Oraliq nazorat " Internetning yosh avlodga salbit ta'siri va oqibatlari "


Maqola matnining grammatik xususiyatlarini (gaplarning tuzilishiga ko


Download 21.85 Kb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi21.85 Kb.
#1062245
1   2   3
Bog'liq
uslibiyat

2.Maqola matnining grammatik xususiyatlarini (gaplarning tuzilishiga kora turi; ifoda maqsadiga kora turi; muallif nutqining nechanchi shaxsga mansubligi; uyushiq bo‘laklar, kiritmalar (kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap)ning qo‘llash darajasi) birma-bir izohlang.
1. Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari:
1. Xoʻsh, “bombardimonchilar” kim? - so'roq gap ;
Masalan, siz sogʻlom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz? - so'roq gap ;
2.Hamma jimgina internet bilan band - darak gap;
3. Axir bu sassiz fojia-ku, ota-onalar! -undov gap ;
4. Barchamizda oʻzimizni qoʻlga olish va oʻzimizga oʻz vaqtida “Toʻxta!” deya olish imkoni bor - buyruq gap ;
2.Gapning tuzulishiga ko'ra turlari :
1.Ular Allohning eng ajoyib hadyalari, omonatlari edi. - sodda gap;
Virtual hudud – real hayotda mavjud boʻlmagan hudud. - sodda gap ;
2.U bir qaraganda odatiy holatdek tuyulsada aslida juda ham o’ylashga va fikr yuritishimiz kerak bo’lgan holat va muammo - qo'shma gap ;
Metrodan chiqib, ishga shoshib ketayotganimda ko'zim daraxt tagida
o‘rnatilgan o‘rindiqda sigaret chekib o‘tirgan ikki navqiron yigitga tushdi. - qo'shma gap ;
3.Muallifning nutqi nechanchi shaxsga mansubligi :
Tortinmay aytishim mumkin, farzandlarimiz asab tizimi bombardimon” qilib boʻlindi. - 1-shaxsga mansub ;
4.Uyushiq bo'laklar :
Bu bolalar negadir meni e'tiborimni tortdi va beixtiyor ularning qarshisidagi o'rindiqqa borib o'tirdim va ularni kuzata boshladim. - kesim uyushib kelgan ;
Birov birov bilan gaplashmaydi, birov birov bilan qiziqmaydi, birov birovga xalaqit qilmaydi. - kesim uyusjib kelgan ;
Vaqt esa real hayotimizda bizga berilgan eng katta neʼmat va imkoniyatdir.
-ega uyushib kelgan;
Ijmoiy tarmoqlardagi profillarni, elektron pochtani, telegram, vatsap kabi tarmoqlarni zarurat boʻlmagan hollarda ham tekshirib turish - ega uyishgan;
5.Kirish so'zlar,kirish birikmalar,kirish gaplar :
1.Xoʻsh, “bombardimonchilar” kim?
2.Masalan, siz sogʻlom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz?
3.Mutaxassislarning takidlashlaricha, bu fojiaga maktab ham, mamlakatlarning taʼlim tizimlari ham mutlaqo aybdor emas
4.Ishonavering, ijtimoiy tarmoqdagilarning hammasi oʻzi bilan oʻzi shu qadar bandki, mabodo tarmoqdagi ishtirokingizni butkul toʻxtatgan taqdiringizda ham, buni sanoqli doʻstlaringizdan boshqa hech kim sezmaydi.
5.Tortinmay aytishim mumkin, farzandlarimiz asab tizimi bombardimon” qilib boʻlindi.


Oraliq nazorat ishi topshiriqlarini tuzuvchi: O‘zDJTU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Ya.I.Avlakulov.
Download 21.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling