Zulfiyaxonim izdoshlari


Download 7.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.04.2023
Hajmi7.66 Kb.
#1322143
Bog'liq
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI



ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI 
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan iqtidorli 
qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan Zulfiya 
nomidagi Davlat mukofoti navqiron avlodning ijodiy-
intellektual va jismoniy salohiyatini yanada yuksaltirishga 
xizmat qilmoqda. 
O‘tgan davr mobaynida fan, ta’lim, san’at, madaniyat va 
adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha ikki yuzdan ortiq qiz Zulfiya 
nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi. Ular o‘z sohasi 
bo‘yicha iqtidorini namoyon etib,yurtimiz ravnaqiga 
munosib hissa qo‘shayotir. 
Tanlovning Toshkent shahar bosqichi 5-bolalar musiqa va 
san’at maktabida bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ma’naviyat kabi sohalarda izchillik bilan amalga 
oshirilayotgan islohotlar yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini boyitib, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarishga xizmat 
qilayotgani ta’kidlandi. Buni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari qo‘lga kiritayotgan yutuqlar misolida ham ko‘rish 
mumkin. 
– Mazkur nufuzli mukofot bilan poytaxtimizdan 16 iste’dodli qiz taqdirlangan, – deydi Toshkent shahar hokimining 
o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimova. – Quvonarlisi, ular singari yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz 
farovonligiga o‘z hissasini qo‘shish istagidagi qizlar safi yildan-yilga ortib borayotir. Xususan, joriy yilgi tanlovning ilk 
bosqichlarida oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, umumta’lim maktablari, maktab-internatlar va 
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan 15 mingdan ortiq qiz ishtirok etdi. Ularning 560 nafari tuman bosqichlarida 
qatnashgan bo‘lsa, 53 nomzod tanlovning Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 
Tadbir ishtirokchilarining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi va g‘oliblar tanlovning mamlakat 
bosqichiga yo‘llanma oldi. 



Download 7.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling