Ўзр фа физиологии ва биофизики институти молекуляр биофизика лабораторияси


-§. Yorug‘likning yutilish va sochilish qonunlari. Yutilish spektri


Download 1.22 Mb.
bet6/6
Sana20.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1712417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
квант биофизикаси

10.4-§. Yorug‘likning yutilish va sochilish qonunlari. Yutilish spektri.

  • Yorug‘likning yutilishi. Grotgus qoidasiga ko‘ra, fotokimyoviy reaksiyaga faqat molekula tomonidan yutilgan nurgina sabab bo‘ladi. Demak, fotokimviy jarayonlar asosida yorug‘likning yutilish hodisasi yotadi. Muhitda tarqalayotgan yorug‘lik intensivligi uning modda molekulalari (atomlari) tomonidan yutilish va sochilishi natijasida kamayishi mumkin. Yorug‘likning yutilishi deb, uning istalgan muhit orqali o‘tishida yorug‘lik energiyasining boshqa turdagi energiyaga aylanishi natijasida zaiflashishiga aytiladi. Yorug‘likning moddalarga yutilish qonunini aniqlaymiz. Agar moddaning dx bo‘lgan qatlami olinsa (10.2-rasm), bu qatlam yorug‘likni yutganda, yorug‘lik inten-sivligi dI ning zaiflanishi qatlam qalinligi va bu qatlamga tushuvchi yorug‘likning intensivligi qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p bo‘ladi: (10.3) bu yerda k-yutilishning tabiiy ko‘rsatkichi (yutuvchi muhitga bog‘liq bo‘lgan va muayyan chegaralarda yorug‘lik intensivligiga bog‘liq bo‘lmaydigan proporsionallik koeffitsiyenti);
  • “-” ishora yorug‘lik modda orqali o‘tayotganda uning intensivligi kamayishini, ya’ni dI<0 ekanligini ko‘rsatadi. Yuqoridagi formulani integrallab, va lozim bo‘lgan chegaralarni qo‘yib, 10.2-rasmdan
  • yoki
  • (10.4) formulani hosil qilamiz.
  • Buni potensirlasak, quyidagi formulaga ega bo‘lamiz:
  • (10.5)

Bu formula Bugerning yorug‘likning yutilish qonunini ifodalaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yutilishning tabiiy ko‘rsatkichi k muhitda yutilishi natijasida yorug‘lik intensivligi e marta zaiflanadigan masofaga teskari bo‘lgan kattalikdir. Yutilishning tabiiy ko‘rsatkichi yorug‘lik to‘lqinining uzunligiga bog‘liq, shuning uchun Bugerning qonunini monoxromatik yorug‘lik uchun yozish maqsadga muvofiq bo‘ladi: (10.6)

  • Bu formula Bugerning yorug‘likning yutilish qonunini ifodalaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yutilishning tabiiy ko‘rsatkichi k muhitda yutilishi natijasida yorug‘lik intensivligi e marta zaiflanadigan masofaga teskari bo‘lgan kattalikdir. Yutilishning tabiiy ko‘rsatkichi yorug‘lik to‘lqinining uzunligiga bog‘liq, shuning uchun Bugerning qonunini monoxromatik yorug‘lik uchun yozish maqsadga muvofiq bo‘ladi: (10.6)
  • bu yerda - monoxromatik yutilishning tabiiy ko‘rsatkichi.
  • Yorug‘likning yutilishi uning molekulalar bilan o‘zaro ta’siri tufayli sodir bo‘lgani uchun yutilish qonunini molekulaning ba’zi bir xarakteristikalari bilan bog‘lash mumkin. n – yorug‘lik kvantlarini yutuvchi molekulalarning konsentratsiyasi bo‘lsin. Molekula yutilishining effektiv kesimini bilan belgilaymiz (fotonning borib urilishida uning molekula tomonidan tutib olinishi sodir bo‘ladigan ma’lum bir yuza). Agarda to‘g‘ri burchakli parallelepiped (10.2-rasm) ning kesim yuzasi S ga teng deb hisoblansa, u holda ajratilgan qatlam Sdx ga, undagi molekulalar soni esa, nSdx ga teng bo‘ladi. Bu qatlamdagi molekulalar effektiv kesimining umumiy yuzasi nSdx ga teng. Bu qatlamga Ф=IS fotonlar oqimi tushadi.
  • ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!!!

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling