“Zukko kitobxon” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom I. Umumiy qoidalar


V. G‘oliblarni aniqlash va rag‘batlantirish


Download 380.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.05.2023
Hajmi380.3 Kb.
#1462343
1   2   3
Bog'liq
низом

V. G‘oliblarni aniqlash va rag‘batlantirish 
10. Tanlov g‘olib va sovrindorlari ishchi guruh tomonidan baholash natijalari 
asosida aniqlanadi hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan 
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
11. O‘rinlar eng ko‘p to‘plangan ball bilan belgilanadi. Ballar teng bo‘lgan 
taqdirda, o‘rinlar qo‘shimcha savol-javob orqali aniqlanadi. 
12. Tanlovning 2-bosqichi g‘olib, sovrindorlari va ishtirokchilari quyidagicha 
rag‘batlantiriladi: 
1-o‘rinni egallagan jamoa – 6 000 000 (olti million) (har bir ishtirokchiga 
1 million so‘mdan) so‘m pul mukofoti bilan; 
2-o‘rinni egallagan jamoa – 4 200 000 (to‘rt million ikki yuz ming) (har bir 
ishtirokchiga 700 ming so‘mdan) so‘m pul mukofoti bilan; 
3-o‘rinni egallagan jamoa – 3 000 000 (uch million) (har bir ishtirokchiga 
500 ming so‘mdan) so‘m pul mukofoti bilan; 
qolgan barcha jamoalar – 300 000 (uch yuz ming) (har bir ishtirokchiga 
50 ming so‘mdan) so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 
Ushbu pul mukofotlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qamrab 
olmaydi. 



13. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar quyidagi manbalar 
hisobidan moliyalashtiriladi: 
Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari; 
mas’ul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari; 
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; 
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
VI. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi  
14. Tanlov natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorga nisbatan qaror e’lon 
qilingan vaqtdan boshlab 1 soatlik muddat ichida manfaatdor shaxs ishchi guruhga 
shikoyat kiritish huquqiga ega. 
15. Ishchi guruhi 1 soatlik muddat ichida shikoyatni ko‘rib chiqib, natijasini 
murojaat qilgan shaxsga ma’lum qiladi. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijasi 
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 

Download 380.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling