Reja: - I.Kirish
- II. Asosiy qism
- 2.1 Presslash usuli bilan yogʻ olish texnologiyasi.
- 2.2 Ekstraksiya usuli bilan yogʻ olish texnologiyasi
- 2.3 Yog‘ va moylar rafinatsiyasi
- III. Xulosa
- .
- Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri. 0 ‘zbekistonda qadimdan o‘simlik moyi kunjut, zig‘ir, raps, maxsar urigʻi paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan juvozlarda olingan. 0 ‘zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884-yiii Qo‘qonda qurilgan. Respublika yog‘-moy sanoati oziq-ovqat sanoatining umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. Koson, Guliston yog’ ekstraksiya, Farg‘ona yog‘-moy, Qo‘qon yog‘-moy, Toshkent yog‘-moy, K attaqo‘rg‘on yog‘-moy,Surxonoziqovqatsanoat va Urganch yog‘-moy hissadorlik jamiyatlari (HJ) tarmoqdagi eng yirik korxcnalardir.
Presslash usuli bilan yogʻ olish texnologiyasi. - Moyli xom ashyolardan presslab moy olish qadimdan qoʻlanilgan, dastlab moy olish uchun tosh va tosh idIshlardan foydalanilgan. Keyinchalik richagli, vintli, XVI asrda ponali presslar ishlatila boshlangan. Gidravlik presslarning ixtiro qilinishi 1795-yilga to ‘g‘ri keladi, ularning amaliyotda ishlatilishi 1818—1824-yillarda boshandi va XX asrning 30 yillarigacha yetib keldi.
- Uzoq vaqtlar davomida ishlab chiqarishda qo‘!lanib kelingan gidravlik presslarning koʻpgina kamchiliklari bor edi; presslash jarayonining davriyligi, og‘ir qo‘l mehnatining zarurligi, ko‘p sonli qimmatbaho yordamchi mashina va uskunalar, qimmatbaho press — suknoning ko‘p sarf bo’lishi tayyor mahsulotning narxini oshirardi.Gidravlik presslarda moy olishdagi asosiy kamchilikgi, moylarni oxirigacha olib bo’lmaslik, natijada pressdan chiqqan kunjaraning moyliligi 7—8 % dan kam bo’lmas edi.Bu ishlab chiqarishda moy yo’qotishni oshirib yuboradi.
EKSTRAKSIYA USULI BILAN YOG‘ OLISH - 0 ‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olishda ishlatiladigan erituvchilar ekstraksiya jarayonining texnika va texnologiyasi talablariga javob berishi kerak. Bular — ektraksiya usuli bilan to‘liq miqdorda yog‘ olish, sifatli yog‘ va shrot olish, erituvchining odam organizmiga zararii ta’sir qilmasligini ta’minlash va ishlaganda xavfsizlikni kamaytirish maqsadida qo‘yilgan talablardir.
- Ma’lumki, har qanday presslash usuli bilan moy olinganda qoldiq mahsulot kunjarada anchagina miqdorda (7—16%) moy qoladi. Shu tufayli kunjaradan yoki to‘g‘ridan to ‘g‘ri hali moyi ajratib olinmagan mahsulotdan moyni organik erituvchilar yordamida eritib olish iqtisodiy jihatdan zarur hisoblanadi, chunki presslash yoʻli bilan olinayotgan oʻsimlik moylari miqdori xalq iste’moli talablariga yetarlicha emas. Albatta, ekstraksiya bilan olingan o‘simlik moyining sifati presslash usuli bilan olinganga nisbatan pastroqdir
- Chunki ekstraksion moy tarkibiga lipidlardan tashqari organizm uchun foydasiz boʻlgan turli organik moddalar erituvchida erib o‘tgan boladi. Imkoniyat boricha ekstraksiya usuli bilan olingan o‘simlik moylari texnik maqsadlarda ishlatilishi lozim. Ekstraksiya uchun ishlatilayotgan xomashyo ikki turda boʻladi:
- 1) presslashdan qolgan qoldiq kunjara;
- 2) mexanik yoʻl bilan moyi siqib olinmagan moyli urug‘ning o ‘zi hisoblanadi.
- Xomashyo qaysi turda boʻlishidan qat’i nazar, ekstraksiyaga tayyorlanishi lozim. Bu tayyorlanish asosan, mahsulotning ichki strukturasini imkoniyat boricha toʻliq buzilib, mahsulot tarkibidagi moyni erkin holatga oʻtkazishdan iboratdir. Paxta chigitining kunjarasi esa bir muncha oddiyroq yoʻl bilan ekstraksiyaga tayyorlanadi, ya’ni sovitilgan kunjara maydalanib, aniq bir oʻlchamga ega boʻlgan holatda, ekstraksiyaga beriladi.Agarda mahsulot forpresslanmasdan maydalangandan so‘ng yanchilma holatida qovurilib, ezgichda bargsimon mahsulot hosil qilingandan so‘ng ekstraksiyaga berilsa, bu usul to’g’ridan to ‘g ‘ri ekstraksiya usuli deb ataladi.
Yog‘ va moylar rafinatsiyasi - Rafinatsiya deb, yog’larni aralashma va hamroh moddalardan tozalash jarayoniga aytiladi.Rafinatsiya turli fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning murakkab kompleksidir, ularni qo’llash yogʻdan hamroh moddalarni ajratib olishga imkon berad i. Bu jarayonJarning xarakteri yog’ning tabiati va tozaiangan yog’ sifati bilan aniqlanadi. Yogning tarkibi, sifati va qo'llanilishiga qarab turli rafinatsiya usullari ishlatiladi.Asosiy jaray o n larn in g xarakieri va rafinatsiya jarayoniga reagentlar ta ’siriga qarab, ular 3 guruhga bólinadi:
- 1. Gidromexanik (fizikaviy). 2. Fizik-kimyoviy(kimyoviy)
- 3. Massa almashuvchi (fizik-kimyoviy).
XULOSA - Xulosa qilib shuni aytish kerakki hozirgi kunda yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining optimal rejimlarini ta ’minlash, barcha bosqichlarda texnik kimyoviy nazoratni yo‘lga q o ‘yish, yo‘qotish va sarflar miqdorini kamaytirish, shu bilan birga yog' chiqishini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ko‘rish, ishlab chiqarishning ratsional rejalarini ishlab chiqish va amalga tatbiq qilish, fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda mahsulot sifatini oshirish choraiarini ko‘rish, shuningdek, mahalliy xomashyodan foydalanib, ozuqaviylik va biologik qiymati yuqori boʻlgan yog‘-moy mahsulotiboratdi yangi turiarini ishlab chiqarishdan iboratdir.
- THANK YOU FOR YOUR ATTENTION!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |