1. 1- §. Sanoq sistemasi. Moddiy nuqta kinematikasi


Download 464.5 Kb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi464.5 Kb.
#213191
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Мавзу-1

1. MEXANIKANING FIZIK ASOSLARI

1.1- §. Sanoq sistemasi. Moddiy nuqta kinematikasi

1.2 - §. Moddiy nuqtaning to`g`ri chiziqli harakati

1.3-§. Moddiy nuqtaning egri chiziqli harakati. Tangensial va normal tezlanishlar


1.4-§. Moddiy nuqtaning aylana bo`ylab harakati.
Mexanika - fizika bo`limi bo`lib, materiya harakatining eng sodda va eng umumiy shakllarini o`rganar ekan, u jismlarning yoki jismlar qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan siljishini ifodalovchi mexanik harakat haqidagi ta’limotdir.

Mexanikani fan sifatida rivojlanishi eramizdan oldingi III asrlarga borib taqaladi. O`sha davrdayoq qadimgi yunon olimi Arximed (287-212 eramizdan oldingi yillar) richagning muvozanatlik qonunini shakllantirishi uning mexanika fanini rivojlanishiga dastlabki qo`shilgan hissasi deb qarash mumkin. Mexanikaning asosiy qonunlarini Italiya olimi Galiley (1564-1642) aniqlagan bo`lsa, ingliz olimi Nyuton (1643-1727) bu qonunlarni uzil-kesil ta’riflab berdi va fundamental qonun sifatida shakllantirdi.

Galiley va Nyuton mexanikasi klassik mexanika deb yuritiladi va yorug`lik tezligiga qaraganda ancha kichik tezliklarda harakat qilayotgan makroskopik jismlar harakat qonunini o`rganadi.

YOrug`lik tezligiga yaqin tezliklarda harakat qilayotgan makroskpik jismlar harakat qonunlarini A.Enshteyn (1879-1955) kashf etgan nisbiylik nazariyasi o`rganadi. Mikroskopik jismlar (alohida atomlar va elementar zarrachalar) harakat qonunlariga kelsak, bularni klassik mexanika tushuntira olmaydi. Ularni kvant mexanika o`rganadi.

Mexanika quyidagi uch bo`limni o`z ichiga oladi: kinematika, dinamika va statika.

Kinematika - jismlar harakatini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab emas, balki ularni harakat davomida qoldirgan izlariga (traektoriyasiga) qarab o`rganadi.

Dinamika jismlarning harakat qonunlarini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab, ya’ni kuch ta’sirida jismlar harakatini o`rganadi.

Statika jismlar sistemasining muvozanatlik qonunlarini o`rganadi. Agar jismlar harakat qonunlari ma’lum bo`lsa, ulardan muvozantlik qonunlarini ham aniqlash mumkin.


Download 464.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling