Buxoro neftni qayta ishlash zavodi. 1997 yil tarkibi „Teknip“ (Fransiya), „Marubeni“, „Djey Dji-Si“ (Yaponiya) kompaniyalardan iborat konsorsium bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
Xo’jaobod yer osti gaz saqlash ombori. 1999 yil „Dresser-Rend“ (AQSh) kompaniyasining kompressorlari asosida „BSI Indastriz“(AQSh) kompaniyasi bilan hamkorlikda Xo’jaobod yer ostida gazni saqlash ombori foydalanishga topshirildi.
Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi. 2001 yilda tarkibiga „Mitsui“, „Toyo injiniring“, „Nisho Ivai“ va „ABB Soimi“ (Italiya) kompaniyalari kirgan, „ABB Lummus Global“ (AQSh) kompaniyasi etakchiligidagi konsorsium bilan hamkorlikda Sho’rtan gaz-kimyo majmuasining qurilishi amalga oshirildi. Sho’rtan konida gazni siqish kompressor stansiyasi qurilish loyihasi „Beytman“ (Isroil) inijiniring kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi va ob’ekt 2003 yil foydalanishga topshirildi.
Ko’kdumaloq neft-gazkondensat koni. Ko’kdumaloq konida „Dresser-Rend“ (AQSh) kompaniyasining qurilmalari asosida kompressor stansiyasi qurildi va 1997 yil foydalanishga topshirildi. Ko’kdumaloq kompressor stansiyasining qurilishi O’zbekiston Respublikasi neft-gaz sohasining rivojlanishidagi muhim qadam bo’ldi. „Kellog“ (AQSh), „Nisho Ivai“ (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda ushbu loyihani amalga oshirish chet el investitsiyalarini jalb qilish ishlarining boshlanishi hisoblanadi.
Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi. Yuqori sifatli neft mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 2000 yilda „Mitsui“ va „ Toyo injiniring“ (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda Farg’ona neftni qayta ishlash zavodining rekonstruksiyasi amalga oshirildi.
2004 yil O’zbekiston Respublikasi bilan tarkibi Rossiyaning Lukoyl neft kompaniyasi hamda „O’zbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasidan iborat investorlar konsorsiumi o’rtasida Qandim-Xauzak-Shodi uchastkalari va Qo’ng’irot uchastkalari bo’yicha 35 yil muddatga (mega-loyiha) mahsulotni taqsimlash Kelishuvi (SRP) imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |