Zulfiya Zulfiya (1915-1996)


Download 110 Kb.
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi110 Kb.
#1249475
1   2   3
Bog'liq
Zulfiya hayoti va ijodi haqida ma\'lumot

She’rlari
Onam bog’i
Niyatim, aytajak so’z, zorlarimga
Mushtdakkina yurak lim-lim to’libdi.
Siyraklashgan kiprik oralariga
Bedorlik soqchisi uya qo’yibdi.
Bor bo’l, shunday taqdir!
Ziyrak bo’l, soqchi,
Darimasin uyqu egizagiu-g’aflat.
Lekin lanjlik degan makkor qaroqchi
Bosh suqsa senga ham o’qiyman lanat!
Kapalak
Hulkar degan qizchaman,
Gul ichida o’saman.
Ko’kda uchsa kapalak,
Yo’llarini to’saman.
Unga deyman:-Hay go’zal,
Bomoqdasan qayoqqa?
Pastga tushaqol bu gal,
Kelib qon bizning boqqa
Hovlim gullik bir bog’dir,
Men o’ynayman, yayrayman.
G’unchalarga she’r aytib,
Bulbul bo’lib sayrayman.
Mana senga pushti gul,
Xoxlasang oq gulag qo’n.
Gulsafsar ham go’zaldir,
Anor kiygan qizil to’n.
Jiyda sochgan hidini,
Hovli to’lgan atirga.
Kel, kapalak, bog’imga,
O’ynaylik birga-birga.
Kapalak rozi bo’ldi,
Kelib qo’ndi bog’imga.
Men ham unga tutdim gul,
Sig’mayin quchog’imga.
Kapalakni o’tqazib,
Men unga she’r o’qidim.
Qizil gul butog’ida,
Unga uya to’qidim.
Kapalak xursand bo’ldi,
Sevinib qanot qoqdi.
Dedi: “Endi ketmayman,
Bog’ing menga ko’p yoqdi”.
O’ynadik oqshomgacha,
Quyosh uyiga ketdi.
So’ng dedim kapalakka:
-Uxlamoqqa vaqt yetdi.
Toza o’ynab charchadik,
Endi uxlab orom ol.
Men ham uxlashga yotay,
O’rtoqjonim, yaxshi qol!....
Tilla qo’ng’iz
Jiydamga kelib qo’ndi
Birgala oltin qo’ng’iz,
G’uv-g’uvillab kattasi
Sayray ketdi uzun so’z:
-“G’uv-g’uv qilamiz, g’uv-g’uv”,
Qayda bunday maza bor.
Gulda ovqat, pastda suv
Hovli ekan chamanzor.
Ammo buyerga hozir,
Qo’nmay burun biz gulag,
Chopib kelar Bahodir
Ipini olib qo’lga.
Hali qorin to’ymasdan
Bizni tutib oladi.
Cho’zib oyog’imizni
Yaxshilab bog’ soladi.
So’ng qo’yadi ofotbga
Qisilib ketar nafas.
Xo’p urinib atrofga
Ermak bo’lamiz birpas.
So’ngra tashlab ketadi,
Uxlab, oladi orom.
Biz bo’lsak-chi, quyoshda
Qolib o’lamiz tamom.
Faqatgina Omonjon
Bizga mehribon o’rtoq.
Qarar bizga to’ymasdan
Ko’zlari qora munchoq.
Ayasiga so’z bergan
Tegmayman dep qo’ng’izga.
Ayting, yana do’slarim,
Nima yetmaydi sizga?
Bahodir ham ipini
Hamma sho’xligin tashlasa,
Omon kelib do’stini
Bog’chasiga boshlasa.
G’uvillab uchib borib,
Uni xursand etardik.
Omon, Bahodir- hamma
Inoq bo’lib ketardik.


Istakka intil
Sen-chun hayot yangi otajak tongday
Butun go’zalligi, zavqlari oldda.
Sening katta-katta ko’zing jayronday
Ko’kdan yerga tushgan bulutday qorda.
Tongda oyog’ingga kiyasan etik,
Etik edi senga eng katta havas,
Tepaga tirmashib chiqolsam tik
Lekin pastga qulash muammo emas.
Qor qo’nib eriydi, qizartib yuzing,
O‘n bor yiqilsang ham g‘olib, baxtiyor.
Oppoq keng dunyoga liq to’lib ko’zing
Boqqasan, nur to’la kunga beg’ubor.
Boq, intil istakka ergashib o’g’lon:
Mayli qorga botib, yiqilib, turib.
Baland-pastliklardan qo’rma hech zamon
Yoqsa, hayot zavqin bo’lmaydi surib



Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling