Ўзр ав томонидан 29
Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va soliqdan beriladigan imtiyozlar
Download 283.29 Kb.
|
Qo’shilgan qiym
2.2. Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va soliqdan beriladigan imtiyozlar.Soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi16. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i 20 foizlik stavka bo’yicha to’lanadi. Quyidagilar esa nol darajali stavka bo’yicha soliqqa tortiladi: tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga; chet el tarafi o’zarolik printsipiga amal qilgan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriytexnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birga yashayotgan oila a’zolarining, agar ular O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmasalar hamda O’zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan bo’lmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga); bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo’yicha bajarilgan ishlarga (ko’rsatilgan xizmatlarga), agar qayta ishlash mahsulotlari O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan bo’lsa; xalqaro yo’nalishda tashishlar bo’yicha ko’rsatiladigan quyidagi xizmatlarni realizatsiya qilish oborotiga; suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti bo’yicha aholiga ko’rsatiladigan xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aholi nomidan oladigan ana shunday xizmatlarga. Qo’shilgan qiymat solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Download 283.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling