 Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qimlari  Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari


Download 237.16 Kb.
bet1/5
Sana02.11.2023
Hajmi237.16 Kb.
#1740689
  1   2   3   4   5
Bog'liq
pvb oralq Xudayorov Sarvarjon SM-71



Reja:
Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qimlari


 Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari
 Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati
 Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tashkil etilishi va tamoyillari
 Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
 Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish

Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qismlari
Pul aylanishi – bu naqd pullik va naqd pulsizlik olib boriladigan hisob – kitoblarning yiђindisidir.
Pul aylanishi asosan ikki belgiga:
1. Jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish
2. Pulni funksiyalariga ko’ra tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin
Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan boђliq holda pul aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan boђliq aylanishga, hamda tovar va ularning xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga bo’linadi.
Tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi pul aylanishiga ishlab chiqarishga tegishli ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, mahsulotni sotish, tegishli tashkilotlar bilan hisob kitoblar olib borish kiradi, ikkinchisiga kapital qurilish va taminlash sohasidagi hisob kitoblar kiradi. Tovar va ularni xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga milliy daromadni taqsimlash va kayta taqsimlash bilan boђliq to’lovlar va boshqa tovar xarakati bilan boђliq bo’lmagan to’lovlar kiradi.
Pul funksiyalariga va to’lov turiga ko’ra pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz aylanishga bolinadi.
Umuman pul aylanishi quyidagi belgilari boyicha guruhlanadi:
1. Pullik munosabatlarning turiga kora:
a) Tovar moddiy qiymatlarni ayriboshlash jarayonidagi pul ayla-nishi
b) Tovar xarakteriga ega bolmagan hisob kitoblardagi pul aylanishi
2. Tolov usuliga kora:
a) Naqd pullik
b) Naqd pulsiz
3. Pul munosabatlari ishtirokchilarining xududiy joylashishiga kora:
a) Bir xudud miqyosidagi pul aylanishi
b) Xududlararo pul aylanishi
4. Pulni tolov jarayonidagi ishtirokiga kora:
a) Aktiv pul aylanishi – to’lov jarayonida bevosita ishtirok etayotgan pul massasi
b) Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada ishtirok etmayotgan pul massasi (jamђarmadagi, hisob – varaqlardagi bo’sh pul mablaђlari).
Pul aylanishi holatini tartibga solish bo’yicha xukumat organlari tegishli tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi.
Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga solishdir. Monetar siyosatning bosh ђoyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul. Davlat yalpi talabga muomiladagi pul miqdorini tartibga solish bilan tasir etishi kerak. Bunga kora muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot
Pul aylanishi soni
Xolida aniqlanadi.
Monetar siyosat: xarakatdagi pul miqdorini belgilash, uni qatiy nazorat qilish; tijorat banklari faoliyatini kozatib borish: kredit emissiyasini bajarib borish; davlat oltin valyuta zaxirasini yaratish va foydalanishni kozda tutadi.
Davlat xarajatlari va soliqqa tortish boyicha chora tadbirlar korish orqali mamlakatdagi ijtimoiy iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosat fiskal siyosat deyiladi.
Fiskal siyosatning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy barqarorlikni taminlash.
Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bolinadi. Avtomatik deganda xukumat tomonidan qo’shimcha chora – tabirlar belgilamay mavjud iqtisodiy mexanizm orqali iqtisodiy o’zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq to’zilmalarini iqtisodiy kon’yuktura o’zgarishiga boђliqligi va boshqalar.
Diskresion (lotincha dissrecio – oz qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat davlat tomonidan yalpi milliy mahsulotning real xajmiga, bandlik, iflyasiya va iqtisodiy osishga tasir korsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora tadbirlarni belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar, meyorlarga kushimcha ravishda yoki ularni ozgartirish boyicha tezkor tarzda majburiy chora tadbirlar koriladi (soliq reformasi va boshqalar).
Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy ximoya usullarini, byudjet daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish suratlarini oshirish siyosati, narx navoni pasaytirishga tasir korsatish kabi chora tadbirlarni oz ichiga oladi.

Download 237.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling