Zulfiya Zulfiya (1915-1996)
Download 109 Kb.
|
Zulfiya hayoti va ijodi haqida ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilla qo’ng’iz
- Istakka intil
She’rlari
Onam bog’i Niyatim, aytajak so’z, zorlarimga Mushtdakkina yurak lim-lim to’libdi. Siyraklashgan kiprik oralariga Bedorlik soqchisi uya qo’yibdi. Bor bo’l, shunday taqdir! Ziyrak bo’l, soqchi, Darimasin uyqu egizagiu-g’aflat. Lekin lanjlik degan makkor qaroqchi Bosh suqsa senga ham o’qiyman lanat! Kapalak Hulkar degan qizchaman, Gul ichida o’saman. Ko’kda uchsa kapalak, Yo’llarini to’saman. Unga deyman:-Hay go’zal, Bomoqdasan qayoqqa? Pastga tushaqol bu gal, Kelib qon bizning boqqa Hovlim gullik bir bog’dir, Men o’ynayman, yayrayman. G’unchalarga she’r aytib, Bulbul bo’lib sayrayman. Mana senga pushti gul, Xoxlasang oq gulag qo’n. Gulsafsar ham go’zaldir, Anor kiygan qizil to’n. Jiyda sochgan hidini, Hovli to’lgan atirga. Kel, kapalak, bog’imga, O’ynaylik birga-birga. Kapalak rozi bo’ldi, Kelib qo’ndi bog’imga. Men ham unga tutdim gul, Sig’mayin quchog’imga. Kapalakni o’tqazib, Men unga she’r o’qidim. Qizil gul butog’ida, Unga uya to’qidim. Kapalak xursand bo’ldi, Sevinib qanot qoqdi. Dedi: “Endi ketmayman, Bog’ing menga ko’p yoqdi”. O’ynadik oqshomgacha, Quyosh uyiga ketdi. So’ng dedim kapalakka: -Uxlamoqqa vaqt yetdi. Toza o’ynab charchadik, Endi uxlab orom ol. Men ham uxlashga yotay, O’rtoqjonim, yaxshi qol!.... Tilla qo’ng’iz Jiydamga kelib qo’ndi Birgala oltin qo’ng’iz, G’uv-g’uvillab kattasi Sayray ketdi uzun so’z: -“G’uv-g’uv qilamiz, g’uv-g’uv”, Qayda bunday maza bor. Gulda ovqat, pastda suv Hovli ekan chamanzor. Ammo buyerga hozir, Qo’nmay burun biz gulag, Chopib kelar Bahodir Ipini olib qo’lga. Hali qorin to’ymasdan Bizni tutib oladi. Cho’zib oyog’imizni Yaxshilab bog’ soladi. So’ng qo’yadi ofotbga Qisilib ketar nafas. Xo’p urinib atrofga Ermak bo’lamiz birpas. So’ngra tashlab ketadi, Uxlab, oladi orom. Biz bo’lsak-chi, quyoshda Qolib o’lamiz tamom. Faqatgina Omonjon Bizga mehribon o’rtoq. Qarar bizga to’ymasdan Ko’zlari qora munchoq. Ayasiga so’z bergan Tegmayman dep qo’ng’izga. Ayting, yana do’slarim, Nima yetmaydi sizga? Bahodir ham ipini Hamma sho’xligin tashlasa, Omon kelib do’stini Bog’chasiga boshlasa. G’uvillab uchib borib, Uni xursand etardik. Omon, Bahodir- hamma Inoq bo’lib ketardik. Istakka intil Sen-chun hayot yangi otajak tongday Butun go’zalligi, zavqlari oldda. Sening katta-katta ko’zing jayronday Ko’kdan yerga tushgan bulutday qorda. Tongda oyog’ingga kiyasan etik, Etik edi senga eng katta havas, Tepaga tirmashib chiqolsam tik Lekin pastga qulash muammo emas. Qor qo’nib eriydi, qizartib yuzing, O‘n bor yiqilsang ham g‘olib, baxtiyor. Oppoq keng dunyoga liq to’lib ko’zing Boqqasan, nur to’la kunga beg’ubor. Boq, intil istakka ergashib o’g’lon: Mayli qorga botib, yiqilib, turib. Baland-pastliklardan qo’rma hech zamon Yoqsa, hayot zavqin bo’lmaydi surib Download 109 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling