1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Download 0.76 Mb.
bet1/2
Sana26.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1067385
  1   2
Bog'liq
106935 9-variant Азизова


9-variant
Sirtqi bo’lim talabalari uchun “Umumiy psixologiya” fanidan sessiya oralig`i nazorat ishi topshiriqlari


1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang

  1. Perseptiv obrazni tashkillashtirish

  2. Fazoni idrok qilish.

  3. Fazoni eshitish orqali idrok qilish

  1. Psixologiya aql va ong ishtirokida amalga oshiriladigan harakatlarning quyidagi shakllarini o‘rganadi:





Notanish odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi ma’lumot katta rol o‘ynaydi. Masalan, psixolog Bodalev talabalarning ikki guruhiga bir xil portret ko‘rsatib, birinchi guruhda bu odam yirik olim, ikkinchisida esa, bu – davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-psixologik xarakteristika berishlarini so‘ragan. Ko‘rsatmalar har xil bo‘lganligi sababli berilgan ta’riflar ham har xil bo‘lgan. Birinchi guruhdagi talabalar bu odam mehnatkash, mehribon, shafqatli, g‘amxo‘r, aqlli bo‘lsa kerak, deyishgan bo‘lsa, ikkinchi guruhdagilar uni - beshafqat, makkor, agressiv, qat’iyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko‘zlarni dono, muloyim deyishgan bo‘lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb aytishgan. Shunday qilib, ijtimoiy persepsiya yoki odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok qilish va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik jihatdan murakkab bo‘lib, unda muloqotga kirishayotgan tomonlarning har biri alohida ana shu idrokning ham ob’ekti, ham sub’ekti bo‘lib faoliyat ko‘rsatadilar. Idrokning ob’ekti sifatida shaxs qaralganda, unda hosil bo‘ladigan “boshqa odam obrazi” ning barcha sifatlari va qirralari nazarda tutiladi. Bunday obraz paydo bo‘lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o‘sha odamning tashqi qiyofasi, uning kiyinishi, o‘zini tutishi, hissiy holati, ovozi, nutqi, qiliqlari, yurishi va hokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida suhbatdoshga eng ko‘p ma’lumot beradigan ob’ektdir. Shuning uchun ham telefonda suhbatlashgandan ko‘ra yuzma-yuz suhbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir. Odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok qilishlari ularning perseptiv, ya’ni hissiy bilish (idrok, sezish) sohasiga aloqador bo‘lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga bevosita taalluqli bo‘lib, murakkab jarayondir.
2. Ma`lumki, idrok sezgi a`zolari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi a`zosi ishtiroq etishi mumkin. Lekin ulardan biri eng muhim o`rinda turadi. Masalan, suratni idrok qilishda ko`rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi bosh o`rinda turadi. Idrok jarayonida qaysi sezgi a`zosining etakchilik rolini o`ynashiga qarab idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan: ko`rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta`m bilish idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo`lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtiroq etadi. Masalan, kinofil’mni idrok qilishda ko`rish va eshitish sezgisi ishtiroq etadi. Tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar bir - biriga bog`liq. Ular muayyan makonda, ma`lum vaqtda sodir bo`ladilar. SHuningdek, ular bir - birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma`lum munosabatda, shakl, hajm va boshqa xossalarga egadir. Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos qilib olinadi, unga ko`ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Fazoni idrok qilish.
2. Vaqtni idrok qilish.
3. Harakatni idrok qilish.
Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o`zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o`lchovda idrok qilinadi, narsalarning shakli: uch burchakli, turt burchakli, kub, kvadrat, doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta - kichik, o`rtacha, yirik mayda va boshqalar. Narsalarning bir -biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o`ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko`rish, teri, muskul - harakat organlari bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko`z bilan va ikki ko`z bilan idrok qilamiz. Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko`zning to`r pardasida aks etadi. Bu nurlar ko`z gavharida bir -birini kesib o`tadi va ularning kesishgan joyida ko`rish burchagi hosil bo`ladi. Bu burchakning katta - kichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta kichikligiga hamda uning ko`zdan qanchalik uzoq - yaqinligiga bog`liq. Ko`z gavharining va umuman, ko`zning narsalarni eng yaxshi ko`rish uchun moslashuvini akkomodatsiya deyiladi.
Odatda fazodagi narsalarning, shakl, hajmi va o`zaro munosabatlarini ikki ko`z bilan (binokulyar) idrok qilinadi.
Biz bir narsaga ikki ko`z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning sababi o`sha narsadan keladigan nurlarning ko`z to`r pardasiga mos yoki nomos nuqtalarga to`g`ri kelishiga bog`liq. Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergentsiya muhim ahamiyatga ega. Konvergentsiya biror narsaga qaraganda ikkala ko`z soqqasining qanshar tomon bab - baravar burilishidir. Konvergentsiya masofani, chuqurlikni aniq, to`liq idrok qilishga imkon beradi.
3. Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va sekin esda qoldirib, tez unutish. sekin esda qoldirib, sekin unutish; tez esda qoldirib, tez unutish; tez esda qoldirib, sekin unutish; Esda olib qolish va unutish tezligiga ko‘ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud: 4. Idrok haqida tushuncha. Kasbiy psixologiyada idrokning o’ziga xos xususiyatlari. 70 inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi va aks ettirishda ishtirok etadi. Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko‘rish, eshitish va tuyish mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo‘lib, aniq ob’ektni ajratishga yordam beradi. Masalan, gavjum bozorda ketayotgan taqdirda ham o‘z ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o‘sha tarafga qaraymiz. Ism - figura bo‘lsa, bozordagi shovqin - fon rolini o‘ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz biror narsani idrok qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan ajratib olamiz. Masalan, gul bozorida aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib, o‘shani harid qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga o‘tmaydi. Idrokning sezgidan farqi, narsalarni umumlashgan holda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks etishidir. Ya’ni, idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o‘ziga nisbatan soddaroq bo‘lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, xidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohidaalohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu - sezgilarimizdir. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo‘lib, unda shaxsning u yoki bu ob’ektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol o‘ynaydi. “Idrok tug‘mami yoki o‘zlashtirilganmi?” - degan savol ahamiyatlidir. Har ikkalasiga ham ( tug‘ma hamda o‘zlashtirilgan) deb javob bera olamiz. Idrok - his tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar orqali boyitib boriladi. Shu sababli ham bizga turli darajadagi tahlil natijalari zarur bo‘ladi. “Oddiy” tushunchalar bu inson miyasining yaratuvchilik mahsulidir.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling