Zotiljam kasalligi. Kollapsda shoshilinch yordam ko'rsatish


Download 342.33 Kb.
bet7/11
Sana09.01.2022
Hajmi342.33 Kb.
#256314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zotiljam kasalligi. Kollapsda shoshilinch yordam ko'rsatish.22

Hayvonlardan buzoq, cho‘chqa bolalari va qo‘zichoqlar ham zotiljamga chalinadi. Pnevmokkoklar yuqori nafas yo‘llari orqali kirib, shu yerning shilliq sohasida uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Shuning uchun zotiljam tashqi (ekzogen) va ichki (endogen, qon va limfa) yo‘llar orqali rivojlanadi. Aksariyat hollarda havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Ammo hamma vaqt ham kasallik yuzaga kelavermaydi. Odam shamollaganda, o‘ta zax joyda yashab toliqqanida, avitaminozda, och nahor yashaganida, kamqonlikda, kasallik va ichkilikbozlikka ruju qo‘yganida, xullas, immunitet — organizmning himoya kuchi kamayib ketganida pnevmakkoklar yuqori nafas yo‘llaridan quyi aʼzolarga o‘tadi va kasallik keltirib chiqaradi. Pnevmakokk yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatida bronxit, zotiljam, qonga tushsa, bakteriya va sepsisni yuzaga keltiradi. Qariyalar va chaqaloqlarda butun aʼzoga tarqalib og‘ir kasalliklar, sepsis, meningitga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, bo‘g‘imlar yallig‘lanishi, endokordit, otit, peretonit, gaymorit, angina va boshqa qator kasalliklarga sabab bo‘ladi.

  • Hayvonlardan buzoq, cho‘chqa bolalari va qo‘zichoqlar ham zotiljamga chalinadi. Pnevmokkoklar yuqori nafas yo‘llari orqali kirib, shu yerning shilliq sohasida uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Shuning uchun zotiljam tashqi (ekzogen) va ichki (endogen, qon va limfa) yo‘llar orqali rivojlanadi. Aksariyat hollarda havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Ammo hamma vaqt ham kasallik yuzaga kelavermaydi. Odam shamollaganda, o‘ta zax joyda yashab toliqqanida, avitaminozda, och nahor yashaganida, kamqonlikda, kasallik va ichkilikbozlikka ruju qo‘yganida, xullas, immunitet — organizmning himoya kuchi kamayib ketganida pnevmakkoklar yuqori nafas yo‘llaridan quyi aʼzolarga o‘tadi va kasallik keltirib chiqaradi. Pnevmakokk yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatida bronxit, zotiljam, qonga tushsa, bakteriya va sepsisni yuzaga keltiradi. Qariyalar va chaqaloqlarda butun aʼzoga tarqalib og‘ir kasalliklar, sepsis, meningitga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, bo‘g‘imlar yallig‘lanishi, endokordit, otit, peretonit, gaymorit, angina va boshqa qator kasalliklarga sabab bo‘ladi.
  • Bemor sog‘aygach, koronavirusga qarshi o‘rtacha kuchdagi, uzoq davom etmaydigan maxsus immunitet hosil bo‘ladi. Immunitet har bir bemorda individual, serologik variantlarga xos bo‘ladi, shuning uchun odam umri davomida pnevmakokklarning bir necha tipi bilan ko‘p bor kasallanishi mumkin.
  • O‘tkir zotiljam kasalligi har qanday yoshdagi odamda kuzatiladi. Ayniqsa sovuqda yupun kiyinadigan, zax va yelvizakda qolganlar ko‘p chalinadi. Kasallik to‘satdan boshlanib, bemorning harorati 38-39 gradusdan oshadi, eti uvishadi, sovqotadi, qaltirab, ko‘p terlaydi.
  • Dastlab quruq, keyin balg‘amli nam yo‘tal boshlanadi. Bu davrda bemorning ko‘krak qafasi sanchib og‘riydi. Nafasi siqib, havo yetishmaslik boshlanadi. Ko‘krak atrofidagi og‘riq yo‘talganda va nafas olganda kuchayadi. Labi, burni va qulog‘i terisi biroz ko‘karadi. Hatto og‘iz va burni terisi atrofiga mayda pufakli toshma (uchuq) chiqadi. Ko‘krak qafasidagi og‘riq bemorning bir zaylda nafas olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bemor tez-tez, chala nafas olishga harakat qiladi. Hatto shilliq balg‘amga biroz qon qo‘shilishi mumkin. Hadeb yo‘talaverish uning tinkasini quritadi.
  • O‘tkir zotiljamda o‘pkaning har xil qismlaridagi yallig‘lanish va hattoki o‘choqlarning katta-kichikligiga qarab klinik manzara bir-biridan farq qiladi.  Masalan, krupoz zotiljamda o‘pkaning bitta yoki bir nechta bo‘lagi yoki sigmenti yallig‘lanadi va undagi o‘zgarishlar uzluksiz ketma-ket davom etishi mumkin. Birinchi holatda o‘pkaning qonga to‘lish bosqichi ro‘y beradi. Bunda qon tomirchalarining o‘tkazish xususiyati oshib, alveolar ichida yallig‘lanish suyuqliklari to‘planadi. Bu davr 12 soatdan 3 kungacha davom etadi. Ikkinchi bosqichda qizil jigarrang tus oladi. Bunda alveolalar va kichik bronxlardan suyuqliklar tarkibi qon elementlari bilan to‘yinadi. Alveolardagi qon o‘rnini qizil zarrachalar egallaydi. O‘pka to‘qimasi havosizlanadi va zichlashib qizil, keyinchalik jigarrang tusga kiradi. Bu bosqich yana uch kungacha davom etadi. Uchinchi bosqich 3-6 kungacha cho‘ziladi va o‘pka kulrangga moyil jigarrang tusga kiradi.

Download 342.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling