ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan iqtidorli
qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan Zulfiya
nomidagi Davlat mukofoti navqiron avlodning ijodiy-
intellektual va jismoniy salohiyatini yanada yuksaltirishga
xizmat qilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida fan, ta’lim, san’at, madaniyat va
adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha ikki yuzdan ortiq qiz Zulfiya
nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi. Ular o‘z sohasi
bo‘yicha iqtidorini namoyon etib,yurtimiz ravnaqiga
munosib hissa qo‘shayotir.
Tanlovning Toshkent shahar bosqichi 5-bolalar musiqa va
san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ma’naviyat kabi sohalarda izchillik bilan amalga
oshirilayotgan islohotlar yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini boyitib, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarishga xizmat
qilayotgani ta’kidlandi. Buni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari qo‘lga kiritayotgan yutuqlar misolida ham ko‘rish
mumkin.
– Mazkur nufuzli mukofot bilan poytaxtimizdan 16 iste’dodli qiz taqdirlangan, – deydi Toshkent shahar hokimining
o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimova. – Quvonarlisi, ular singari yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz
farovonligiga o‘z hissasini qo‘shish istagidagi qizlar safi yildan-yilga ortib borayotir. Xususan, joriy yilgi tanlovning ilk
bosqichlarida oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, umumta’lim maktablari, maktab-internatlar va
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan 15 mingdan ortiq qiz ishtirok etdi. Ularning 560 nafari tuman bosqichlarida
qatnashgan bo‘lsa, 53 nomzod tanlovning Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Tadbir ishtirokchilarining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi va g‘oliblar tanlovning mamlakat
bosqichiga yo‘llanma oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |