Ўзр фа физиологии ва биофизики институти молекуляр биофизика лабораторияси


Download 1.22 Mb.
bet3/6
Sana20.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1712417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
квант биофизикаси

Hamma vaqt bajariladigan umumiy qoidaga binoan: uyg‘otilmagan atomlarning elektronlari Pauli prinsipiga mos kelib, eng kam energiyali holatni egallaydi. Quyidagi 10.2-jadvalda (mashstab saqlanmagan holda) murakkab atomning energetik holatlari va ularga mos keluvchi elektronlar soni sxematik tarzda ko‘rsatilgan.

  • Hamma vaqt bajariladigan umumiy qoidaga binoan: uyg‘otilmagan atomlarning elektronlari Pauli prinsipiga mos kelib, eng kam energiyali holatni egallaydi. Quyidagi 10.2-jadvalda (mashstab saqlanmagan holda) murakkab atomning energetik holatlari va ularga mos keluvchi elektronlar soni sxematik tarzda ko‘rsatilgan.

10.2-§. Fotofizika va fotokimyo asoslari.

  • Molekulaning (atomning) umumiy energiyasi (Еum), elektron energiyasi (E), tebranma (Et) va aylanma (Ea) harakat energiyalaridan tashkil topadi: Eum=Eel+ Et+ Ea bo’lib, Eel>>Et>>Ea dir. Fotokimyo va fotobiologiyadagidek, elektromagnit spektrining tor 200-700 nm sohasi bilan ish ko‘riladi. Xalqaro yoritish komissiyasi to‘lqin uzunligi sohalarini quyidagicha ifodalashni tavsiya etadi. Ultrabinafsha (UB) nurlanish: UB-С-100÷280 nm, UB-В-280÷315 nm, UB-А-315÷400 nm, ko‘rinuvchi spektr – 400-780 nm.
  • Qisqa to‘lqinli nurlanish energiyasi, kimyoviy bog‘lar energiyasidan katta bo‘lib, molekulalarni ionlantiradi va kimyoviy bog‘larni uzadi. Aynan mana shu soha bilan radiobiologiya shug‘ullanadi. Uzun to‘lqinli nurlanish modda tomonidan yutilganda, elektronning aylanma va tebranma energiyalari oshadi. Shu sababdan, infraqizil (IQ) nurlanish reaksiyalar tezligini oshiradi, ammo u molekulalarda kimyoviy o‘zgarishlar keltirib chiqarishga qodir emas.
  • Energiyasi 4-6 EV (200-300 nm) fotonlar, oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan yutilib, molekulalarni qo‘zg‘algan holatga, ya’ni molekulaning yuqoriroq energiya sathiga (qo‘zg‘algan holatga) o‘tishiga olib keladi. Qo‘zg‘algan molekula kimyoviy reaksiyaga osonlikcha kirishadi. Aynan mana shunday fotokimyoviy reaksiyalar, oxirgi natijada oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa biopolemerlarda fotobiologik effektlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling