Kasallik boshlanishida tana harorati juda ko’tarilib, yo’tal paydo bo’ladi. Bemor yo’talganida shilliq yiringli balg’am ajraladi. Yo’talganda jarohatda og’riq turishi sababli, bemor yo’talni bosishga intiladi. Qon tarkibida leykositlar oshib, eritrositlar chukish tezligi ko’tariladi. Leykogramma chapga suriladi. Zotiljam cho’zilib, plevralar yiringlashidan noxush asorat berishi mumkin. Urush yillari yuz va jag’ jarohatlanishidan kelib chiquvchi zotiljamlar oqibati hamisha ham yaxshi bo’lavermagan. Ko’krak sohasi jarohatlanishidan yo’zaga keladigan zotiljamlar zararlangan o’pka tomonida 38,8 %, sog’lom o’pka tomonida esa 83,8 %ni tashkil etgan. Jarohatlanishning dastlabki kunlari ko’pincha yaralanmagan o’pkada zotiljam kelib chiqqan. Keyinchalik jarohat tomondagi o’pkada ham shamollash belgilari namoyon bo’lgan. Shikastlangan o’pkada avval pulmonitlar yuzaga kelib, uning zaminida zotiljam boshlangan - Kasallik boshlanishida tana harorati juda ko’tarilib, yo’tal paydo bo’ladi. Bemor yo’talganida shilliq yiringli balg’am ajraladi. Yo’talganda jarohatda og’riq turishi sababli, bemor yo’talni bosishga intiladi. Qon tarkibida leykositlar oshib, eritrositlar chukish tezligi ko’tariladi. Leykogramma chapga suriladi. Zotiljam cho’zilib, plevralar yiringlashidan noxush asorat berishi mumkin. Urush yillari yuz va jag’ jarohatlanishidan kelib chiquvchi zotiljamlar oqibati hamisha ham yaxshi bo’lavermagan. Ko’krak sohasi jarohatlanishidan yo’zaga keladigan zotiljamlar zararlangan o’pka tomonida 38,8 %, sog’lom o’pka tomonida esa 83,8 %ni tashkil etgan. Jarohatlanishning dastlabki kunlari ko’pincha yaralanmagan o’pkada zotiljam kelib chiqqan. Keyinchalik jarohat tomondagi o’pkada ham shamollash belgilari namoyon bo’lgan. Shikastlangan o’pkada avval pulmonitlar yuzaga kelib, uning zaminida zotiljam boshlangan
- Boshqacha aytganda, o’pka jarohatlanishi tufayli o’pka to’qimasiga qon quyilib, atelektazlar paydo bo’ladi. Atelektazlarga esa pulmonit sohasidan infeksiya tushadi. Ba'zan mualliflar (N. S. Molchanov, M. S. Bovsi, T. S. Istamanova) fikricha, jarohatlanmagan o’pkada reflektor yo’l bilan zotiljam kelib chiqadi. Ayni vaqtda yaradorlarda o’pka shamollashi ko’p jihatdan yil fasllariga ham bog’liq. Yu. I. Dimshis ma'lumotlariga ko’ra 1942 yilning yozida 17% zotiljam qayd qilingan bo’lsa, o’sha yilning qish oylariga kelib bu ko’rsatkich 53% ni tashkil etdi. Ko’krak sohasi jarohatlanganlarda o’pka shamollaganligining aniqlash ba'zan mushkuldir, chunki u o’pkaga qon quyilishi, plevraning shikastlanishi, ko’krak qafasiga qon quyilishi (gemotoraks) bilan birga kechadi. Lekin tana haroratining juda balandligi, hansirash, o’pkadan kichik pufakli ho’l xirillashlar, barmoq bilan o’pka usti urib ko’rilganda bo’g’iq tovush eshitilishi kasallikni aniqlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |