Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Mamlakatimizda yosh avlodga bo`lgan ta`lim tarbiya berish, ularni bilimli va zukko qilib tarbiyalash hamda turli yo`nalishlarda ijod qilayotgan yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash hamda ularni rag`batlantirish borasida qator ijobiy ishlar amalgam oshirilmoqda. Respublikamiz yoshlari o`rtasida turli ta`lim grantlarining elon qilinishi, ta`lim olish uchun yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar kelajakda yoshlarning aqliy salohiyatini yuksak darajaga ko`tarilishidan darak beradi. - Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyunda “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta`sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risi”dagi Farmoni e`lon qilindi. Ushbu mukofot mamlakatimiz yoshlari, iqtidorli va isre`dodli qizlarning hayotida ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilindi. Zulfiya mukofotini mazmun va mohiyati bilan Prezidentimiz, hukumatimiz tomonidan yoshlarga va ularning kelajagiga ko`rsatilgan katta e`tabor va g`amxo`rlik timsolidir.
- Bu ko`rsatkichlar yoshlar o`rtasida mukofot nufuzining ortib borayotgani, unga intilayotgan yosh qizlarning ko`payotgani va mukofot targ`iboti yaxshi yo`lga qo`yilayotganidan dalolat beradi.
- Ushbu mokofot mana necha yildirki yurtimizning noyob iste`dod egalari bo`lgan qizlarga berib kelinmoqda.
- Zulfiya mukofoti bugun mamlakatimiz qizlaring o`lchoviga, ezgu g`oyalarini amalga oshirish vositasiga aylandi. Farmonga muvofiq Adabiyot, fan, ta`lim, san`at, madaniyat sohalaridagi yutuqlari uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha bo`lgan qizlarga ushbu mukofot berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |