1. 1- va 2-mavzular boyicha Nazariy bilimlarni tekshirish uchun savollar


Download 143.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi143.9 Kb.
#1263953
Bog'liq
1-MI Nazariy (1)



1.1- va 1.2-mavzular boyicha Nazariy bilimlarni tekshirish uchun 
savollar.
1. Polimorf sinf qanday xususiyatga ega bo‘lishi lozim?
2. Dastur bajarilishi davomida obyekt turini olish uchun qanday operatordan 
foydalaniladi?
3. type_info sinfda public modifikatori bilan qaysi statik operatorlar 
aniqlangan?
4. type_info sinf a’zolaridagi qanday operatordan foydalanish taqiqlangan?
5. typeid operatorini havolali parametriga qo‘llash mumkinmi?
6. C++ tilida necha tipni almatirish operatorlari mavjud va ularni nomlari, 
ishlatish uslublarini ayting. 
7. dynamic_cast operatori dastur bajarilishi davomida qaysi turdagi quyish 
amalini bajaradi?
8. dynamic_cast va const_cast tip almashtirish operatorlarining vazifalari
kamchiliklari va yutuqlari eslang.
9. O‘zgarmas eʻlon qilingan identifikatorning tipini almashtirish mumkinmi. 
Mumkin bo‘lsa qanday amalga oshiriladi. Mumkin bo‘lmasa, nima sababdan izohlab 
bering.
10. Polimorf bo‘lmagan va bo‘lgan sinf obyektining tipini almashtirish uchun 
qaysi operatorlardan foydalaniladi, har birini izohlab bering. 
11. To‘rtta cast operatorlari dynamic_cast, const_cast, static_cast, 
reinterpret_cast bilan anʻanaviy tipni almashtirish amali (kasting) qanday farq 
mavjud.
12. Yangi nomlar fazosi yaratish uchun kerak, misollar bilan eslab tushuntirib 
bering.
13. Jamoaviy dasturlash vaqtida dasturdagi nomlarning ziddiyatlarni oldini 
olish uchun nima vazifani amalga oshrish kerak va ziddiyatlarni bekor qilishning 
eng oddiy va professional usulini tushuntiring.
14. Nomlar fazosini 2 ga ajratish mumkinmi,
mumkin bo‘lsa, qanday va 
nima uchun nomlar fazosini 2 ga ajratish kerak bo‘ladi. 
15. Using kalit so‘zni ishlatmasdan turib, nomlar fazosiga murojaat qilish 
mumkinmi? Mumkin bo‘lsa, misol bilan asoslab bering.
16. C++ tilida ekran va faylga IO dan tashqari kiritish va chiqarish vazifalarini 
lokalizatsiyalash sifatida qanday vositadan foydalanadigan qator funksiyalarni 
qo‘llab-quvvatlanadi.
17. Kiritish/chiqarish obyektlari sifatida massivdan foydalanish uchun qanday 
header fayldan foydalanish lozim. 
18. Massivga ma’lumotlarni yozish va chiqish uchun qanday tipdan 
foydalaniladi.
19. Massivlar asosida eof() va get() funksiyalarning IO da foydalanish nima 
uchun zarur. 
20. Kirish/Chiqish indentifikatorni o‘rnatish va o‘chirish usullari aytib bering 
va misollar orqali asoslang.
21. Formatlash identifikatorlari nima uchun kerak va u qanday ishlatiladi. 


22. Sanoq sistemaga asoslangan indikatorni chiqarish uchun qaysi formatlash 
identifikatoridan foydalanamiz.
23. Chap tomondan tekislab formatlashda qaysi formatlash identifikatoridan 
foydalanamiz.
24. Monipulyatorlar bilan formatlashning usullari nima uchun kerak va u 
qanday ishlatiladi.
25. Sanoq sistemaga asoslangan indikatorni chiqarish uchun qaysi 
monipulyatorlar bilan formatlashning usuldan foydalanamiz.

Download 143.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling