• imtiyoz olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifasi ro‘yxati va b
Download 16.33 Kb.
|
Respublika hududida mehmonxona xizmati ko
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomerlarni bron qilish
- Tashrif buyuruvchilarni rasmiylashtirish
- Tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmatlar
- Mehmonxona nimalar uchun javobgar bo‘ladi
Respublika hududida mehmonxona xizmati ko‘rsatish qoidalari: bron qilish, tashrif buyuruvchilarni rasmiylashtirish, nikoh munosabatlaridan qat'i nazar joy berish, bepul xizmatlar doirasi va boshqalarni belgilovchi namunaviy nizom qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. Hujjatda joylashtirish vositalari: mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, xostellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa obektlar, sh.j. tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilangan. Mehmonxona xizmatlarining hajmi va sifatiga doir talablar, qonun hujjatlarida boshqa talablar nazarda tutilmagan bo‘lsa, bajaruvchi (mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik sub'yekti) va tashrif buyuruvchi (buyurtmachi)ning kelishuviga binoan belgilanadi. Nomer (joy) narxi bajaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi. Nizomda belgilanishicha, mehmonxona xizmatlari yashash joyi (propiska), fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat'i nazar ko‘rsatilishi lozim. Tashrif buyuruvchining kelish vaqtidan boshlab uning ketishigacha bo‘lgan muddatda u band qilgan nomerga (joyga) turar joy daxlsizligi to‘g‘risidagi qoidalar tatbiq etiladi. Joylashtirish vositasi mijozni tanishtirishi shart bo‘lgan ma'lumotlarning aniq ro‘yxati belgilandi. Ular: • bajaruvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, xususan, uning nomi, manzili, bog‘lanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili; • mehmonxona xizmatlari uchun muvofiqlik sertifikati nusxasi yoki mehmon uylari va xostellar reyestridan ko‘chirma; • nomerlar (joylar) narxi va unga kiradigan mehmonxona xizmatlari ro‘yxati, shuningdek alohida to‘lov evaziga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar; • imtiyoz olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifasi ro‘yxati va b. Barcha ma'lumotlar tanishish uchun qulay bo‘lgan joyda, masalan, qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish joyida (resepshen), rasmiy veb-saytida (agar mavjud bo‘lsa) va h.k. joylashtiriladi. Bundan tashqari, joylashtirish vositalari xizmatlardan foydalanishga doir o‘z ichki qoidalarini ishlab chiqishlari va ularni har bir nomerda joylashtirishlari shart. Nomerlarni bron qilish Har qanday qulay shaklda, masalan, telefon orqali bron qilish mumkin. Kafolatlangan va kafolatlanmagan bron qilish turlari qo‘llaniladi. Kafolatlangan bron qilishda nomer tashrif buyuruvchi kelishigacha ushlab turiladi. Tashrif buyuruvchi belgilangan muddatdan kechikkan yoki kelmagan, bunda bronni o‘z vaqtida bekor qilmagan hollarda undan nomerning bo‘sh turganligi uchun bir sutkadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi. Bir sutkadan ko‘p vaqtga kech qolganda bron bekor qilinadi. Kafolatlanmagan bron qilishda nomer ma'lum bir soatga bron qilinadi. Belgilangan muddatda mijoz kelmaganda bron bekor qilinadi. Bajaruvchining ichki qoidalarida bron qilishning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Tashrif buyuruvchilarni rasmiylashtirish Mehmonxona xizmatlari mehmon tomonidan pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat ko‘rsatilganidan so‘ng taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi orqali amalga oshiriladi. Mijozning talabiga ko‘ra joylashtirish vositasi u bilan elektron yoki yozma shaklda shartnoma tuzishi lozim, unda bajaruvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, taqdim etilayotgan nomer to‘g‘risidagi ma'lumotlar, uning narxi, bo‘lish muddati va h.k. qayd etiladi. Tashrif buyuruvchilarga kecha-kunduz xizmat ko‘rsatilishi ta'minlanadi. Tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmatlar Mehmonxona xizmatlari haqi har sutkada to‘lanishi yoxud soatbay to‘lov belgilanishi mumkin. Quyidagi xizmatlar bepul ko‘rsatilishi lozim: • tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni chaqirish; • tibbiyot dori qutichasidan foydalanish; • tashrif buyuruvchining nomiga yuborilgan yozishmalarni yetkazib berish; • ma'lum vaqtda uyg‘otish; • qaynagan suv, ignalar, iplar, idish-tovoqlar va oshxona anjomlarining bir to‘plamini taqdim etish; • bajaruvchining ixtiyoriga ko‘ra boshqa xizmatlar. Mehmonxona nimalar uchun javobgar bo‘ladi Joylashtirish vositasi tashrif buyuruvchining saqlash uchun topshirilgan buyumlarining butligi uchun Fuqarolik kodeksining 899-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi. Bunda buyumlarning saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, bajaruvchi tuzilgan shartnoma talablari va shartlariga javob bermaydigan xizmatlarni taqdim etish natijasida tashrif buyuruvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Download 16.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling