“Zukko kitobxon” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom I. Umumiy qoidalar


Download 380.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi380.3 Kb.
#1462343
1   2   3
Bog'liq
низом

Birinchi bosqich tanlovning saralash bosqichi bo‘lib, har oyning
1-sanasidan kechiktirmasdan oy davomida o‘qiladigan kitoblar ro‘yxati 
@yoshkitobxonuz telegram manzilida e’lon qilinadi. Har oyning 25-sanasida 
telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali @kitobxontestbot manzilida belgilangan kitoblar 
doirasida tuzilgan 25 ta test savoli bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Har bir to‘g‘ri javob uchun 4 balldan belgilanadi. Test natijalariga ko‘ra tuman 
(shahar)lar kesimida eng qisqa vaqtda eng ko‘p ball to‘plagan 6 nafar ishtirokchi 



saralanadi va ushbu ishtirokchilardan tuman (shahar) jamoasi shakllantiriladi. 
Ushbu jamoa tanlovning keyingi ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga 
kiritadi. 
Ikkinchi bosqich tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi
viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, har oyning so‘nggi 5 kunligida 
o‘tkaziladi. Ushbu bosqich har bir tuman (shahar)dan shakllangan bittadan jamoalar 
o‘rtasida 30 ta savol doirasida savol-javob tarzida o‘tkaziladi. Ishtirokchi tanlovning 
hududiy bosqichiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida kiritiladi. 
Savollar respublikadan biriktirilgan mas’ullar tomonidan onlayn tarzda o‘qib 
eshittiriladi, har bir savoldan so‘ng 30 soniyagacha bo‘lgan vaqt ichida jamoalar 
tomonidan javoblar yozma ravishda ishchi guruhga taqdim etiladi. Ishchi guruh 
javoblarni yig‘ib, respublikadan biriktirilgan mas’ullarga yuboradi. Har 10 ta 
savoldan so‘ng natijalar e’lon qilib boriladi. 
Savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan jamoa g‘olib bo‘ladi. Eng yuqori 
natijalar teng kelib qolgan taqdirda ular o‘rtasida bittadan 1, 2, 3-o‘rinlar 
aniqlangunga qadar savol-javob davom etadi. 
8. Tanlov jarayonida foydalaniladigan testlar va savollar majmuasi ekspertlar 
tomonidan har oyda belgilangan kitoblar doirasida tuziladi. 
9. Tanlovda g‘olib va sovrindor (1-2-3-o‘rinlar) bo‘lgan jamoa a’zolarining 
faqat keyingi 1 ta tanlovdan keyingi tanlovda takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi. 

Download 380.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling