1-2-mashg’ulot Mavzu: Dastlabki introdusentlarni tanlash uslublari (Meyer, Selyaninov, Kultiyasov, Rusanov va boshqalar). Metodlar to‘g‘risida tushuncha. Aniq o’quv maqsadi
Download 203.23 Kb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashgulot topshirigi
1-2-mashg’ulot Mavzu: Dastlabki introdusentlarni tanlash uslublari (Meyer, Selyaninov, Kultiyasov, Rusanov va boshqalar). Metodlar to‘g‘risida tushuncha. Aniq o’quv maqsadi: urug’ va maysaning tuzilishini aniqlаsh va o’rganish. Mashg’ulot shakli: amaliy Mashg’ulot metodi: an’anaviy, aqliy hujum. O’simliklar introduksiyasi o’simliklarning qandaydir xillarini boshqa rayon mintaqalaridan olib kelinib seleksiya ishida foydalanish introduksiya bilan bog’liq. «Introduksiya» lotincha «kiritish» demakdir. Introduksiya deb- o’simlik tur yoki navlarini, ular ilgari o’smagan (ekilmagan) mamlakat yoki mintaqaga (o’smagan joyiga yoki sharoitga) olib kelib kiritilishiga aytiladi. 1967 yildan boshlab VIR, Vavilov nomidagi o’simlikshunos-lik ilmiy tadqiqot instituti deb yuritiladi. Vavilov introduksiyaning nazariy asoslarini yaratib 1 chi bo’lib madaniy o’simliklarning geografik tarqalishi to’g’risidagi qonuniyatni yaratdi. O’simlik turlarining asosiy qismi Xitoy, O’rta Yer dengizi, Efiopiya, Amerika mamlakatlardan tarqalgan bo’lib, makkajo’hori, tamaki, lavlagi, moy ekinlari bizning mamlakatimizga Amerikadan keltirilgan. O’simliklarning birlamchi introduksiyasi ibtidoiy jamoa tizimida vujudga kelgan bo’lib, ilgari faqat mahalliy o’simliklar odamlar yashaydigan hududlarda ekilgan bo’lsa, keyinchalik esa qo’shni qabilalar o’rtasida urug’lar almashtirilib sifati va hosildorligi past bo’lgan o’simliklar ekishdan chiqarib tashlangan. Yashash sharoitining o’zgarishi bilan aholi sonining ko’payishini yangi qit’alarining ochilishi va mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish bilan o’simliklarning yangi nav va turlari introduksiya qilingan. Odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishi madaniy o’simliklarning tarqalishiga va ularning geografiyasining o’zgarishiga olib kelgan. Bir qator davlatlar o’zining qishloq xo’jalik sohasini chetdan keltirilgan o’simliklar hisobiga yaratganlar. Rossiyada birinchi 1700-yildan boshlab o’simlik kolleksiyalarini yig’ish bo’yicha ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Grechev Rossiyaga 250 ming o’simliklarni olib kelgan. Amerikadan Yevropaga kelgan kungaboqar o’simligi 1870-yilga kelib texnika ekiniga aylandi. Kanada, Chili, Efiopiya, Mesopotamiya, Fransiya kabi davlatlarga Rossiyadan introduksiya qilingan. Akademik N.I.Vavilov tomonidan yer sharida uchraydigan o’simliklarni yig’ib terib olish va saqlash bo’yicha dunyoda birinchi boshlang’ich material yaratish uchun jahon kolleksiyasi tashkil etilgan o’sha paytida (kolleksiya tarkibidagi o’simliklar) 300 dan ziyod mamlakatlarga ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Kolleksiyani yaratishda Regel, Bukasov, Jukovskiy, Dorofeyev, Pisarev kabi olimlarning hissasi katta. O’rganish natijasida kolleksiya tarkibidagi o’simliklar orasidan qurg’oqchilikka, kasalliklarga, sovuqqa va hasharotlarga chidamli, qimmatli, belgi xususiyatlari bo’yicha geografik guruhlar aniqlangan. O’zbekistonda ham VIR kolleksiyasidan foydalanib turli xil ekinlarning 700 dan ortiq turlari aniqlangan bo’lib, ulardan boshlang’ich material sifatida foydalanib g’o’za, bug’doy va boshqa sabzavot ekinlarining yangi navlari yaratilmoqda. Bug’doy 216 mln.gektar dunyo dehqonchiligida ekiladi. Qadimiy ekinlardan biri bug’doy 7000 yillardan boshlab Iroq, Misr, Xitoy kabi davlatlarda ekilib kelingan. Jahon dehqonchiligida ekilish maydoni bo’yicha birinchi o’rinda turadi. O’zbekistonda esa 4,3 ming gektar sug’oriladigan, 793 ming gektar lalmi joylarga ekiladi. Markaziy Osiyo hududida o’tkazilgan arxeologik qazilmalar davrida, pakana bo’yli bug’doy (T.monococcum), yumshoq bug’doy (T.aestinem), turgidum turlari yetishtirilganligi aniqlangan. Bug’doy yetishtirish maydoni bo’yicha Rossiya birinchi o’rinda, qayta ishlash bo’yicha Amerika, Kanada, Argentina, Fransiya davlatlari kiradi. Qattiq bug’doy eng issiq o’lkalar Misr, Jazoir, Afrika davlatlarida yetishtiridi. Bug’doyning barcha turlari xromosomalar soni bo’yicha genetik guruhga bo’linadi. 1. Diploid n=7, 2 n=14 Bu guruhga: Yovvoyi urartu, Monokokkum. 2. Temraploid n=14, 2 n=28 Temofevka bug’doyi, Qattiq bug’doy. 3. Geksoploid turlari n=21, 2 n=42 Yumshoq bug’doy - Tr.aestinem, Spelta – Tr.spelta Tr.Vavilov. 4. Oktoploid n=28, 2 n=56 Bu turkumdagi bug’doy turlari sun’iy yaratilgan bo’lib, kolxisin eritmasi ta’sir ettirish yo’li bilan yaratiladi. Topshiriq: 1.Urug’larning kattaligi ko’chat o’sishiga ta’sir qilish yoki qilmasligini empirik tarzda aniqlang. 2.Urug’larning ekish vaqti va ekish chuqurligida nimalarga ahamiyat berdingiz. Download 203.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling