Zootexniya va agronomiya


Download 86.1 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2020
Hajmi86.1 Kb.
#120788
  1   2
Bog'liq
MELI. DILSHOD


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

ZOOTEXNIYA VA AGRONOMIYA” KAFEDRASi

MELIORATSIYA VA YER TUZISH” fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Sizot suvlarining tiplari, rejimi va unga ta’sir qiladigan omillar

Bajardi: XALILJONOV DILSHOD

(talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi)



Agronomiya (Anorchilik) 2 - kurs 18.67

(bakalavriat yo‘nalishi, kursi, guruhi)



Ilmiy rahbar: IMINCHAYEV.R

MUNDARIJA




Kirish





I - BOB

ADABIYOTLAR TAHLILI

6

II - BOB

Sizot suvlari haqida, rejimi, balansi tiplari

10




Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati





KIRISH

0 ‘zbekiston RespubJikasi xalq xo‘jaligining eng yirik tarmog‘i bo'lgan qishloq xo'jaligi mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Respublika- miz mustaqillikka erishgandan so‘ng bu sohani rivojlantirish maqsadida mulkchilikning yangicha shakllari teng huquqli asosda ravnaq topishini ta'minlash, bozor iqtisodiyotiga o‘tish borasida islohotlami chuqurlashtirish kabi dolzarb masalalaiga alohida e'tibor berilmoqda. Yuitimizda qabul qilinayotgan qonunlar, Hukumat qaroriari qishloq xo'jaligida yer-suv resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga, sug'oriladigan gektar mahsuldoriigini oshirishga imkon bermoqda 1998-yil 30-aprelda «Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to ‘g‘risida», «Fermer xo'jaligi to‘g‘risida», «Dehqon xo'jaligi to‘g‘risida»gi qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilingan bo'lib, Respublika Prezidentining 2003-yil 24- martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlami chuquriashtirishning eng muhim yo'nalishlari to ‘g‘risida» va 27-oktabrdagi «2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari talablaridan kelib chiqqan holda ulaiga tegishli qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi, yangi tartibdagi «Fermerlar xo‘jaligi to ‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bulaming barchasi dehqon va fermer xo‘jaliklarining yer-suv resurslariga bo‘lgan munosabatlarini to'laqonli shakllanishiga yo‘l ochdi.Ishlab chiqarish vositasi bo'lgan yeiga to ‘g‘ri munosabatda bo'lish maydon birligidan mahsulot yetishtirishni toboia ko'paytirishni ta'minlaydi. Fan, texnika va ilg‘or tajriba yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish qishloq xo'jaligi samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan hisobla- nadi. Bunga esa aniq bir joyning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini e'tiborga olgan holda dehqonchilik tizimini ishlab chiqish va joriy qilish asosida yerdan unumli foydalanish, ekinlami parvarishlashning takomillashtirilgan zamonaviy texnologiyalarini qo'llash kabi tadbirlar orqali erishiladi.Respublika iqtisodiyotini kelgusi rivojlantirish mamlakat tabiiy boyliklari- dan tejamli foydalanishga bog'liq bo'lib, bu yerda aholini maishiy va xalq xo‘jaligini ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan suv resurslari alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat va qishloq xo'jaligi taraqqiyoti sur'atlarining o'sishi, shuningdek, aholi sonining ortishi qo'shimcha suv miqdorlarini talab qilmoqda. Tabiiy holatdagi rejimi, hajmi va sifati kabi ko'rsatkichlari bo'yicha suv manbalarining talabga yetarlicha javob bera olmasiigi ushbu muammo yechimini murakkablashuviga olib kelmoqda.

Sug'oriladigan dehqonchilik Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil min- taqasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtiruvchi asosiy yo'nalishlardan biri hisoblanadi.Respublikamizning umumiy maydoni 447,4 ming km3 bo‘lib, qishloq xo'jaligiga mo‘ljallangan yerlar 22614 ming gektarni tashkil etadi. So'nggi asr davomida sug'oriladigan yer maydoni 2,36 marotaba ko‘paydi: 1809,5 ming gektardan (1914-y.) 4276,1 ming gektarga yetkazildi. Lalmikor dehqonchilik maydoni 743 ming gektami tashkil etadi. Respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining asosiy qismi — 97 foizi sug'oriladigan yerlardan olinmoqda. Bunday yerlarda ekinlar hosil- dorligi lalmi yerlardagiga qaraganda bir necha (hatto 10 va undan ortiq) marta yuqoridir: to‘g‘ri foydalanilganda yetishtiriladigan mahsulot miqdori bo'yicha I ga sug'oriladigan yer 6 - 7 ga lalmikor yerga, 50 ga baland tog‘ va 100 ga cho‘1 yaylovjariga teng.Aholi sonining o'sish sur'atlarini sug'oriladigan yeriami kengaytirish sur'atlaridan ortib ketishi natijasida jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug'oriladigan haydalma yer maydoni yildan-yilga kamayib, 0,35 gektardan 0,16—0,17 gektarga tushib qoldi. Bu ko'rsatkich Rossiyada — 0,67, Qozog'jstonda — 1,54, Qirg'izistonda — 0,21 va Ukrainada 0,59 gektami tashkil etadi.

Qishloq xo'jaligini suvga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojini to'liq ta’minlash maqsadida respublikamizda qudratli suv xo'jalik majmuasi barpo etilgan: umumiy suv sarfi 2500 m 3/sek . bo'lgan 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 17,8 km3 (foydali hajmi 14,6 km3) bo'lgan 52 ta suv omborlari, 32,4 ming km xo'jaliklararo kanallar (shundan 9,4 ming km. ga beton to'shama yotqizilgan), 176,4 ming km xo‘jatik (shu jumladan 133,6 ming km tuproq o'zanli, 37 ming km beton to'shamali, 25 ming km beton novli, 3,7 ming km yopiq quvurli) sug‘orish tarmoqlari, 31 ming km xo‘jaliklararo va 106,3 ming km (67,1 ming km ochiq va 39,2 ming km yopiq) xo'jalik kollektor-zovur tarmoqlari ishlatilib kelinmoqda. 3 mingta sug'orish quduqlari, 4800 dan ortiq vertikal zovur quduqlari, 24,6 mingdan ortiq kuzatuv quduqlari faoliyat ko'rsatmoqda. Ekin maydon- larining 2,3 mln. gektari (53 foizi) nasos stansiyalari yordamida sug'oriladi.O'zbekiston suv xo'jaligi kompleks tavsifga ega. Hozirgi kunda res- publikamizning suvga bo'lgan umumiy ehtiyoji yiliga 56-60 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Uning 92 foizi qishloq xo'jaligi, 5,5 foizi maishiy-xo'jalik va 1,5 foizi sanoat ehtiyojlariga, 0,8 foizi baliqchilikka va 0,2 foizi energetika maqsadlariga sarflanmoqda.Respublikadagi mayjud sug'orish tizimlarining yanada to‘liq takomil- lashtirilmaganligi, sug'orish dalalarida suv o'lchash ishlarini talab darajasida tartibga solinmaganligi, sug‘orishning tejamli usul va texnikalarini keng joriy etilmaganligi tufayli suv manbalaridan olinayotgan suvning 36—40 foizi behuda isrof bo'lib ketmoqda. Sug'orish tizimlarining foydali ish koeffitsienti 1960-yil 0,40 ni tashkil etgan ho‘lsa, respublika suv xo‘jaligida amalgaoshirilgan qator tadbirlar evaziga bu ko'rsatkich hozirga kelib 0,60—0,64 ga yetkazildi Respublika bo'yicha har gektar ekin maydonining ehtiyoji 8— 10 ming m3 bo'lsada, amalda 13-14 ming m3 suv sarflanmoqda (1960- yil bu ko'rsatkich 20 ming m3 ni tashkil etgan)Regionda mavjud suv resurslaridan tejab-teigab foydalanish sharoitida ham yaqin kelajakda xalq xo‘jaligini suv bilan ta'minlash masalasining yanada murakkablashuvi kutilmoqda. Bu muammoni ijobiy hal etish uchun energetika va sanoatda suvdan qayta foydalanish tizimi, suv ishlatilmaydigan va chiqitsiz texnologiyalami joriy etish, suvni behuda isrof- garchiligini kamaytirish, texnik jihatdan mukammal sug‘orish tizimlarini barpo etish, mavjud sug'orish tizimlarini qayta qurish va jihozlash, sug‘orish texnikasini takomillashtirish, ekinlarni sug'orish rejimini tabaqalashtirish, sho‘rlanishga va botqoqlanishga moyil bo'lgan yerlaming barchasida kollektor-zovur tarmoqlari barpo etish, sug‘orish tarmoqlarini filtratsiyaga qarshi to'shamalar bilan ta'minlash, ekinlaming parvarishi bo‘yicha jadal texnologiyalami qo'llash, sug‘orish tizimlaridan foydalanishni yaxshilash talab etiladi.

Tabiiy landshaftlarga insoniyat ta'sirining faollashuvi, suv resurslari va atrof - muhitning tanazzuli kuchaygan hozirgi sharoitda insoniyat hayoti uchun qulay bo'lgan turg'un agroekotizimni ishlab chiqish va shakllan- tirish eng asosiy muammolardan biridir. Ko‘p ukladli qishloq xo'jaligi va tabiiy sharoitlar xususiyatlarini hisobga olgan holda agroekologik negiz- larga amal qilib dehqonchilik yuritish va sermahsul turg‘un agrar land- shaftlar yaratish zaruriy ehtiyojga aylandi.Respublika qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, ekin- lar yetishtirishga joriy etilayotgan texnologiyalar ushbu soha mutaxassislari ishiga ham qo'shimcha talablar qo'ymoqda. Qishloq xo'jaligi mutaxassisi tuproq va o'simliklarning suv rejimlari va uni boshqarish, sug'orishni tashkil etish va amalga oshirish, suvdan tejamli foydalanish, sug'orishni istiqbolli usullarini qo'llash bo'yicha zaruriy bilim va amaliy ko'nikmalami o'zida mujassam etgan ishboshi bo'Iishi lozim. Shu sabab- dan «Ekinlami sug'orisb asoslari» fanini o'rganish agronom va fermermutaxassislar tayyorlash dasturining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu fan tuproqshunoslik, agrokimyo, dehqonchilik, o ‘simlik)ar fiziologiyasi, melioratsiya, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash, tabiatni muhofaza qilish fanlari bilan uzviy aloqadadir.

I – BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI

Dehqonchilik insoniyatning qadimiy faoliyat shakllaridan bo‘lib, ekinlarni yetishtirishga oid dastlabki ma'lumotlar qadimgi yunon shoiri Gesiod (miloddan aw. 776-y.) va faylasuf olim Aristotel (miloddan aw. 384-y.) asarlarida keltiriladi. Rim shoiri Vergiliy (miloddan aw . 70—19-y.y.) dehqonchilik to‘g‘risidagi poemasida tuproq xususiyatlari, shudgorlash, ekinlami navbatlab ekishning ahamiyati haqida to'xtalib, yerga ishlov berishga oid tavsiyalar yozib qoldirgan.Ibtidoiy odamlar yowoyi holda o'suvchi o'simliklar donini yig'ishtirib olishdan asta-sekin ulami sun'iy ravishda yetishtirishga o‘ta boshlashgan. Bunda, asosan, liman dehqonchilik yuritilgan, ya’ni ekinzorlar daryo sohilida barpo qilinib, toshqin paytida ulami suv bosgan. Miloddan awalgi V I-V ming yilliklarda liman sug'orish Markaziy Osiyoning janubi-g‘arbidagi tog'oldi hududlarida tarkib topgan va rivojlangan. Milod- dan awalgi IV ming yillikda janubiy tog‘oIdi hududlarida liman va qayir dehqonchiligidan sug'orib dehqonchilik qilishga o'tila boshlagan va shuning yillikning ikkinchi yarmida hamda III ming yillik boshlarida ziroatchilikning bu usuli kengaya bordi.Markaziy Osiyoning o‘rta va sharqiy qismlarida sug'oriladjgan deh- qonchilik nisbatan kech tarqalgan. 0 ‘zbekistonning tog‘oldi vohalarida o'troq dehqonchilik qilish tarixini o'rganish bo'yicha olib borilgan ar- xeologik tadqiqotlar sug'orib dehqonchilik qilish miloddan awalgi II ming yillikda Surxondaryo vodiysi (Sopollitepa, Dalvarzintepa, Ku- chuktepa), Farg'ona vodiysining sharqiy qismi (Chust), Amudaryo deltasi (Ko'kcha, Bozor) va Zarafshon vodiysi (Zomonbobo)da yuzaga kelganligini ko‘rsatadi.Umuman olganda, Markaziy Osiyo hududidagi sug'oriladigan deh- qonchilikni geografik va xronologik jihatdan shartli ravishda quyidagi areal (dehqonchilik turi tarqalgan joy)larga ajratish mumkin: miloddan awalgi V I-V ming yilliklarda Kopetdog' tog'oldi (Jaytun madaniyati) Jiman sug'orishi, miloddan awalgi IV va III ming yillikning boshida (bronza davri) Surxondaryo vodiysi (Daivarztn, Sopollitepa) va Mohandaryo (Zomonbobo) qadimgi sug'orish tizimiga ega geoksur delta dehqonchiligi, miloddan awalgi II ming yillikning 3-choragida Xorazmda Tozabog'yob qabilasining o'ziga xos delta sug‘orishi, miloddan avvalgi IIming yillikning oxirida Sharqiy Farg'ona (Chust) qadimiy dehqonchiligi va boshqalar.



O'sha davrlarda barpo etilgan irrigatsiya inshootlari gidrotexnika sohasida yuqori darajada malaka bo'lganligini ko‘rsatadi Masalan, yer osti suvlarini yig'ish va yer yuzasiga chiqarish uchun korizlardan keng foydalanilgan. Bunday inshootlar kamsuvli Kopetdog' etaklarida, Zarafshon tizmasining tog'oldi rayonlarida, Nurota, Kattaqo‘rg‘on va Jizzaxda ko'plab qurilgan.Koriz kovlash yer osti suvlari rejimini va joy relyefi bo'yicha nishob- likni aniq belgilashni talab etgan. Koriz trassasi (ulaming uzunligi bir necha kilometrgacha cho'zilgan) aniqlangandan so'ng shu trassa bo'ylab har 5-40 m. da chuqurligi 14—15 m. dan 60-70 m. gacha bo'Igan quduqlar kovlangan. Quduqlar balandligi 1,5 m va eniga 1 m bo‘lgan lahm orqali biibiriga birlashtirilgan, uning devorlari yog'och yoki toshlar bilan mustahkamlangan.

Miloddan awalgi I ming yillikda Markaziy Osiyoda sug'orish ishlarini rivojlantirishda yangi davr boshlandi. Xorazm, Marg'iyona va Kofamihonda miloddan awalgi V I-IV asrlardan milodiy IV asrgacha, Farg'ona, So‘g‘d va Toshkent vohasida milodiy III—IV asrlarda sug'orish ishlari taraqqiy etadi.0 ‘zbekistonning janubiy (Zang kanali va boshqa suv manbalari), Tojikiston (Vaxsh va Hisor vodiylari)dagi, Toshkent va Samarqand vohalaridagi qadimiy sug'orish tizimlarining qoldiqlari antik dehqonchilikning tez sur'atlarda rivojlanishi milodiy I-IV asrlarga to‘g‘ri kelishini tasdiqlaydi.Quldorlik tuzumidan feodal jamiyatiga o'tish davri (IV—VI asrlarjda Markaziy Osiyoda sug'oriladigan yeriar maydoni keskin qisqarib, VII asidan boshlab esa yana kengaya bordi va ayniqsa, IX—XIII asrlarda, ya'ni Somoniylar (1X-X asrlar), Qoraxoniylar (XI—XII) va Xorazm- shohlar (XII—XIII asr boshi) hukmronligi davrlarida sug'oriladigan dehqonchilik keng koMamda ravnaq topdi.XH-XIV asrlarda Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismida 2,4 mln. ga yer o'zlashtirilgan bo'lib, shundan 1,4 mln. gektarida muntazam sug'orib dehqonchilik qilingan. 0 ‘rta asriarda sug'orish tizimlarini qayta qurish va yangi tipdagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish keng yo'lga qo'yildi. Ish hajmini kamaytirish maqsadida sug'orish kanallari antik davrdagiga nisbatan tor va chuqur qilib kovlana boshlandi, ularda suv to'sqich, ayiig'ich va tashlagichlar qurildi. Magistral kanallaming uzunligi 100-150 km gacha yetkazildi.Suvni yuqoriga ko'tarib beruvchi mexanizm — chig'irlaming kashf etilishi o‘sha davrdagi irrigatsiya texnikasi sohasidagi alohida yutuq bo'ldi. Chig'irlar yordamida suv 4 m va undan ortiq balandlikka ko'tarib berildi. Chig'irlar yordamida sug'orish o‘z oqimi bilan sug'orishga qaraganda suvni 30—50 foiz kam sarflanishiga olib keldi. Markaziy Osiyoda chig'irlardan ming yillar davomida foydalanildi. XX asr boshlarida Amudaryoning quyi oqimida 69 mingdan ziyod chig‘ir qo‘llanildi, bitta chig'ir 2—3 ga yemi sug'orish imkonini berdi.0 ‘rta asrlar irrigatsiyasini rivojlanishida matematika, geometriya fan- lari, arxitektura va qurilish texnikasi yutuqlari katta rol o‘ynadi. Muham- mad ibn Muso Xorazmiyning «Kitab al-jabr val muqobala*, Abu- Abdulloh Xorazmiyning «Mafatih al-CIum» kitoblarida irrigatsiya va irrigatsiya texnikasi haqida so‘z yuritiladi. IX—XII asrlarda akveduklar, suv ayirg‘ich-ko‘priklar, suv omborlari qurila boshlandi. Sharqning ulug’ allomasi Ahmad al-Faig‘oniy (milodning 798—865-y.y.) Al-Fustat (hoziigi Qohira) shahri hududida Nil daryosidagi Ravzo orolida daryodagi suv sathini o'lchovchi miqyosni barpo qilgan. Ushbu gidrotexnik inshoot hozirgacha saqlanib qolgan.Markaziy Osiyoda sug'oriladigan dehqonchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida har tomonlama ravnaq topa borib, XX asming ikkinchi yarmida yanada taraqqiyot bosqichiga kirdi.Turkiston Rossiya mustamlakasiga aylantirilgandan so‘ng o'lkada 1867- yildan e'tiboran irrigatsiya sohasidagi tadqiqotlar va yirik suv xo'jalik qurilishlari boshlab yuborildi. 1872-yil Mirzacho'lda hozirgi Do'stlik kana- lining dastlabki trassasi qurildi. 1896-yilda qayta qurib bitkazilgan kanal II mJ/sek. suv o'tkazish va 7 ming desyatina (7630 ga — 1 desyatina 1,09 gektarga teng) yemi sug‘orish imkonini berdi. 1913-yiida uning suv sarfi 130 m J/sek. ga yetkazildi. 1914-yildan 32 ming desyatina qo‘riq yemi o'zlashtirish boshlandi. Toshkent vohasida 1885-yil Iskandarariq kanali qurilgan bo'lib, u 4140 desyatina yemi sug'orishni ta'minladi Shu kabi qurilish ishlari Sunxondaryoda, Samarqandda boshlab yuborildi.XX asming boshlarida fuqarolar umshi tufayli Turkiston o'lkasida sug'orish tizimlarining holati keskin yomonlashdi: irrigatsiya inshootlari buzilib, kanallami loyqa bosdi, ulaming suv o'tkazish qobiliyati pasa- yib ketdi. Buning oqibatida ekin maydonlari ancha qisqardi Shu sababdan o'lkada xalq xo'jaligini, birinchi navbatda sug'oriladigan dehqonchitikning asosi bo'lgan irrigatsiya ob'ektlarini tiklash masalasiga alohida e'tibor qaratildi: 1923-yil suv xo'jaligini tiklash bo‘yicha burilish yili bo'ldi. Davlat tomonidan irrigatsiya ishlariga katta mablag'lar ajratila boshlandi. Faqatgina 1922— 1926-yilIarda 783 ming desyatina eski ekin maydonlari qayta o'zlashtirildi, 2090 ming desyatina yerda sug'orish tarmoqlari qayta qurildi va suvdan foydalanish yaxshilandi. 232 ming desyatina yangi yerda sug'orish tashkil etildi. Ekin maydonlari 1923-yil 1650 ming desyatinaga yetkazildi. 1924-yil Markaziy Osiyoda umumiy sug'oriladigan yerlar ko'lami 2823 ming gektami, shu jumladan paxta maydoni 401,5 ming gektami tashkil etdi. Irrigatsiyani tiklash davri (1924-1928-y.y.)da amalga oshirilgan yer-suv islohotlari natijasida O'zbekistonda sug‘oriladigan yerlar ko'lami ortdi va 1914-yildagiga nibatan 82,5 foizga yetkazildi.1928-1932-yillar davomida bajarilgan irrigatsiya-melioratsiya ishlari sug'oriladigan ekin maydonlarini kengaytirishga, ayrim mintaqalaming suv ta'minotini yaxshilashga imkon berdi. 1027 ming ga paxta maydoni- dan 804 ming tonna yalpi hosil olindi. 1933-1937 yillarda 204 ta irri- gatsiya-meliorativ ob'ektlarida suv xo'jalik ishlari bajarildi va 974 ming ga maydonda 1562 ming tonna paxta yetishtirildi (hosildoiiik 16,1 s/ga. ni tashkil etdi).1938- 1942-yillarda xalq hashari yo'li bilan suv xo‘jalik ob'ektlarining qurilishi avj oldi. Dastlab Langar (9 km), Lag'on (32 km), Ravot (18 km), Zandona (19 km), Bo‘zsu, Qipchoq, Mayyop (25 km) kabi kanallar juda qisqa muddatlarda qurilib, ishga tushirildi.

1939- yil Farg'ona vodiysida eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri — Katta Farg‘ona kanali (270 km) xalq hashari yo‘li bilan 45 kunda qurib bitkazildi. Qurilishda 160 mingdan ziyod mehnatkashlar ishtirok etishib, jami 17,8 mln. m] hajmdagi tuproq ishlari bajarishdi.Faqatgina 1939-yil davomida respublikada 50 ta irrigatsiya ob'ekti, shu jumladan umumiy uzunligi 1332 km bo'lgan kanallar qurildi, 23 mln. m3 hajmdagi tuproq ishlari bajarildi, 73 ming ga yangi yer o‘zlashtirildi, paxta hosildorligi 17,2 s/ga. ni, yalpi hosil 1605 ming tonnani tashkil etdi.1940- yilda irrigatsiya qurilishi yanada rivoj topdi: Shimoliy Farg'ona, Janubiy Farg'ona, Toshkent va boshqa yirik kanallar qurilib, ishga tu- shirildi. Kattaqo‘ig‘on suv ombori, Katta Hisor, Toshsoqa, Suelli kanal- larini qurish ishlari boshlab yuborildi. 1940-yil qurilish ishlarida yarim million kishi ishtirok etishadi va 56 mln. m3 hajmdagi tuproq ishlari bajariladi, 70 ming ga yangi yer o'zlashtiriladi.Ikkinchi jahon urushi yillarida barcha yirik irrigatsiya ob'ektlarida qurilish ishlari to'xtatib qo'yildi. Yerlaming meliorativ ahvoli yomon- tashib, ekin maydontari qisqara boshladi. Paxta hosildorligi 1941-yil 17,7 s/ga ni, 1942-yil — 9,4 va 1943-yil 7,1 s/ga ni, yalpi hosil esa tegishli ravishda 1667, 876 va 520 ming tonnani tashkil etdi.Urushdan keyingi davrda suv xo‘jaligi qurilishi sohasida jonlanish yuz berdi: Kosonsoy suv ombori, Kampirravot gidrouzeli, So‘x O‘ngqirg‘oq, Oxunboboyev nomidagi, Boyovut kanallari, Sarisuv kollektori va boshqa yirik suv xo‘ja!ik ob'ektlari ishga tushirildi. Sug'orish tizimlaridan foydalanish yaxshilandi.1956-yildan e'tiboran respublikada Mirzacho‘1 va Qarshi cho'lidagi qo'riq yerlami o‘zlashtirish va Qoraqalpog'istonda sholichilik xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha katta ishlar boshlab yuborildi.1966-1986-yillarda Markaziy Osiyoda suv sarfi 200 dan 500 m3/sek. gacha bo'lgan Qoraqum, Qarshi, Amu-Buxoro magistral kanallari kabi yirik suv xo‘jalik ob'ektlari qurildi (3-jadval). Andijon, Chorvoq, Chordara, Tuyamo‘yin, Norak va boshqa ko'pgina suv omborlarining qurilishi daryolar oqimini boshqarish imkonini berdi. Shu davrda irrigatsiya sohasida bajarilgan katta qurilish ishlari regionda 3 mln. gektardan ortiq yangi yerlar o'zlashtirish va jami sug'oriladigan dehqonchilik maydonini 9354 (shu jumladan, 0 ‘zbekistonda 4020) ming gektaiga yetkazish hamda qadimdan sug'orib kelinayotgan yerlaming suv ta'minotini yaxshilashni ta'minladi Sug'oriladigan yerlarda paydo bo'layotgan zovur suvlarini chiqarib tashlash maqsadida yirik magistral kollektorlar qurildi.



II – BOB. SIZOT SUVLARI HAQIDA. REJIMI, TIPLARI, BALANSI.

Sizot suvlar tuproq ostidagi birinchi suv o‘tkazmaydigan (berch) qatlam ustida joylashadi, bunda tuproqning barcha g'ovakliklari suv bilan to’lgan bo’ladi. Sizot suvlari sug'orish tarmoqlari va sug'oriladigan dalalardan sug'orish suvlarining, yomgMr va qor suvlarining filtratsiya boMishi, balandda joylashgan yerlardan tuproq ostidan oqib kelishi va juda oz miqdorda suv bug'larining konditsiyalanishi hisobiga ta'minlanadi. Quyi (etak)da joylashgan uchastkalarga va kollektor-zovur tarmoqlariga oqib chiqib ketishga, tuproq havosiga bug’lanishga, kapillyar g'ovakliklar orqali tuproqning faol qatlamiga ko'tarilishga sarflanadi.Tuproqda muallaq osilib turuvchi suvlar tuproqning namligi nisbatan kichik bo’lmagan tomonga doimiy harakat qilib turadi, lekin bu hara- kat tuproq namligi kamayishining ma’lum bir chegarasigacha ~ kapillyar bog‘lanishning uzilish namligi (KBUN)gacha davom etadi va undan keyin bunday suvlaming harakati to'xtaydi. U, odatda, tuproqning chegaraviy dala nam sig'imi (ChD NS)ning 6 0 - 7 0 foiziga teng bo’ladi. S.I. Dolgov (1957) bu chegara o‘simliklarning suv bilan ta'minlanish sharoitini yomonlashuvini bildiruvchi ko’rsatkich deb ko'rsatadi. Bu namlik o'simliklar uchun mo'tadil namlikning quyi chegarasi - kritik namlikkato'g'ri keladi.

Yuqorida qayd etilganlar negizida S.J. Dolgov tuproqning namlanish darajalarini biologik jihatdan quyidagicha baholaydi:

1) o'simliklar mutlaqo foydalana olmaydigan (mustahkam bog'langan);

2) juda kam va qiyin foydalana oladigan (SN dan «o‘lik zaxirasi»gacha bo'lgan namlik);

3) kam unumda foydalana oladigan (bo‘sh bog‘langan pardasimon suvning sirtqi qobig'i); 4) mo'tadil unumda foydalana oladigan (ICBUN dan ChDNS gacha bo'lgan namlik); 5) yuqori unumda foydalana ola- digan; 6) ortiqcha namiqqan (havo yetishmaydi).Sug'orishlar orqali tuproqni to'rtinchi darajali namiqishi - mo'tadilnamlik ko ‘tami (MNK) ta'minlanadi. U tuproqning ChDNS va KBUN chegaralarida bo'ladi, ya’ni MNK=ChDNS-KBUN. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi sharoitida ko'pincha unumli namlik ko'lami (UNK) — UNK=ChDNS-SN — hisobga olinadi (A.A. Rode bo'yicha bu - faolnamlik ko'lami).

Sizot suvlarning joylashgan chuqurligi, tuproqning mexanik tarkibi, tuproq qatlamining litologik tuzilishiga ko'ra S.N. Rijov va N.F. Bespalov sug'oriladigan yerlami quyidagi 9 ta gidromodul rayonga ajratishgan ( 1 -jadval).

Gidromodul rayonlar

1-jadval


Gidromodul

rayonlar

Tuproq va tuproq osti yotqiziqlar

Sizot

suvlaming

joylashgan

chuqurligi, m

I

Katta qatlamli qumoq, qum-shag'al yotqiziqli,

katta qatlamga ega qumoq va soz tuproqlar



3 - 4

II

0 ‘rtacha qatlamli, qum-shag'al yotqiziqli qumoq va snz tuproqlar va katta qatlamga egaqumloq tuproqlar

-

III

Kattn qatlamga ega qumoq vn soz tuproqlar

-

IV

Qumli va qumloq tuproqlar

2 - 3

V

0 ‘rtacha va og'ir qumoq. bir jinsli yoki quyi

qatlamlarga yengillashib boruvchi og'ir qumoq



-

VI

Bir jinsli, zich yoki turlicha mexanik tarkibli,

qatlamli tuzilishga ega og'ir qumoq va soz

tuproqlar


-

VII

Qumli va qumloq (uproqlar

1 - 2

VIII

0 ‘rtacha va og ir qumoq, bir jinsli yoki quyi

qatlamlarga yengillashib boruvchi og'ir qumoq



-

IX

Bir jinsli, zich yoki ttirlicha mexanik tarkibli,

qatlamli tuzilishga ega og'ir qumoq va soz

tuproqlar


-

Sug'orilayotgan va sug'orishga yaroqli foydalanilmayotgan yerlarni tuproq-iqlim okruglari va zonalariga ajratish ham tavsiya etilgan. Hududni tuproq-iqlim okruglariga bo'lish S.N. Rijov (1948) taklif etgan suv balansi taqchilligi - bug'lanish va yog'in miqdorlari farqi negizida amalga oshiriladi. Bug'lanish (E, mm) quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi (N.N. Ivanov):

E = 0,008 * 0, 18 - ( 2 5 + t)2 * J'(100-a),

bu yerda:

t - o'rtacha oylik harorat, "C;

a — havoning o'rtacha oylik nisbiy namligi, foiz.

O ‘zbekiston hududi quyidagi 8 ta tuproq-iqlim okruglariga ajratilgan:Quyi Amudaryo, Chirchiq-Ohangaron, Farg‘ona, Mirzacho‘1, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo. Qiig'izstonda 0 ‘sh va Jalolobod tuproq-iqlim okruglari, Tojikistonda Qo'rg'ontepa, QuJob, Hisor, Xo'jand, Turkmanistonda Murg‘ob-Tajang, Kopetdog' oldi, 0 ‘rta Amudaryo va Quyi Amudaryo, Qozog‘istonda Mirzacho‘1, Sariog'och- Keles va Aris-Turkiston okrugiari farqianadi. Ushbu okrugiaming har birida suv bilan ta'minlanganiik darajalari namlanganlik koeffitsienti asosida tuproq-iqlim zonalari farqlangan. Farg'ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo okruglari cho‘I tuproqiari va bo‘z tuproqlar poyasiga bo'lingan.Mazkur tuproq-iqlim zonasidagi tuproqlar sizot suviarining joy- lashgan chuqurligiga koTa quyidagi tuproq-iqlim oblastlariga ajratiladi: sizot suvlari 3 m dan chuqurda joyiashgan avtomorf tuproqlar, 2—3 m chuqurlikda joylashgan oraliq tuproqiar va 1—2 m chuqurlikda bo‘lgan gidromorf tuproqlar. Ushbu oblastlardagi tuproqiar qatlamining qalinligi va mexanik tarkibiga ko'ra jami 10 ta gidromodui rayonga ajratilgan.

Chuchuk sizot suvlaridan o'simlik foydalanadigan miqdor ( Wt“ E • K) tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvlarning joylashgan chuqurligi, o ‘simlik ildiz tizimining rivojlanganlik darajasi, tuproqni aeratsiya qatlamining litologik tuzilishi, tuproq ustki qatlamlarining sug‘orish yoki yog'in suvlari bilan namiqish takroriyligiga bevosita bog'liqdir

Mavsumiy sug'orish me'yori sizot suvlari minerallashmagan sharoitlar uchun yuqorida keltirilgan ifoda yordamida hisoblanadi. Sizot suvlari minerallashgan yerlarda sho'r yuvish tariqasidagi sug'orish rejimi qo'llanilishi tufayli bu me'yor 15-20 foizga oshiriladi va koeffitsient ko'rsatkichlari 1,5—2 marotaba kamaytiriladi.



SIZOT SUVLARINING RЕJIMI VA BALANSINI O’RGANISH

Ma'lumki sug’oriladigan maydonlarning gidrogеologik mеliorativ sharoiti sizot suvlarida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga bog’liqdir. Shuning uchun sizot suvlarini gidrogеologiya fani bilan birga mеlioratsiya fani ham o’rganadi. Bu ishni bajarishdan maqsad – "Gеologiya va gidrogеologiya asoslari" fani dasturiga kiritilgan. Sizot suvlarining rеjimi va balansi masalalari bilan talabalarni yaqindan tanishtirishdir. Chunki sizot suvlarida bo’lib o’tadigan turli tabiiy va sun'iy omillar ta'siri ostida sodir bo’ladigan miqdoriy va sifat o’zgarishlar qonuniyatlarini o’rganmasdan turib, sizot suvlarini kеrakli yo’nalishda boshqarib bo’lmaydi, hamda turli xil mеliorativ tadbirlarni amalga oshirib ham bo’lmaydi.



Sizot suvlarining rеjimi dеb vaqt birligi ichida turli tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida ularning sath, harorati, minеralizatsiyasi, gaz tarkibi va harakatlanish tеzligining qonuniy o’zgarishlariga aytiladi.Qurg’oqchil hududlarda joylashgan sug’orish maydonlarining yеr yuziga yaqin joylashgan sizot suvlari tuproqlarni sho’rlantiruvchi va botqoqlikka aylantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Bu hodisalar sizot suvlarining fasllar, yillar mobaynida tutgan o’rni va minеralizatsiyasiga bog’liq. Yuqori harorat esa bu jarayonlarning tеzlashishiga ta'sir ko’rsatadi. Sug’oriladigan hududlarda tarqalgan sizot suvlarining rеjimi har xil bo’ladi. Uning shakllanishi esa turli xil omillar bilan bеlgilanadi.

Bunday omillarga quyidagilar kiradi:

a) gеologik va gеomorfologik omillar (yеr yuzining rеlеfi, litologik tuzilishi, tеktonik sharoiti);

b) iqlimiy omillar-yog’in suvlari, havoning namligi, harorati, havo bosimi va boshqalar;

v) irrigatsion-xo’jaliklar omillari, irrigatsiya va kollеktor zovur shaxobchalari, sug’orishga bеriladigan suvlar, sug’orish usullari va tuproq ishlanish tizimi va boshqalar;

g) gidrologik omillar-tabiiy suv havzalari;

d) biologik omillar-o’simliklar transpiratsiyasi;

е) tuproq omillari-tuproq hosil qiluvchi har xil jarayonlar -nurash jarayonida turli organik mahsulotlarni sintеzlanish va buzilish (parchalanish).Odatda yuqorida kеltirilgan omillar turli tabiiy mintaqalarga joylashgan sug’orish maydonlarida turlicha va turli tеzlanishda namoyon bo’lib sizot suvlari rеjimini har xil turlarini shakllanishiga olib kеladi.Sug’oriladigan maydonlardagi sizot suvlariga ta'sir qiluvchi omillar turli tuman va ko’p sonliligidan qat'iy nazar, rеjimni shakllantirishda ularning ayrimlarigina asosiy rol o’ynaydi.

Profеssor M.M. Krilov rеjim hosil qiluvchi omillarning barchasini hisobga olib,

sizot suvlari rеjimini shakllanishiga ko’ra 5 turga bo’ladi:

1. Infiltratsion – bug’lanish rеjimi.Bu turdagi rеjimlar yеr osti suvi dеyarli harakatlanmaydigan yеrlarga mansub bo’ladi.

2. Infiltratsion oqim rеjimi.Bu turdagi rеjimlarning hosil bo’lishi infilratsiya va t еz harakatlanuvchi oqimlar mavjud bo’lgan yеrlarga mansubdir.

3. Infiltratsion rеjim.Bu turdagi rеjimlar sug’orish suvlarining infilratsiyasi natijasida sizot suvlari sathining yil sayin ko’tarilib borishida namoyon bo’ladi.

4. Oqim rеjimi.Bu turdagi rеjim asosan yеr osti suvi oqimining xususiyatiga bog’liq bo’ladi.

5. Aralash yoki komplеks o’zgaradigan rеjim. Sizot suvlari balansi tushunchasi, ma'lum muddat ichida hududda sizot suvlariga kеlib qo’shiladigan va undan sarf bo’ladigan suv miqdorlarinitaqqoslashdan kеlib chiqadi. Balans so’zi frantsuzha so’z bo’lib, o’lchash taroziga tortish, muvozanat ma'nosini bildiradi. Agarda sizot suvlarining rеjimi gidrogеologik jarayonning tashqi qiyofasini (sifat o’zgarishini) ifodalasa, balans esa, uning ichki miqdoriy mazmunini (o’zgarishini) ifodalaydi.Sug’oriladigan maydonlarda sizot suvlari balansining kirim qismiga sun'iy manbalar – kanallardan kеlib qo’shiladigan, sug’orish vaqtida dalalardan shimiladigan suvlar kiradi. Yog’in suvlaridan, yеr usti hamda yеr osti suvlari oqimidan qo’shiladigan suvlar esa tabiiy manbalarga kiradi. Sizot suvlari bug’lanish, transpiratsiya, buloqlar orqali va zax qochirish zovurlari va quduqlar orqali sarf bo’ladi. Sizot suvlari balansi kirim qismi bilan sarf bo’ladigan qismi orasida muvozanati tiklangan va tiklanmagan balans turlariga ajratilad i. Agar kirim qismining miqdori (K) sarf bo’lish miqdori (C) ga tеng bo’lsa, (K=C) muvozanati tiklangan balans dеyiladi. Bu turdagi balansda sizot suvlari asosan bug’lanish hisobiga sarf bo’lsa, u holda tuproq qatlamida tuz yig’iladi, ya'ni еrlarda yomon mеliorativ holat vujudga kеladi va tuproqlarda tuz yuvilish jarayoni sodir bo’ladi. Agar sizot suvlari balansining kirim va sarf bo’lish qismi o’zaro tеng bo’lmasa (К≠ С) muvozanati tiklanmagan balans dеyiladi. Kirim qismi katta bo’lsa (К>С) sizot suvlarining sathi ko’tariladi va еrlarda qayta sho’rlanish yoki botqoqlanish jarayoni sodir bo’ladi. Agarda sarf qismi, kirim qismidan katta bo’lsa (С>К) sizot suvlarining sathi pasayadi va tuproqlarda tuz yuvilish jarayoni sodir bo’ladi.

SUG’ORILADIGAN TUMANLARDA TARQALGAN SIZOT

SUVLARINING RЕJIMINI O’RGANISH.

Yеr osti suvlarining rеjimini o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish ishlari kеng maydonlarda, xo’jalik maydonlarida joylashtirilgan va maxsus joylashtirilgan kuzatuv shaxobchalari yordamida olib boriladi. Rеgional rеjim shaxobchalari asosiy gidrogеologik mintaqalarda yеr osti suvlarining tabiiy va buzilgan fasliy, ko’p yillik rеjimlarining o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish uchun uchun xizmat qiladi. Xo’jalik maydonida qurilgan shaxobchalar qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirish, sug’orishni rеjalashtirish, еrlarni mеliorativ holatini nazorat qilish, sug’oriladigan еrlarning suv va tuz balansini hisoblash va kuzatib borish, sug’orish tizimi maydonida joylashgan sizot suvlari rеjimini bashorat qilishda, drеnaj qudug’i, zovurlarni loyihalashda va yеr osti suvlari rеsurslarini baholashda kеrak bo’ladigan gidrogеologik ko’rsatkichlar aniqlanadi. Sug’orish tumanlarida, xo’jalik maydonlarida joylashtirilgan shaxobchalar yordamida sizot suvlari rеjimi ustidan doimiy kuzatuv olib borilishi lozim.Kuzatuv haxobchalari odatda sug’orish ishlari boshlanmasdan avval xo’jalik maydonlarida bir tеkis yoki biron-bir yo’nalish bo’yicha joylashtiriladi. Birinchi turdagi shaxobchalar sizot suvlarining yotish chuqurligi va minеralizatsiyasining katta masshtabdagi xaritalarini tuzish va sizot suvlari ustidan tеzkor nazorat qilib turish imkonini bеradi. Gidrogеologik kuzatuv ishlarida asosiy e'tibor sizot suvlari qatlamining yuqori qismiga qaratilishi lozim. Agar shu tumanda rеgional kuzatuv shahobchalari bo’yicha pastki qatlamlarda joylashgan yеr osti suvlari rеjimi to’g’risida ma'lumotlar bo’lsa, ularning natijalaridan sizot suvlarining rеjimini tahlil qilishda va еrlarning mеliorativ holatiga ta'sirini aniqlashda foydalanish kеrak. Qabul qilingan mе'yorlarga ko’ra sug’oriladigan maydonlarda 100 gеktarda 1-2 ta kuzatuv qudug’i qazilishi kеrak va sizot suvining sathi oyiga 1 marotaba o’lchanishi lozim. Kuzatuv quduqlarining soni va o’lchash muddatlari еrlarning rеlеf sharoitiga, irrigatsion-xo’jalik va gidrogеologik sharoitlarining murakkabligiga, kuzatuv ishlaridan kutilgan maqsadga qarab o’zgartirilishi mumkin. Xo’jaliklarda kanallar orqali sug’rishga bеrilgan va irrigatsiya tizimidan sarf bo’layotgan suv miqdori ustidan doimiy nazorat o’tkazilmog’i zarur.

Kuzatuv natijalarini qayta ishlash vaqtida sizot suvlari rеjimini o’zgartiruvchi omillar (harorat, havoning namligi, atmosfеra yog’ini suvlarining miqdori, bug’lanish) ham hisobga olinishi kеrak.Kuzatuv natijalarini qayta ishlash vaqtida sizot suvlari rеjimini o’zgartiruvchi omillar (harorat, havoning namligi, atmosfеra yog’ini suvlarining miqdori, bug’lanish) ham hisobga olinishi kеrak.Kuzatuv natijalarini qayta ishlash sizot suvlari sathining irrrigatsion tizim va sug’orishga bеrilgan suv miqdorining, atmosfеra yog’ini suvi miqdorining hamda havo namligi еtishmasligining ustma -ust tushurilgan chizmalarini tuzishdan iboratdir.Chizmalar har bir kuzatuv qudug’i uchun tuziladi. Ordinata o’qi bo’yicha yеr yuzasidan o’lchangan chuqurligi, abtsissa o’qi bo’yicha suvlarning yеr yuzasidan o’lchangan chuqurligi, abtsissa o’qi bo’yicha vaqt bеlgilanadi. Chizmaning chеkkasida kuzatuv qudug’ining gеologik kеsimi bеriladi. Sug’orish maydonchasidagi sizot suvlarining sathi bilan rеjim yaratuvchi omillar orasidagi sifat bog’liqlikni aniqlash uchun ularning chizmalari ustma-ust tushuriladi. Tuzilgan chizmalarni tahlil qilish orqali sizot suvlari sathining yil maboynida o’zgarish qonuniyatlarini aniqlash mumkin.

1959 yilda sizot suvining 1958 yil dеkabridan boshlab ko’tarilayotgan sath tеzligi 0,16 m/oy bilan aprеl oyigacha davom etadi. Aprеl oyida sizot suvining sathi kеskin (0,74 m/oy) pasayadi. So’ngra iyul oxirigacha doimiy, oyiga 0,36 m t еzlik bilan ko’tarilib boradi. Iyul oyining oxirigacha dеkabr oyining boshlarigacha sizot suvining sathi doimo bir tеkis, oyiga 0,36 m tеzlik bilan ko’tarilib boradi. Iyul oyining oxirlaridan dеkabr oyining boshlarigacha sizot suvining sathi doimo bir tеkis, oyiga 0,23 m tеzlik bilan pasayib boradi. Sizot suvining sathi pasayish tеzligi, ko’tarilish tеzligiga nisbatan kichikroqdir. O’zgarish amplitudasi 0,24-1,20 m ni tashkil qiladi. Chizmaning ko’rsatishicha sizot suvining sathiga ta'sir qiluvchi asosiy omil bo’lib irrigatsiya shaxobchalaridan filtratsiyaga sarf bo’lgan suvning katta miqdori mos kеladi.

Havo namligining to’yinmasligi va haroratning ta'siri iyul-avgust oylarida sizot suvlarining sathi 1,9-2,0 mеtr bo’lganida ko’rinadi. Bu oylarda sug’orish shahobchalariga maksimal miqdorda suv bеrilsa ham, s uv sathi ko’tarilish o’rniga bug’lanish hisobiga pasayib boradi. Sizot suvining sathi pasayishi bilan bu omillarning ta'siri sеzilmay qoladi. Atmosfеra yog’inlari sizot suvlari sathi rеjimiga dеyarli ta'sir qilmaydi. Bеrilgan tahlil asosida bu rеjimni prof. M.M Krilov tasnifnomasiga ko’ra infiltratsion – bug’lanish turiga kiritish mumkin. Bеrilgan ma'lumotlar sizot suvlarining rеjimini to’liq, har tomonlama tahlil qilish va uni idora qilish uchun tadbir ishlab chiqishga kifoya emas. Buning uchun, sizot suvlarida sodir bo’ladigan o’zgarishlarning miqdoriy ko’rsatkichlarini, ya'ni sizot suvlarining balansini va uning dinamikasini o’rganish lozim.

Balansni o’rganish ishlari balansni o’rganish maydonlarini tanlashdan boshlanadi. Balans maydonlarining chеgarasi bo’lib xo’jaliklarning, gidrogеologik tuman va mintaqalarning, oddiy gidrogеologik sharoitlarda irrigatsiya shahobchalarining chеgaralari xizmat qilishi mumkin. So’ngra, bu tanlangan maydonda sizot suvi balansining tarkibiy qismini yoki elеmеntlarini aniqlash uchun balans o’lchash joylari quriladi. Bu o’lchash joylarida atmosfеra yog’inlarining, yеr osti suvi oqimining kirimi va chiqimi, sarfi, yеr usti suvlarining sarfi, daryo, kanal va sug’orish maydonlaridan filtratsiyaga sarf bo’ladigan suvlar miqdori, kondеnsatsiya yo’li bilan hosil bo’lgan suvlar miqdori, bug’lanishga sarf bo’lgan suvlar miqdori, kollеktor, zovurlar orqali chiqarib tashlanadigan suvlar miqdori aniqlanadi. Bulardan tashqari tog’ jinsi va tuproqlarning fizik, gidrogеologik va filtratsion xususiyatlari – kapillyar ko’tarilish balandligi, g’ovakligi, solishtirma og’irligi, zichligi, suv o’tkazuvchanligi va boshqalar aniqlanadi. Sizot suvlari balansining asosiy qismlari o’rganilayotgan davr uchun aniqlab bo’linganidan so’ng, uning natijalari va hisoblari jadval ko’rinishiga kеltiriladi. So’ngra balans elеmеntlarining hamda tabiiy va xo’jalik omillarining ustma-ust tushirilgan xronologik chizmasi tuziladi. Jadval va chizmaga asosan kuzatuv natijalari tahlil qilinadi.

Tahlilning vazifasi sizot suvlari balansi strukturasining vaqt birligi ichidagi o’zgarish qonuniyatlarini tiklashdan, ularga ta'sir qiluvchi jami omillar uchun miqdoriy ko’rsakichlar olish va natijalarini mеlioratsiya ishlari qilinayotgan maydonga tarqatish hamda balansning tarkibiy qismlari va jami omillar orasidagi bog’lanishni aniqlashdan iboratdir.

Yil oxiriga kеlib sizot suvlarning zaxirasi 122,4mm ortadi yoki µ=0.1 bo’lsa sizot suvlarning sathi 12,24sm ko’tariladi. Bu hodisa shuni ko’rsatadiki sugorish ishlari davom etishi bilan kеyingi yillarda sizot suvlarining sathi ko’tarilib boravеradi va natijada tuproqlarning qayta sho’rlanishga olib kеladi.Sizot suvlarining balansida asosiy rolni sug’orishga bеrilgan suvning infiltratsiyasi, kanallardan sarf bo’lgan filtratsion suvlar va bug’lanish o’ynaydi. Atmosfеra yog’ini suvlarining infiltratsiyasi va balans maydonidan oqib chiqadigan sizot suvlarining oqimi uncha sеzilarli ta'sir ko’rsatmaydi. Balans kirim qismining 58 foizini sug’orishdan shimilgan suvlar, 33 foizini irrigatsiya shahobchalaridan sarf bo’ladigan infiltratsion suvlar, 9 foizini at mosfеra yog’inlari tashkil qiladi. Sizot suvlarining 52 foizi bug’lanishga sarf bo’ladi va bu jarayon iyul oyidan oktyabr oyigacha davom etadi. Balans maydonidan sizot suvi oqimi sifatida sarf bo’ladigan qismi 48 foizni tashkil qiladi va bu jarayon yil bo’yi davom etadi. Sug’orish maydonidagi sizot suvlarining zahirasi may oyi boshlarida o’zgaradi va yеr osti suvi oqimining sarfi hisobiga asta-sеkin kamayib borishi (dеkabr-aprеl oylari), vеgеtatsiya boshlanishi bilan ortib borishi bilan almashinadi. Bu еrda bug’lanish, sug’orishdan va irrigatsiya shahobchalaridan shimilib sizot suvlariga qo’shilgan suvlar miqdoriga tеng bo’lmaydi. Sizot suvi zahirasining ortish jarayoni sеntyabr oyigacha davom etadi, so’ngra oktyabr oxirigacha bug’lanish hisobiga va maydo ndan chiqib kеtadigan yеr osti suvi oqimi hisobiga bir tеkis kamayib boradi.Yil oxiriga kеlib sizot suvlarining zahirasi 122,4 millimеtrga ortadi yoki sizot suvlarining sathi 12,24 santimеtrga ko’tariladi. Bu hodisa shuni ko’rsatadiki, sug’orish ishlari davom etishi bilan kеyingi yillarda sizot suvlarining sathi ko’tarilib boravеradi va natijada tuproqlarni qayta sho’rlanishga olib kеladi.

Yuqorida qilingan tahlilga ko’ra quyidagi xulosa kеlib chiqadi:

1. Sizot suvlarining balansi hisoblariga ko’ra muvozanati tiklanmagan balans turiga kiradi. Balansning kirim qismi, sarf qismidan katta, (k > c) ya'ni bug’lanish hisobiga qayta sho’rlanishga olib kеladigan sizot suvlari sathining ko’tarilish jarayoni sodir bo’layapti.

2. Sizot suvlari zahirasining ortib borishi asosan (91 foiz) sug’orishdan infiltratsiyaga va irrigatsiya shahobchalaridan filtratsiyaga sarf bo’lgan suvlarga bog’liq bo’lganligi uchun suv bеrishni kamaytirish, kanallarda filtratsiyaga qarshi tadbirlar ishlab chiqish, suvdan rеja asosida foydalanish va ortiqcha yеr osti suvlarini zax qochirish inshootlari orqali chiqarib tashlash lozim.

Sizot suvlari er osti suvlarining bir turi bo’lib, er yuzasidan birinchi uchraydigan suvo’tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan bo’ladi. Ular doimiy, bosimsiz va erkinyuzaga ega. Agar sizot suvlarning yuzasi quduqlar bilan ochilsa, ularning sathbalandligi o’zgarmaydi.Sizot suvlarining yotishsharoiti turlicha bo’lib, u hududning tabiiy jo’g`rofik, geomorfologik va geologik sharoitlariga bog`liqdir.



Sizot suvlarining yotish sharoitlari.

Sizotsuvlarieryuzigayaqinjoylashganligisabablieryuzasidasodirbo’ladiganjarayonlarbilanuzviybog`langandir. Atmosfera yog`inlari ta’sirida ularning sathi ko’tariladi, haroratining ta’sirida bug`lanish ro’y berib, ularning sathi pasayadi. Daryo suvioqimining ko’tarilishi yoki pasayishi sizot suvlarida shu kabi o’zgarishlarni yuzagakeltiradi, ya’ni sizot suvlari tabiatda suvning aylanishida faol qatnashadi.

Sizot suvlarining yuzasi uning oynasi deyiladi. Sizot suvlarining yuzasi notekis, to’lqinsimon bo’ladi. Ko’p hollarda yuzaning relefi ozgina yumshoqroq holda errelefini qaytaradi. Litologik tarkibi va gidrogeologik xossalari bir xil bo’lgan tog`jinsi qatlamlariga sizot suvlari qatlami deyiladi. Suvli qatlamning tagida joylashgan suv o’tkazmaydigan tog` jinslariga suv o’tkazmas qatlam deyiladi. Suvli qatlamningqalinligi, sizot suvining yuza sathidan suv o’tkazmas qatlam yuzasigacha bo’lgan tik masofani ko’rsatadi. Sizot suvlarining er qobig`ida tarqalishi, joylashishi, yuza tuzilishi, kimyoviy tarkibi, er usti suvlari bilan o’zaro bog`liqligi va boshqa jihatlari xaqida to’liq tushunchagaega bo’lishuchun turli xildagi gidrogeologik xaritalar tuziladi. Ulardan engahamiyatlisi sizot suvlarining gidroizogips va yotishchuqurligi xaritasi hisoblanadi.Gidroizogips deb sizot suvlari yuzasidagi bir xil balandlik nuqtalarini birlashtiruvchiegri chiziqlarga aytiladi. Gidroizogips xaritasini tuzish uchun tadqiqot maydonida

kavlangan quduqlarda va o’rnatilgan gidropostlarda sath o’lchash ishlari bajariladi. Sizot suvlarining sathi o’zgaruvchan bo’lganligi uchun gidroizogips xaritasi satho’lchangan kun yoki haftaga xos bo’lgan holatni aks etdiradi. Shuning uchun xarita ma’lum davrlar uchun bir vaqtda o’lchangan o’lchovlar natijasidan foydalanibtuziladi. Bu xaritada bosimsiz sizot suvlari yuzasining tuzilishi gidroizogipslarda, yotishchuqurligi esa izobatlarda tasvirlanadi. Gidroizogips xaritasidan foydalanib, amaliy ishlar uchun zarur bo’lgan quyidagima’lumotlarni aniqlash mumkin:

1) sizot suvi oqimining yo’nalishi va nishabini;

2) maydonning xoxlagan nuqtasidagi sizot suvining yotishchuqurligini;

3) agar suvo’tkazmas qatlam yuzasi izobatlarda berilsa, suvli qatlamning qalinligini;

4) sizot suvlarining yotish holatini va er yuzasi relefiga munosabatini;

5) sizot suvlarining er usti suvlari bilan o’zaro bog`liqligini;

6) sizot suvlari oqimining ozuqalanish, sarflanishmaydonlarini;

7) erlarning meliorativ holatini tezkorlik bilan baholash va uni nazorat qilishni.

Tekshirishlar natijasida surilish hodisasi sodir bo‘ladi, deb topilgan hududlarda aholi yashashi qat’iy man etiladi. Shu hududda ariqlar qazish, yo‘llar o‘tkazish, haydash, daraxtlarni qirqish ishlariga chek qo‘yiladi. Agar surilish hodisasi davom etayotgan bo‘lsa, doimiy ravishda kuzatiladi, surilishning xarakteri o‘rganiladi. Buning uchun reperlar o‘rnatish, burg‘i quduqlari qazilib, uning ichiga plastmassadan egiluvchan moslamalarni joylashtirish, agar yoriqlarning kengayib borishini hisobga olish zarur bo‘lsa, suriluvchi reykalar o‘rnatish ayni muddaodir. Surilish yuz berayotgan maydon juda katta bo‘lmasa uning pastki qismiga — yo‘liga tosh, temir-beton devorlar quriladi. Agar surilish hodisasi juda katta maydonni o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, buning chorasi ancha mushkul bo‘lib, temir-beton devorlar yordamida to‘sib, ushlab bo‘lmaydi. Bunday hollarda ochiq va yopiq suv yo‘llari (drenajlar) qazilib shu hududdagi mavjud yer osti sizot suvlarining chiqib ketishi ta’minlanadi. Ba’zan tuproq qatlamlarida transheyalar qazilib, shu transheyalarda yuqori issiqlik beruvchi yoqilg‘ilarni yoqish yordamida yuqori (800° dan oshiqroq) temperaturada qizdiriladi, bunda tuproq mag‘zidagi suvlar bug‘lanib, tuproqning fizik-mexanik xossalari o‘zgarib ketadi, natijada suriluvchi massa o‘z joyida turib qoladi. Ba’zi hollarda suriluvchi qatlam bilan shu qatlam ostida yotgan asos jins orasida sizot suvlari sizilib chiqib turadigan turlicha qalinlikdagi qum, qum tuproq, shag‘altosh qatlamlari bo‘lib, bu qatlamlardan uzoqdavrlar mobaynida doimiy ravishda sizot suvlari o‘zi bilan mayda qum,tuproq zarrachalarini olib chiqib ketishi jarayonida yuqoridagi qatlamning pastki qatlamga jipslashib turishi kamayadi. Natijada suriluvchikuch, ushlab turuvchi kuchdan oshib ketadi va surilish hodisasi yuzberishi mumkin. Bunday hollarda ana shu ora qatlamning (qum,shag‘altosh qatlami) qalinligi undan oqib chiqib turadigan suvning miqdori, shu sizot suv paydo bo‘ladigan joy o‘rganilib, sizot suvining oqish yo‘li o‘zgartiriladi yoki quduqlar (drenajlar) qazilib, shu quduqlarga nasoslar o‘rnatiladi va suv nasoslar yordamida so‘rib olinadi.

Yer osti suvlari oqimi o‘zining vujudga kelish, harakat qilish, sarflanish maydonidagi mavjud tog‘ jinslarining genetik turlariga, tarkibiga, qalinligiga, suv o‘tkazmaydigan qatlamlarga nisbatan suvli qatlamlarning yotish holatiga, yer yuzasiga nisbatan yaqin yoki chuqurda oqishiga hamda tektonik sharoitining murakkabligiga qarab tekis, radial (to‘planib va yoyilib oquvchan) va egri chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi . Ana shu yuqorida keltirilgan omillarning ta’sir darajasiga qarab doimo o‘z oqim holatini bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘zgartira boradi. Masalan, karst va yoriq suvlari harakat qiluvchi tog‘ jinslari yoriqlarini, karst bo‘shliqlarini kengayishi va torayishi bilan suvning yig‘ilib yoki yoyilib oqish holati sodir bo‘ladi. Yer osti suvlarining oqim yo‘nalishini gidroizogips va gidroizopez xaritalari yordamida aniqlash usullari to‘g‘risidagi ma’lumot grunt va artezian suvlari boblarida berilganligini hisobga olib, biz bu yerda yer osti grunt suvlarining haqiqiy harakat tezligini aniqlash to‘g‘risida so‘z yuritamiz. Yer osti grunt suvlarining haqiqiy tezligini aniqlash asosan dala sharoitida kalorimetrik, kimyoviy va elektrokimyoviy usullar yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun, eng avvalo, grunt suvlarining harakat tezligini aniqlash lozim bo‘lgan maydonda tarqalgan tog‘ jinslari qatlamlarining yotish holatlarini, qalinligini, litologik tuzilishini, suv sathi chuqurligini aniqlash maqsadida bir nechta burg‘i quduqlari yoki shurflar qaziladi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilinishi asosida suvning har akat yo‘nalishi aniqlanadi. Ana shu yo‘nalish bo‘yicha joylashgan burg‘i quduqlari, shurflar ajratib olinadi. Ulardan biri, ya’ni suv sath chuqirligi yer yuzasiga yaqini, asosiy deb olinib, indikator yuborish uchun,qolganlari kuzatish maqsadlari uchun qo‘llaniladi.

g‘larida uning miqdori sekundiga 1250 m3/s (yiliga 39,4 km3) bo‘lsa, shuning 105 m3/s miqdori O‘zbekiston tog‘lari zimmasiga tushadi. Bu suvlarning 80% buloq tariqasida yoki daryo vodiylariga sizib chiqadi. Tog‘ oldi va tog‘ oralig‘idagi mintaqadagi sizot suvlari ham yog‘inlardan, daryodan, kanal, ko‘l, suv omborlaridan sizgan suvlardan hamda tog‘ mintaqasidan oqib kelayotgan suvlardan to‘yinadi. Relefi nishab, sizot suvining siljishi nisbatan tez bo‘lgan Farg‘ona, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylaridagi sizot suvlari toza va chuchuk. Aksincha, relefi tekis, sizot suvlariningsiljishi sust, iqlimi quruq, issiq bo‘lgan Markaziy Farg‘ona, Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li

va Zarafshon kabi joylardagi sizot suvlari sho‘rlangan. Bu joylarda zovurlar qurib sizot suvlarining sathlarini pasaytirish orqali tuproqni sho‘rlanishdan saqlash kerak.

Tekis-cho‘l mintaqasida sizot suvlarining bir yerdan ikkinchi yerga siljishi juda sekin, bug‘lanish katta, binobarin uning tarkibida har xil tuzlar (9-10 g/l gacha) mavjud bo‘ladi. Bunday sizot suvlari Qizilqumda, Sanduqli qumligi, Ustyurtda, Orol atrofida, Quyi Amudaryoning sug‘oriladigan yerlari atrofida keng tarqalgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Amudaryoning quyi qismidagi va Orol atrofidagi sizot suvlari tarkibida 100 g/l gacha, Qizilqumda 50 g/l gacha har xil tuzlar borligi aniqlangan. Taqir yerdan bug‘lanish ko‘p jihatdan tuproqning mexanikaviy va donadorholatlariga, shuningdek, sizot suvlarining qanday chuqurlikda joylashganligiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorigi qatlam 1- 2 mm diametrli zarralar bilan qoplangan tuproqdabug‘lanish eng kam bo‘ladi. Sizot suvlarning joylashish chuqurligining bug‘lanishgata’sirini quyidagi ma’lumotlardan bilib olsa bo‘ladi: yupqa qum qatlami bilanqoplangan va sizot suvlari 15 sm chuqurlikda joylashganda bug‘lanish 2,85 mm/soatni, sizot suvlari 75 sm chuqurlikda joylashganda esa hammasi bo‘lib 0,48 mm/soat nitashkil etgan.

O‘simlik bilan qoplangan tuproq sirtidan bug‘lanish quyidagi qismlardan tarkibtopadi: a) tuproqning o‘zidan bug‘lanish; b) o‘simliklar ustida qolgan atmosferayog‘inlarining bug‘lanishi hamda v) transpiratsiya, ya’ni tuproq suvining o‘simlikbarglari va tanasi orqali bug‘lanishi.

Sizot suvlar rejimi melioratsiyasi – sizot suvlar sathi (SSS)ni, uning rejimini,mineralizatsiyasini, sizot suvlarni chuchuklashtirish va ularning sathini eng maqbulchuqurlikkacha pasaytirish, dala ekinlarini xamda daraxtlarini sug‘orishda ulardanfoydalanishni kuchaytirishdan va ba’zida haroratini tartibga solishdan iboratdir;

Yer osti suvlari planetamizdagi mavjud ichimlik suvining asosiy qismini tashkil etadi. V.V.Vernadskiyning taxminicha, yer qobig‘idagi (yer sathidan 16 km chuqurlikdagi) yer osti suvlarining miqdori 460 mln km3 ni tashkil etadi. Golland olimi Vonxonsning ta’kidlashicha, yer qobig‘idagi yer osti suvlarini Yer shari yuzasiga chiqarilsa, 90 m qalinlikdagi suv qatlami hosil bo‘ladi. Fransuz mutaxassisi Rene Koyanining ko‘rsatishicha, yer bag‘riga qazib tushilgan burg‘i quduqlarining chuqurligicha bo‘lgan tog‘ jinslarining g‘ovaklarida 8 mln km3 hajmdagi suv mavjud.

Yer osti suvlari tabiatda mavjudligi bilan insonlarning chuchuk ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondiradigan, xalq xo‘jaligining hamma sohalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligida, meditsinada va boshqa sohalarda ishlatiladigan birdan-bir suv manbayi bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz hududlaridagi mavjud minerallashganlik darajasi 5 g/l

gacha bo‘lgan hamma yer osti suvlarining prognoz zaxirasi N. A. Ahmedov, A. A. Mavlonovlarning ma’lumotiga ko‘ra (2003-yil) 66 mln m3/sutbo‘lib, uning 34,5% Farg‘ona vodiysiga, 25,7% Toshkent viloyati hududiga, 18% Samarqand viloyati hududiga, 9% Surxandaryo viloyati hududiga, 5,5% Qashqadaryo viloyati hududiga to‘g‘ri keladi. Umumiy yer osti suvlarining 22,9% chuchuk, kam minerallashgan (minerallashishi 1 % dan kam) suv hisoblanadi. 2002-yilning 1-yanvarigabo‘lgan ma’lumotga asosan respublikamizdagi hamma maqsadlar uchunyer ostidan olinayotgan suvning umumiy miqdori 17367,2 ming m3/sut bo‘lib, undan 6913,8 ming m3/sut xo‘jalik-ichish maqsadlari uchun, 1849,5 m3 /sutsanoat va texnikaviy; 4486,5 m3/sut sug‘orish maqsadlari uchun ishlatiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish kerakki, yer osti suvlarining paydo bo‘lish, sarflanish qonuniyatlarini bilish, ularning turlari, tarkibi, fizik, kimyoviy xususiyatlari, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish nihoyatda zarur. Talabalarning bunday bilimga ega bo‘lishi respublikamiz hududidagi hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan yer osti suv zaxiralarini ekologik jihatdan ehtiyot qilish, saqlash, tejamkorlik bilan ishlatish imkoniyatini beradi.

TABIATDA SUVNING AYLANISHI

Suv tabiatda doimo tinimsiz harakatda. Bu harakat jarayonida u goh bug‘, goh suyuq, goh qattiq (muz va h.k.) holatda bo‘ladi. Bu uch holat uzluksiz o‘zaro bog‘liq holda bir-birlari bilan almashinib turadi.

Bu almashinish sababi eng avvalo Quyosh issiqligining (harakatining) fasllar oshaYer sathi hududlariga (tog‘, tog‘ oldi, tekislik) va dunyo okeani yuzasiga turlicha darajada ta’sir etishidir. Suvning asosiy makonlari bo‘lib, Yer sferalari: atmosfera, litosfera, gidrosfera va biosfera hisoblanadi. Suv okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar sathidan bug‘lanib, yana suyuq (yomg‘ir) yoki qattiq (qor, jala) yog‘in holatda Yer hududlariga tushadi. Bu tushgan yog‘inning bir qismi daryolar orqali okeanlarga qarab yo‘l olsa, ikkinchi qismi qayta bug‘lanib atmosferaga ko‘tariladi va yog‘in bo‘lib yerga tushadi. Uchinchi qismi esa yer qobig‘ini tashkil etuvchi (litosferani) tog‘ jinslari qatlamlariga shimilib, sizilib o‘tib yer osti suv oqimini vujudga keltiradi. Yer osti suv oqimi o‘z harakati jarayonida daryo oqimlariga qo‘shilishi va bug‘lanib yana atmosferaga ko‘tarilishi mumkin. Demak, gidrosferadagi, atmosferadagi, hamda yer qobig‘i qatlamlaridagi mavjud suvlar doimo harakatda bo‘lib, bug‘, yog‘in, yer usti yoki yer osti oqimlari holatida aylanib yuradi (12.1-rasm). Suvni bunday okean-dengiz, atmosfera va quruqlikdagi doimiy ravishda almashinib turishiga fanda suvning tabiatdagi katta aylanishi deb ataladi. Agar dengiz sathidan bug‘langan suv yog‘inga aylanib dengizga qayta tushsa suvning tabiatdagi kichik aylanishideb yuritiladi. Vanihoyat, suvning quruqlik (materik) sathidan parga aylanib, yana yog‘inbo‘lib qayta quruqlik sathiga tushishisuvning materik ichidagi aylanishideyiladi.

Suvning atmosfera, gidrosfera, biosfera, litosferalarda mavjudligi va biz yuqorida aytib o‘tganimizdek ana shu sferalar bo‘yicha uning doimiy harakati, miqdori, bir holatdan ikkinchi holatga almashinib turishi qator omillarga, jumladan, quyosh radiatsiyasi, havo harakatiga, bosimiga, yog‘in miqdoriga, bug‘lanishiga, shamolning harakat yo‘nalishiga, yer sathining geomorfologik tuzilishiga, litosferani tashkil etuvchi tog‘ jinslarining tarkibi, xossa va xususiyatlariga, o‘simliklar dunyosiga bog‘liq.

Bug‘lanish qiymati millimetrda ifodalanadi. Uni aniqlash ma’lum qalinlikdagi va sathdagi suv havzalarida, ekin maydonlarida maxsus qurilmalarga o‘rnatilgan yuzasi 3000 sm2 gacha bo‘lgan bug‘lanishni aniqlaydigan asboblar (ÃÃÈ-3000) hamda tuproq yuzasida yuz beradigan bug‘lanishni o‘lchaydigan ÃÃÈ-51 bug‘latgichlar yordamida olib beriladi. Bug‘latgichlarning diametri qanchalik katta bo‘lsa, bug‘lanish qiymati shuncha kam va haqiqiy tabiiy bug‘lanish qiymatiga yaqin bo‘ladi. Yer usti suv oqimi.Bu suv oqimi daryolar oqimi bo‘lib, yerning ustki yuza qismida vujudga kelishi va oqishi bilan xarakterlidir. Daryolarning suvliligi uning havzasi maydonining kattaligiga, havo bosimiga, ana shu maydonga tushadigan yog‘inning miqdoriga bog‘liq. Ma’lumki, balandlikni dengiz yuzasiga nisbatan ortib borishi bilan havoning bosimi har 100 metrga 13,3 mb kamayib boradi. Havo bosimining balandlikka qarab bunday kamayishi o‘z navbatida yog‘inning ma’lum balandlikka qadar ortib borishiga va keyin kamayishiga ba’zan yog‘inning quruq qor holatida tushishiga sababchi bo‘ladi. Yer usti suv oqimini doimiy ravishda ta’minlab turuvchi omillardan biri — bu tog‘li hududlarning yuqori baland mintaqalaridagi mavjudmuzliklar hisoblanadi. Muzliklar Yer shari quruqlik maydonining 16 mln km 2yoki 11% qismini egallaydi. Uning hajmi 18 mln km 3 bo‘lib, Yer sharidagi hamma daryolar yillik oqimidan 500 marta oshiqligi bilan xarakterlanadi (Apollov, 1963). V. I. Lvovich keltirgan ma’lumotiga ko‘ra, yer yuzasidagi daryolarning suvi planetamizning quruq qismidagi hamma suv hajmining 36560 km3 qismini tashkil etadi, uning 3550 km3 hajmdagi miqdori har yili okeanga qaytib oqib tushadi. Qolgan qismi esa yer osti suv oqimini hosil qilishda va bug‘lanishga sarf bo‘ladi (Sedenko, 1979). Yog‘inning daryo oqimini vujudga keltirish, uni suv bilan ta’minlash darajasi suv yig‘uvchi maydonning geologik, relyef tuzilishiga, tog‘ jinslarining g‘ovakligiga bog‘liq holda yuz beradi. Yer osti suvlarining kelib chiqishi to‘g‘risida qator fikr va nazariyalar mavjud. Ulardan eng asosiylari kondensatsiya va infiltratsiya nazariyalari hisoblanadi.

Kondensatsiya nazariyasiningto‘ng‘ich namoyondalaridan bo‘lib Aristotel (e.a. III asr), nemis gidrogeologi Folger (XIX asrning ikkinchi yarimi, 1878- yillar), rus tuproqshunos olimi A. F. Lebedev (1907—1919-yillar) va boshqalar hisoblanadi. Ularning fikrlarini umumlashtirib hamda suv bug‘larining yuqori bosimli hududlardan past bosimli

hududlarga qarab harakat qilishini, yoz fasli mobaynida tog‘ jinslari va tuproq tarkibidagi suv bug‘larining bosimini, atmosferadagi suv bug‘lari bosimiga nisbatan past bo‘lishini va chuqurlik ortishi bilan bosimning yanada o‘zgarib borishini hisobga olinadigan bo‘lsa va bu harakat davomida haroratning o‘zgarishi, suv bug‘larining tog‘ jinslari bo‘shliqlariga kirib borishi, undagi havoning suv bug‘lari bilan o‘ta to‘yinishi hisobiga avval suv tomchilari, so‘ngra suv oqimi vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lishini ko‘ramiz. Bu jarayonni, ya’ni atmosfera bosimi o‘zgarishi, issiq havo oqimi sovuq havo oqimi bilan uchrashishi, havoning suv bug‘lari bilan to‘yinishi natijasida avval suv tomchilari, so‘ngra ma’lum hajmdagi ma’lum yo‘nalishdagi yer osti suv oqimining vujudga kelishi kondensatsiya nazariyasining asosini tashkil etadi. Suvning bu zaylda bo‘lishini ota-bobolarimiz bundan bir necha yuz yillar avval yaxshi bilishgan. Suvsiz cho‘l hududlarida quduqlar qazish, tosh uyumlaridan piramidalar qurish yo‘li bilan suv to‘plaganlar millionlab qo‘y, yuz minglab tuyalarni ana shu suv hisobiga boqqanlar. Bunda

quruq tog‘ jinsi qatlamida qazilgan quduqning chet devorlarida, atmosfera havo bosimining sutka davomida keskin o‘zgarishi, hamda atmosferadagi va jinsdagi mavjud suv bug‘lari bosimining va haroratning turlicha bo‘lishi hisobiga avval suv tomchilari, keyin bu tomchilarning bir-birlari bilan qo‘shilishi natijasida suv hosil bo‘lishini ular amalda sinovdan o‘tkazishgan. Infiltratsiya nazariyasigaasosan yer sathiga tushayotgan yog‘inning (yomg‘ir, qor, jala) tog‘ jinslari g‘ovaklari, yoriqlari orqali va qatlamlari bo‘ylab sizib o‘tib suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha yetib borishi, ana shu qatlamning ustki qismida yig‘ilishi natijasida hosil bo‘ladi (15.8-rasm). Bu holda paydo bo‘lgan yer osti suvi infiltratsiyasuvi deb ataladi.

Infiltratsiya suvining vujudga kelishi u yoki bu hududga tushadigan yog‘inning miqdoriga, tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajsiga, yer sathi tuzilishiga, uning dengiz sathiga nisbatan absolut balandligiga bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Shuningdek, bu yer osti suvining paydo bo‘lishida yerni ustki qismida mavjud bo‘lgan daryo, ko‘l, kanal, suv omborlaridagi suvlar ham qatnashadi. Bu manbalardan suv sizib o‘tishi jarayonida yer ostki qatlamlarida butunlay yangi yer osti suv oqimi vujudga kelishi yoki mavjud yer osti suvlari hajm jihatdan boyishi va uning sathi ko‘tarilishi yuz berishi mumkin.


Download 86.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling