi) va uning ikki tomonida keng, birmuncha yumshoq yelpig'ich patlari topiladi va ularni bir nechta joydan ajratib keyin barmoq bilan tutashtirib ko'riladi.

  9. Mikroskop yordamida pat yelpig'ichida birinchi tartib va ularga qo'shilgan ikkinchi tartib (ilmoqchali) o'simtalari ko'rib chiqiladi.

  10. Lupa yordamida kontur va par patlarining o'zaro tuzilishi o'rganiladi va funksiyalari bir-biriga taqqoslanadi.

  11. Qushning qanoti va dumi yoyilgan holda ko'rib chiqiladi, asosan ularning uchish sathi, yengillik va mustahkamlik berishiga e'tibor qaratiladi. Bu nima bilan bog'liq ekanligi muhokama qilinadi.

12.Qushlar qanoti yerda hayot kechiruvchi umurtqalilarning oldingi oyoqlari bilan solishtirib ko'riladi, o'xshash bo'lgan qismlari belgilanadi.

13.Qushlar oyoqlari tashqi tomondan nima bilan qoplanganligi, nechta barmoqlari borligi, barmoqlarning nima bilan tugallanganligi va qaysi hayvon bunday tuzilishga ega ekanligi taqqoslanadi.



14.Laboratoriya ishi yakunida qushlarning tashqi tuzilishini o'rganish jarayonida aniqlangan o'ziga xos xususiyatlari umumlashtirilib, uchishga moslashuvini ko'rsatgan holda jadvallar to’ldiriladi va tahlil,xulosalar yoziladi.
Qushlarning tashqi tuzilishi pat qoplami va skeleti qismlari

Jadval-1

Tana bo'limlari

Tuzilishi

Vazifasi

l.Oldingi oyoqlari







2. Orqa oyoqlari







3. Tana qoplami







4. Ko'zlari







5. Tumshuqlari







6. Qoplagich patlari








Qushlar va sudralib yuruvchilar tashqi tuzilishini taqqoslash

Jadval-2



Tashqi tana tuzilish belgilari

Qushlar

Sudralib yuruvchilar

1

Tana qismlari







2

Tana qoplami







3

JagTari







4

Oldingi oyoq bo'limlari








5

Orqa oyoq bo'limlari






Rasmni davom ettiring.






Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa .

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling