. Ko’krak sohasi jarohatlanganlarda kelib chiqadigan zotiljam ikki guruga bo’linadi: - . Ko’krak sohasi jarohatlanganlarda kelib chiqadigan zotiljam ikki guruga bo’linadi:
- a) kichik o’choqli zotiljamlar
- b) katta va qo’shilgan o’choqli zotiljamlar
- Katta o’choqli va bir-biriga qo’shilgan o’choqli zotiljamlarni krupoz zotiljamdan farqlash qiyin. Kichik uchoqli o’pka shamollashlari tana harorati 39 darajagacha ko’tarilib, leykoz soni ham juda oshmasdan kechsa, yirik o’choqli zotiljamlarda tana harorati yana ham ko’tariladi, qonda leykositoz soni keskin ko’payadi. Ko’p qon yuqotgan, ko’krak sohasi jarohatlanganlarda boshlangan zotiljam og’ir kechib, o’lim hollariga sabab bo’lgan. Ko’pincha ko’krak sohasi jarohatlanganidan 11 kun o’tgach, zotiljam boshlanib (bu 75% hollarda kuzatilgan), urush yillari ko’zatishlariga ko’ra 10-20 kun davom etgan. Yirik uchoqli zotiljamlarda bu muddat uzoqroqdir. Ko’krak sohasi jarohatlanganlarda (ayniqsa, og’ir yaradanganlarda) zotiljam ko’pincha fojiali tugagan. Yirik o’choqli va qo’shilgan o’choqli zotiljamlarga qaraganda o’lim hollari uch marta ko’p kuzatilgan. Bu albatta faqat zotiljam turiga emas, balki jarohatning ham nechoqlik og’irligiga bog’liq bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |