Zulfiya- tong kuychisi,,Zulfiyaxonim – tong kuychisi ‘’ nomli tadbir ssenariysi
Download 278.16 Kb.
|
Zulfiyaxonim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- Qo’shiq:,,Assalom’’ (6-A) 1-boshlovchi
Zulfiya- tong kuychisi ,,Zulfiyaxonim – tong kuychisi ‘’ nomli tadbir ssenariysi. Tadbir o`tkaziladigan joy tadbirga mos ravishda bezatilgan.Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon portretlari ilingan .”Zulfiya –tong kuychisi”, yozuvlar sahna peshtoqida ilingan. Tadbir nafis kuy ostida 2 boshlovchining chiqishi bilan boshlanadi. 1-boshlovchi: Eng yuksak, eng yorqin, eng yaqin yulduz, Ko’kning Zuhrasi-yu, she’r Zulfiyasi. Ikkingiz egizak, bir yolqinli so’z, Mangulikning sevgan juft madhiyasi. 2-boshlovchi: Zuhra tabiatning, siz esa elning Yaratgan ayrilmas bir butun bag’ri Siz quyosh parchasi bo’lib har dilni Olov oqimlariga to’ldirgan nahri 1-boshlovchi: Assalomu alaykum deb so’zim boshlayman, Zulfiyadan duo tilab tadbir boshlayman . Barchangizga omonlig-u esonlik tilab , Bugungi tantanamizga marhabo deyman. 2-boshlovchi: Zulfiyaning salomin qabul aylab Hamid Olimjon Har lutfida unga ofarin deydi. Bugungi davraga kelgan barchaga ,,Xush keldingiz’’ deya ta’zim aylaydi Qo’shiq:,,Assalom’’ (6-A) 1-boshlovchi :Barchangizga ma’lumki, O’zbekning buyuk shoirasi Zulfiyaxonim o`zining beqiyos iste’dodi bilan elning e’tiboriga, dunyo e’tirofiga sabab bo`lgan. 2-boshlovchi :Bu e’tibor va e’tirof haligacha davom etmoqda., shu munosabat bilan biz ham “Zulfiyaxonim-tong kuychisi” mavzuida tadbir tayyorlaganmiz. Marhamat tinglab dam oling. 1-boshlovchi:Keling, dastlab Zulfiyaxonim hayot yo`liga bir nazar solsak. Qizlar chiqishi. 6-“A” sinf 1915-yil 1-mart. Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida tug'iladi. 1931–34-yillar. Xotin-qizlar bilim yurtida o'qiydi. Adabiy to'garaklarda qatnashadi va she'rlar mashq qiladi. 1931-yil 17-iyul. Birinchi she'ri «Ishchi» gazetasida bosiladi. Download 278.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling