Ўзр фа физиологии ва биофизики институти молекуляр биофизика лабораторияси


Elektronlar harakatining shu turini keltirib chiqaradigan kuchlar energiya kvantlari deb xarakterlanishi va kvant sonlari bilan belgilanishi mumkin


Download 1.22 Mb.
bet2/6
Sana20.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1712417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
квант биофизикаси

Elektronlar harakatining shu turini keltirib chiqaradigan kuchlar energiya kvantlari deb xarakterlanishi va kvant sonlari bilan belgilanishi mumkin.

  • Elektronlar harakatining shu turini keltirib chiqaradigan kuchlar energiya kvantlari deb xarakterlanishi va kvant sonlari bilan belgilanishi mumkin.
  • 1. Asosiy kvant soni n. U butun sonning har qanday qiymatiga baravar bo‘lishi mumkin n=1, 2, 3, 4….. va elektron energiyasi bilan uning orbitasi shaklini belgilab beradi.
  • 2. Butun sonlarning 0 dan (n-l) gacha bo‘lgan qiymatiga teng bo‘la oladigan qo‘shimcha kvant soni l bu yerda n – bosh kvant soni, l azimutal kvant soni, орбитал магнит моментини характерлайди.
  • 3. Mazkur elektronning atomdagi orbitasi holatini ta’riflab beradigan magnit kvant soni mе, ya’ni orbital magnit momenti +l dan -l gacha, jumladan 0 gacha bo‘lgan har qanday butun sonlar doirasidagi qiymatga ega bo‘ladi.
  • 4. Harakat miqdorining o‘z momenti elektron spini S elektronning o‘z o‘qi atrofida aylanishini xarakterlaydi. Spin faqat ikkita qiymatga ega bo‘lishi mumkin: +1/2 yoki -1/2 o‘z o‘qi atrofida qarama-qarshi tomonga aylanadigan elektronlar, ya’ni antiparallel spinlari bo‘lgan elektronlar odatda juft hosil qiladi. juftlashgan elektronlarga ega bo‘lgan elektron orbitalari hammadan turg‘un bo‘ladi.
  • Shunday qilib, elektronning atomdagi holati to‘rtta kvant soni: asosiy kvant soni – n, azimutal kvant soni – l, magnit kvant soni - mе va elektron spini – S bilan ta’riflanishi mumkin.
  • Bir xil kvant sonli elektronlar qatlam hosil qiladi. Qatlamlarda mos ravishda K, L, M, N, О, Р.... va n=1, 2, 3, 4 ..... qatlamlar deb ataladi. Bir xil juft n va l qiymatga ega bo‘lgan elektronlar vodorod atomi elektronning mos holatlari uchun bo‘lganidek, qisqacha va h.k deb belgilanuvchi qobiq tarkibiga kiradi. Masalan, 1s, 2s, 2p .... qobiq elektronlar deb ataladi. Qobiqdagi elektronlarning sonini uning belgisining o‘ng tomoni tepasiga masalan, 2p4 deb belgilaydilar.
  • Atomda elektronlarning qobiqlar bo‘yicha taqsimlanishi (elektronlar konfiguratsiyasi) odatda quyidagicha ko‘rsatiladi: azot uchun 1s2, 2s22p3, kaltsiy uchun 1s2, 2s22p6, 3s23p6, 4s2 va hokazo.
  • Murakkab atomlar elektronlarining energiyasi n dan tashqari l ham bog‘liq bo‘lgani uchun Mendeleyev jadvalining tuzilishi hamma vaqt ham qatlamlar atomlar murakkablashib borgan sari to‘ldirilmaydi. Masalan, kaliyda (Z=19) M qatlam to`ldirilishi o`rnida (1s2, 2s22p6, 3s23p6, 3d1 bo`lishi mumkin edi) N qatlam to‘ldirila boshlaydi va quyidagi elektronlar konfiguratsiyasi yuzaga keladi: 1s2, 2s22p6, 3s23p6, 4s1.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling