Zulfiya Zulfiya (1915-1996)
Shunday yashar ekan Alisher
Download 109 Kb.
|
Zulfiya hayoti va ijodi haqida ma\'lumot
Shunday yashar ekan Alisher
Alisherning qishlog’i Iqlimda yo’q go’zal joy. Saxiy ona tuprog’i Manzara, ne’matga boy. O’rikzor etagidan. Boshlanadi dalasi. G’o’zlari egatidan O’sar tog’lar galasi. Toshlarda shovul uzum, Alisherning vaqti chog’. Soyda suv oqadi jim, Alisherning ko’ksi tog’. Tutning ko’k bargini yeb Qurtlar o’raydi pilla. Kuzda olinar yig’ib Yerda behad oq tilla. Alisher sevar barin, Dilda istak, hayajon. Shunday paxta dalasi, Bo’yoq-la chizish armon. Onam bog’i Niyatim, aytajak so’z, zorlarimga Mushtdakkina yurak lim-lim to’libdi. Siyraklashgan kiprik oralariga Bedorlik soqchisi uya qo’yibdi. Bor bo’l, shunday taqdir! Ziyrak bo’l, soqchi, Darimasin uyqu egizagiu-g’aflat. Lekin lanjlik degan makkor qaroqchi Bosh suqsa senga ham o’qiyman lanat! Oydinda Jilib-jilmas to’lin oy, Bulut xayolday yengil, Oy anhorda qulun toy, Gilosda shig’il-shig’il. Jaxlit oynaday bo‘lib, Hovuzga yoyilgan u Egilsam-tubdan to‘lib O‘zim chiqdim ro‘baro Atrofim to‘la saf-saf, Ming-ming yulduz aro man. Barin sidirga chayqab Yerga sudrab boraman. Yerda: novda, gul, burglar, Aksi kashta singari Sel unutgan ko‘lmaklar Misli oyning singani Yonadi parcha-parcha Shabnamnaq yel sochgan chog’ Har nurda shodlik qancha Har soya sirga to‘lig’ Sayxonlar naq nur maydon Uyquda barcha tovush Inida uxlar nodon Latofatni sezmas qush O‘zimga tashlayman ko‘z Ko‘ksim qo‘limda shu’la Osmonga tutaman yuz Yel silar yog’du qo‘l-la Eh umr yarmin yutib O‘tgan tunlardami ayb Endi bu ko‘rkni tutib Kunduzga bermasam hayf. Download 109 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling