Oraliq nazorat " Internetning yosh avlodga salbit ta'siri va oqibatlari "


Download 21.85 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi21.85 Kb.
#1062245
  1   2   3
Bog'liq
uslibiyat


ORALIQ NAZORAT
" Internetning yosh avlodga salbit ta'siri va oqibatlari ".
Tortinmay aytishim mumkin, farzandlarimiz asab tizimi bombardimon” qilib boʻlindi. Xoʻsh, “bombardimonchilar” kim? ”Bombardimonchilar”: virtual olamda faol, real olamda sust hayot kechiradigan, farzandidan koʻra koʻproq virtual doʻstlariga eʼtibor qaratadigan, internet resurslari bilan farzandidan koʻra koʻproq mashgʻul boʻladigan, hamisha va har yerda “onlayn” ota-onalar. Bugun deyarli har bir oilada, har bir uyda umumiy manzara kuzatiladi: ota yoki ona yo monitor qarshisida yoki qoʻlida telefon, bolalar ham yoki monitor qarshisida yoki qoʻlida telefon... Hamma jimgina internet bilan band. Birov birov bilan gaplashmaydi, birov birov bilan qiziqmaydi, birov birovga xalaqit qilmaydi. Axir bu sassiz fojia-ku, ota-onalar! Bu pismiq fojia bizdan eng aziz neʼmatlarni – bolalarimizni tortib olyapti-ku.
Ish faoliyatim davomida turli psixik muammolarga yoʻliqqan, turli ruhiy buzilishlarga uchragan bolalarni koʻp koʻrdim. Ularning barchasi toʻrt muchasi sogʻ, chiroyli boʻlib tugʻilgan edi. Ular Allohning eng ajoyib hadyalari, omonatlari edi. Qanday qilib shu koʻyga tushishdi? Sogʻlom turmush tarzi kechirmaydigan ota-onalari tufayli. Masalan, siz sogʻlom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz? Javobingizni taxmin qilaman: spirtli ichimliklar ichishdan, chekishdan, yengil tabiatlilikdan xoli hayot kechirishni sogʻlom turmush tarzi deb bilasiz. Bugun sogʻlom turmush tarzi shartlariga internetga mukkasidan ketmaslik va ijtimoiy tarmoq quliga aylanmaslikni ham qoʻshish kerak boʻladi.
Eʼtiboringizga dunyo miqyosida olingan, oxirgi oʻn yillikka oid statistik maʼlumotlarni havola etaman:
- bugun dunyodagi har beshta boladan bittasi asabiylik xastaligiga chalinmoqda;
- bolalar oʻrtasida diqqatni jamlay olmaslik sindromi 43 foizga ortgan;
- oʻsmirlik davrida oʻtkir depressiyani boshdan kechirish holatlari 37 foizga ortgan;
- 10-14 yosh oraligʻidagi bolalar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlari 200 (!) foizga ortgan...
Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, bu fojiaga maktab ham, mamlakatlarning taʼlim tizimlari ham mutlaqo aybdor emas. Aybdor – bu oʻsha – bolasidan koʻra internetni koʻproq yaxshi koʻradigan, bolasi bilan dildan suhbatlashmaydigan,bolaning oʻy-fikrlari, hayotidagi oʻzgarishlar bilan qiziqmaydigan,bola boqish deganda faqat kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlashnigina tushunadigan,bolasining internet orqali nimalarni kuzatayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda kimlar bilan doʻstlashayotgani, qanday virtual guruhlarga aʼzo boʻlayotganidan bexabar, oʻzidan ortmaydigan, gʻofil va xudbin ota-onalardir. Aniqlanishicha, farzandidan bir kunda bir marta hol soʻramaydigan onalar ijtimoiy tarmoqdagi dugonalariga bir kunda oʻrta hisobda oʻn-oʻn besh martagacha “Ahvollaring yaxshimi?” degan soʻrovni yuborar ekanlar... va yana eng yomoni, ota-onalari internet quliga aylangan bolalarning asab tizimidagi salbiy oʻzgarishlar ota-onasi giyohvandlikka yoki ichkilikbozlikka berilgan bolalarning asab tizimidagi salbiy oʻzgarishlar bilan deyarli bir xil kechar ekan.Shular haqida yozar ekanman, bundan uch yil oldin mening guvohligimda sodir bo’lgan bir voqea yodimga keldi.O‘shanda kech kuz edi. Metrodan chiqib, ishga shoshib ketayotganimda ko‘zim daraxt tagida o‘rnatilgan o‘rindiqda sigaret chekib o‘tirgan ikki navqiron yigitga tushdi.
Men azal - azaldan insonlarni kuzatishga ,ularning psixikasini o'rganishga qiziqaman.Bu bolalar negadir meni e'tiborimni tortdi va beixtiyor ularning qarshisidagi o'rindiqqa borib o'tirdim va ularni kuzata boshladim.
Ko'rinishidan o'ziga to'q, to'kin, ziyoli oilaning farzandlari ekanliklari ustlaridagi qimmatbaho chet el kiyim-u poyabzallaridan sezilib turar edi.Ularning bir qo'lida tamaki,boshqasida esa eng oxirigi rusumdagi telefonlar turardi.Ular telefonlariga shunchalik mukkasidan ketgan edilarki,hattoki bir xaltada kartoshka ,boshqasida og'ir chemadon ko'tarib kelayotib,bexosdan ularning yonida toshga qoqilib ketgan oltmish-yetmish yoshlardagi keksa otaxonning :
- "Hoy bolalarim,iltimos qarashib yuboringlar " - degan nolasini ham eshitishmadi.
Ular bir-birlari bilan hech suhbat qurmas faqat telefonga qarab goh-gohida jilmayib qo'yar ,ba'zida esa asabiylashgan holda nimalarnidir o'zlariga-o'zlari shivirlar edilar.Ular yon-atroflariga shunchalik darajada befarq,loqayd edilarki hatto keksa otaxonning o'rnidan o'zi turib ketganini ham payqamay qolishdi.
Bu voqeadan so'ng,mening ularga bo'lgan qiziqishim tobora oshib borayotgan edi.Meni qiynayotgan savol shu ediki ular nima bilan shunchalik mashg'ulki,tevarak- atroflarida sodir bo'layotgan oddiy hodisalarga ham shunchalik befarq edilar.Uzoq muddatli cho'kkan sukutdan so'ng ,ular bir-birlari bilan gaplasha boshlashdi.Ularning suhbatidan shuni angladimki,ular internetda tanishgan qizlari bilan tanishuv olib borayotgan ekanlar.Ikkalasi ham bir-biriga tinmasdan internetda tanishgan qizlarini ko'z-ko'z qilar edilar.
Birinchi bola: - "Ey do'stim,qara buning qaddi - qomatiga ! ".
Ikkinchi bola esa : - "Oho zo'rku,sen ham qara ,mana bu qiz kecha tusjgan suratimga layk bosibdi ".
Birinchi bola: - "Ha do'stim,meni ham kecha qo'ygan rasmlarim kuzatuvchilarimga juda ham yoqibdi " .
Ikkinchi bolaga qo'ng'iroq bo'ldi va unga javob berdi.Javob berish davomida uning qattiq asabiylashayotganligini sezish qoyin emas edi.Do'sti undan nima bo'lganligni so'raganda bola unga : - " Instagramda tanishgan qizi bilan tortishib qolganini ,va u qiz qaytib boshqa bu bola bilan munosabatlarini davom ettirishini xoxlamaganligini aytib asabiylashar edi.Do'sti esa uni yupatishga harakat qilish jarayonida do'stining qanday qilib tepalikka chiqanini ham payqamay qoldi.U bolaning ko'zi shunchalik qonga to'lgan ediku ,hattoki mening uni yoniga borib gapirayotgan gaplarim ham qulog'iga kirmas,uning fikr-u xayoli qandaydir internetda tanishgan,umrida biror marotaba uchrashmagan noma'lum qizda edi.
Va men bo'lishini sezgan voqea sodir bo'ldi.Ha bola o'zini yuqoridan pastga arab uloqtirdi.Hattoki meni uni saqlab qolishga na kuchim na aqlim yetdi,chunki voqealar shunchalik tez sodir bo'ldiki,hattoki anglashga ulgurmay qoldim.
Qanaqa zamonda yashayapmiz? Hozirgi globallashuv deb nomlanayotgan davrda inson ko’proq ijtimoiy tarmoqlarga vaqt sarflashi odat tusiga aylandi.
Bu bir qaraganda odatiy holatdek tuyulsada aslida juda ham o’ylashga va fikr yuritishimiz kerak bo’lgan holat va muammo.Internet bu yoshlarning ikkinchi oilasiga aylanib qolyotgani isobot talab qilmaydigan haqiqatku !Har kuni ertalab 80 foiz yoshlar internet bilan tongni kitib olisjyapti, internetdagi tanimagan bilmagan imsonlari uchun jonlaridan kechib yuborishyapti hech ikkilanmasdan,har joyda u biz bilan,jonimizda U,qonimizda U .

Biz qayerga qarab ketyapmiz bizdan olimlar, kashfiyotchilar ,dunyoni o'zgartiradigan insonlar chiqishi o'tmosjdagi chiroyli gaplarga aylanayotgandek go'yo ,aytishadiku har 100 yilda dunyoni o'zgartiradigan jaholatga,adolatsizlikka qarshi chiqadigan bir inson dunyoga keladi deb.Biroq,hozir esa yillar o'tgan sayin internetda kuzatuvchilarini sonini oshorishni,layklar yig'ishni o'ylashdan boshqasiga yaramaydigan zombillar jamoyati shakllanib borayotganlogini sezmayotgandaymiz.


Biz axir Chingizxon va uning askarlaridan Xorazm ayollarini asragan buyuk Jaloliddin Maguberdining avlodlarimiz-ku!
Biz axir Amir Temurni zafarlarga undagan ,jangu -jadallardan g'olib bo'lishiga sababchi bo'lgan Saroymukxonimning nabiralarimiz-ku !
Bular qanaqa yigitlar axir,bizning o'zbek pahlavon yigitlarimiz azaldan o'zining mardligi,jasorati,kuch-qudrati bilan yorlariga erishganlarku !
Tavba! hozirgilar nega bunchalik zaif,nega bunchalik ojiz? Muammoning yechimini o'lim bilan hal qilishadi,nega ularning dunyoqarashlari bunchalik tor shakllanib bormoqda?
Haqiqatni tan olishimiz uchun bizga bundan ortiq yana qanday maʼlumot kerak?!
Uyimizda sassiz sodir boʻlayotgan fojia girdobidan farzandlarimizni qutqarib qolish uchun virtual olamda besamar va darbadar kezishdan zudlik bilan voz kechishimiz, eng avvalo, ruhiyatimizni, hayot tarzimizni tartibga solishimiz, oʻzimizni davolashimiz, oʻzimizni tarbiyalashimiz lozim. Ingliz maqolida aytilganidek, “Bolalaringizdan oldin oʻzingizni tarbiyalang, zero, bolalaringiz hamma masalada sizga oʻxshashga urinadilar”.
Dunyoning turli mamlakatlaridagi psixologlar bu masalada umumiy fikrdalar. Yaʼni kasallik belgilari quyidagilarda kuzatiladi:
1. Ijtimoiy tarmoqlardagi profillarni, elektron pochtani, telegram, vatsap kabi tarmoqlarni zarurat boʻlmagan hollarda ham tekshirib turish. Biror xat-xabarni oʻtkazib yubormaslik uchun kecha-kunduz onlayn rejimda boʻlish.
2. Monitor qarshisida real hayotni unutish, yaʼni “ijtimoiy tarmoqni yoki internetdagi yangiliklarni birrov koʻzdan kechiraman, xolos” degan oʻy bilan internetga kirasiz va... oqibatda kuningizning yarmidan koʻprogʻi shu yerda befoyda oʻtib ketganini anglab dahshatga tushasiz.
3. Tarmoqdagi statusni doimiy yangilab turishga kuchli ehtiyoj sezish. Yaʼni har kuni tarmoqdagi virtual doʻstlaringizga nimadir yangi gap aytgingiz keladi, hayotingizning har bir voqeligini ular bilan tahlil qilishni istaysiz, har yerda tarmoq uchun suratga tushishni yoki suratga olishni xohlaysiz va siz uchun statuslaringizga bildirilayotgan fikrlar, ularni qancha odam kuzatayotgani va kimlarga maʼqul boʻlayotgani hamma narsadan muhimroq hisoblana boshlaydi.
4. Barcha doʻstlar bilan, hatto yaqin masofalarda yashaydigan yoki ishlaydigan doʻstlar bilan ham faqat onlayn muloqot qilish. Ular bilan qachon yuz koʻrishganingizni unutib ham yuborasiz.
5. His-tuygʻularning soxtalashishi. Yaʼni virtual doʻstlaringizning statuslari ostida, aslida, jilmayib ham qoʻymaganingiz holda, xaxolab turgan smayliklarni yoki koʻzingizga yosh kelmagani holda, yigʻlab turgan smayliklarni izoh sifatida qoldirasiz; virtual doʻstlaringiz yozgan fikrlarni oxirigacha oʻqib ham oʻtirmay, “menga yoqdi”, “ajoyib” yoki “hamdardman” ishoralarini qoldirasiz va bu harakatlarni dasturlashtirilgan mashina kabi avtomatik tarzda bajarasiz.
6. Qandaydir sabablar bilan internetga bogʻlana olmay yoki ijtimoiy tarmoqlarga kira olmay qolgan taqdirda, qattiq gʻazablanish, xafa boʻlish, siqilish, oʻzini dunyodan uzilib qolgan odamdek his qilish.
Mabodo oʻzingizda bu belgilarning hammasini aniqlagan taqdiringizda ham, tushkunlikka tushishga hojat yoʻq. Barchamizda oʻzimizni qoʻlga olish va oʻzimizga oʻz vaqtida “Toʻxta!” deya olish imkoni bor.
Ishonavering, ijtimoiy tarmoqdagilarning hammasi oʻzi bilan oʻzi shu qadar bandki, mabodo tarmoqdagi ishtirokingizni butkul toʻxtatgan taqdiringizda ham, buni sanoqli doʻstlaringizdan boshqa hech kim sezmaydi.
Virtual hudud – real hayotda mavjud boʻlmagan hudud. Vaqt esa real hayotimizda bizga berilgan eng katta neʼmat va imkoniyatdir. Bunday boylikni mavjud boʻlmagan olam uchun sarflash aqldan emas.
Internet degani ham faqat ijtimoiy tarmoqlardangina iborat emas. Undan oqilona foydalanish bilan katta imkoniyatlarga ega boʻlishimiz mumkinligini anglasak, olam guliston. Muhimi, vaqtida koʻzni ocha bilish.



Download 21.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling