Zulfiya Zulfiya (1915-1996)


Shunday yashar ekan Alisher


Download 110 Kb.
bet3/3
Sana08.03.2023
Hajmi110 Kb.
#1249475
1   2   3
Bog'liq
Zulfiya hayoti va ijodi haqida ma\'lumot

Shunday yashar ekan Alisher
Alisherning qishlog’i
Iqlimda yo’q go’zal joy.
Saxiy ona tuprog’i
Manzara, ne’matga boy.
O’rikzor etagidan.
Boshlanadi dalasi.
G’o’zlari egatidan
O’sar tog’lar galasi.
Toshlarda shovul uzum,
Alisherning vaqti chog’.
Soyda suv oqadi jim,
Alisherning ko’ksi tog’.
Tutning ko’k bargini yeb
Qurtlar o’raydi pilla.
Kuzda olinar yig’ib
Yerda behad oq tilla.
Alisher sevar barin,
Dilda istak, hayajon.
Shunday paxta dalasi,
Bo’yoq-la chizish armon.
Onam bog’i
Niyatim, aytajak so’z, zorlarimga
Mushtdakkina yurak lim-lim to’libdi.
Siyraklashgan kiprik oralariga
Bedorlik soqchisi uya qo’yibdi.
Bor bo’l, shunday taqdir!
Ziyrak bo’l, soqchi,
Darimasin uyqu egizagiu-g’aflat.
Lekin lanjlik degan makkor qaroqchi
Bosh suqsa senga ham o’qiyman lanat!
Oydinda
Jilib-jilmas to’lin oy,
Bulut xayolday yengil,
Oy anhorda qulun toy,
Gilosda shig’il-shig’il.
Jaxlit oynaday bo‘lib,
Hovuzga yoyilgan u
Egilsam-tubdan to‘lib
O‘zim chiqdim ro‘baro
Atrofim to‘la saf-saf,
Ming-ming yulduz aro man.
Barin sidirga chayqab
Yerga sudrab boraman.
Yerda: novda, gul, burglar,
Aksi kashta singari
Sel unutgan ko‘lmaklar
Misli oyning singani
Yonadi parcha-parcha
Shabnamnaq yel sochgan chog’
Har nurda shodlik qancha
Har soya sirga to‘lig’
Sayxonlar naq nur maydon
Uyquda barcha tovush
Inida uxlar nodon
Latofatni sezmas qush
O‘zimga tashlayman ko‘z
Ko‘ksim qo‘limda shu’la
Osmonga tutaman yuz
Yel silar yog’du qo‘l-la
Eh umr yarmin yutib
O‘tgan tunlardami ayb
Endi bu ko‘rkni tutib
Kunduzga bermasam hayf.



Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling