Zulfiya nigohida bahor


Download 22.69 Kb.
bet1/3
Sana18.03.2023
Hajmi22.69 Kb.
#1279907
  1   2   3
Bog'liq
5.Mamirjonova O\'g\'iloy. docx


ZULFIYA NIGOHIDA BAHOR
Mamirjonova O’g’iloy Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada o’zbek she’riyatida katta iz qoldirgan, o’z she’rlari bilan ko’plab o’quvchilarning qalbidan joy olgan O’zbek xalq shoirasi Zulfiyaning ijod namunalarida bahor tasvirining o’ziga xos o’rni, badiiy tasvirning yorqin ko’rinishlari, shoiraning ijodi talqin qilinadi. Kalit so’zlar. Shoira, bahor, ichki kechinma, tuyg’ular, badiiy olam, bahor nafasi.
Kirish. Quyoshli O’zbekistonimizga bahor fasli 1-martdan kirib keladi. Tabiat qish libosini bahorning go’zalligiga almashtiradi. Bahor fasllar ichra maftunkori, shoirlarni she’r yozishga, rassomlarni rasm chizishga, barcha san’atkorlarni ijod qilishga undovchidir. She’riyatda bu fasl deyarli barcha shoirlar tomonida tarannum etilgan. Jumladan, Muhammad Yusuf, Zulfiya, Hamid Olimjon, Oybek, Abdulla Oripov va h.k. Har bir ijodkor bahorni har xil tasvirlaydi. Shoirlar ichida bahor faslini hammadanda ko'proq sevuvchi, uni boshqalardan ko'ra o'zgacha tarannum etuvchi shoira bu Zulfiyadir. Uning aksariyat she'rlarida bahor nafasi ufurib turadi, ushbu faslga bo'lgan mehr-muhabbat kuchli ekanligi yaqqol sezilib turadi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Zulfiya she’riyati, shoiraning poetik timsol yaratish, shoira badiiy olami borasidagi mahoratini N.Karimov, I.G‘afurov, A.Akbarov, O.Sharafiddinov, H.Umurov, O.Hojieva, M.Ulug‘ova, N.Jabborov, D.To‘raev kabi adabiyotshunos olimlarimiz, ijodkorlarimiz alohida ta’kidlaganlar va Zulfiya ijodiga yuksak baho berganlar. Shuningdek, G. Umarovaning “Shoira Zulfiyaning badiiy olami”1 nomli monografiyada, “Zulfiya lirikasida tuyg‘ular tadriji2”, “Zulfiya badiiy mahoratining ba’zi qirralari”3 kabi maqolalarida shoira Zulfiya badiiy olami va uning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan.
Natijalar. Zulfiya she’rlari hissiy ta’sirchanligi, ayollik nafosati ufirib turishi bilan ajralib turadi. Shoira she’rlarida bahor mavzusida yozilganlari o’quvchilar tominidan sevib o’qiladi. Zulfiya sadoqatli o’zbek ayoli sifatida namoyon bo’lsada, biz shoirani bahor kuychisi sifatida ham e’tirof eta olamiz. Zulfiyaxonim bahorning ilk kuni 1-martda tug’ilganlii she’rlarida shu faslni yorqin tasvirlshiga sabab bo’lishi mumkin.

Download 22.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling