5-mavzu. Neftli (mineral) va sintetik moylar. Neft moylarini sinflanishi, moylarni asosiy sifat belgilari
Download 137.21 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу мой
37 2-modul. Moylarni olinish texnologiyalari 5-mavzu. Neftli (mineral) va sintetik moylar. Neft moylarini sinflanishi, moylarni asosiy sifat belgilari. Neft moylari yuqori haroratda (300-800 0 S) qaynovchi fraktsiyalar bo‘lib, ularning tarkibida parafinlar, naftenlar, aromatik va ularning suyuq uglevodorodli aralashmalari, oltingugurtli, azotli va kislorodli birikmalar hamda juda kam miqdorda metallar (V,Ni,Fe,Cu) bo‘ladi. Neft moylari distillyatli, qoldiq va kompaundirlangan moylarga bo‘linadi. Neftdan moylarni olish yo‘li va sifatiga ko‘ra: oq moylar, izolyatsiya, konservastion va surkov moylariga bo‘linadi. Neftning distillyatli va qoldiq moylarni tozalash usuliga ko‘ra mineral surkov moylari quyidagilarga bo‘linadi: 1. Ishqor yordamida tozalash. 2. Kislota-ishqorli tozalangan, bunda distillyatli moylar H 2 SO 4 bilan ishlov berilib, uning tarkibidan smolali moddalar va to‘yinmagan uglevodorodlar ajratiladi. 3. Kislota-kontaktli tozalangan, ya’ni distillyat va qoldiq neft moylari H 2 SO 4 da ishlov berish orqali olingan moyda keyingi tozalash jarayonida oqartiruvchi qum- tuproqda yuqori haroratda H 2 SO 4 qoldiqlari parchalanishi va ajratilishi uchun o‘tkaziladi. 4. Selektiv tozalangan, bu moylar selektiv erituvchilar yordamida tozalangan bo‘lib, uning tarkibidagi keraksiz uglevodorodlar va smolali moddalarni eritib olish bilan tozalangan mineral surkov moylari vazifasiga ko‘ra quyidagi moylarga bo‘linadi: 1. Industrial moylar. 2. Ichki yonuv dvigatel moylari. 3. Bug‘ mashina moylar. 4. Maxsus moylar. Industrial moylar- fabrika, zavodlar va qishloq xo‘jaligida mashina va mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi. Industrial moylar sinflanishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 38 - engil qovushqoqlikdagi 50 0 Sda 3,9-8,5 sstgacha qovushqoqlikka ega; - o‘rta qovushqoqlikdagi 50 0 Sda 12,0-57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi; - og‘ir qovushqoqlikdagi 57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi. Yengil industrial moylar guruhiga velosit va vazelin moylari kiradi. Velosit moyi engil kuchlanishli va aylanishlar soni katta mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi. Masalan, trikotaj mashinalari, ip, gazlama va jun ishlab chiqarish mexanizmlari. Vazelin moyi 50 0 S dagi qovushqoqligi 5,0-8,5 sst bo‘lib, parfyumeriyada, charm ishlab chiqarish va nazorat o‘lchov asboblarini moylash uchun ishlatiladi. O‘rta industrial moylar guruhiga vereten va mashina moylari kiradi. Vereten moylari vazifasi va qovushqoqligiga ko‘ra vereten-2 va vereten-3ga bo‘linadi. Vereten-2 50 0 S dagi qovushqoqligi 11,8- 14,0 sst bo‘lib, kam quvvatli elektromotorlarni moylashda ishlatiladi. Vereten 3 50 0 S dagi qovushqoqligi 19 -23 ,5 sst bo‘lib, u materiallarga ishlov berish sanoatidagi turli mexanizmlar, chilangarlik, silliqlash, teshik ochuvchi, kesuvchi va boshqalarni moylashda qo‘llaniladi. Mashina moylari qovushqoqligiga ko‘ra L va S markalarga bo‘linadi. L markadagi moy turli mashina detallarini moylash uchun qo‘llaniladi. S marka esa katta kuchlanish, kichik tezlikda ishlovchi mexanizmlarda qo‘llaniladi. Og‘ir industrial moylar guruhiga kislota kontaktli usulda tozalangan distillyat moyi silindr-2 kiradi. Silindr-2 moyi yuqori haroratda ishlovchi, katta kuchlanishli va kichik tezlikdagi mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi. Stilindr-2 moyini qovushqoqligi 100 0 S da 9,6-14,0 sst. Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar qo‘llanilishiga ko‘ra: 1. Aviatsiya. 2. Avtomobil. 3. Traktor. 4. Dizel. 5. Motor moylariga bo‘linadi. 39 Aviatsiya moylari qishki va yozgi qovushqoqligi 14 sst, yoz mavsumida MK-22 va MK-20 markada bo‘lib, 100 0 S dagi qovushqoqligi 22 va 20 sstga teng. S markadagi moy ancha kuchli va sifatli bo‘lib, aviamotorlarda ishlatiladi. Avtomobil va traktor moylari barcha turdagi avtomobil, traktor va mototsikl dvigatellarida ishlatiladi. Avtotraktor moylari (avtollar) qovushqoqligi bo‘yicha avtol-4, avtol-6, avtol-10 va avtol-18ga bo‘linadi. Sellektiv tozalashdan olingan avtollar (AS-5 va AS-9,5). Faqat karbyuratorli dvigatellarga mo‘ljallangan. Dizel moylari og‘ir sharoitda ishlovchi tez yurar dvigatellarda qo‘llaniladi. Motor moylari qo‘zg‘almas dizel va neftli, gazli dvigatellarda qo‘llaniladi. Motor moylari M(45-50 sst) va T (62-68 sst) markalarga bo‘linadi. Bu moylar qo‘llanilishi asosan dvigatel quvvatiga bog‘liq. Yuqori quvvatli dvigatellarga T markadagi, biroz past quvvatlilarida M markadagi motor moylari qo‘llaniladi. Bug‘ mashina moylari asosan silindr moyi deb ataladi va bug‘ mashinasi detallarni moylash uchun ishlatiladi. Bug‘ mashinalari bug‘ turiga bog‘liq bo‘lib, ular yordamida ishlatilishiga ko‘ra to‘yingan bug‘da ishlovchi va qayta qizdirilgan bug‘da ishlovchi mashinalarga bo‘linadi. To‘yingan bug‘da ishlovchi mashinalar uchun silindr vispozin 3 va nigrol L navli moylar ishlatiladi. Qayta qizdirilgan bug‘da ishlovchi mashinalarda veport, silindr-6 va veport-gidro navli moylar qo‘llaniladi. Maxsus moylar guruhiga transformator, turbina, kompressor, parfyumeriya va meditsina moylari kiradi. Transformator moylari tranformator o‘zagi va o‘ramlarini sovitish va himoyalash uchun ishlatiladi. Turbina moylari bug‘li va suvli turbina podshipniklarni moylash uchun, shuningdek bug‘li turbogeneratorlarni boshqarish tizimini to‘ldirish uchun ishlatiladi. Turbina moylari quyidagilarga bo‘linadi: 1. Turbina L marka (20-23 sst, 50 0 S), kichik va o‘rta quvvatdagi bug‘li turbinalarni moylash uchun ishlatiladi. 2. Turbina UT marka (28-32sst, 50 0 S) aylanishlar soni minutiga 2000-3000 bo‘lgan kuchli bug‘li turbinalar uchun qo‘llaniladi. 3. Turbina T marka (44-48 sst, 50 0 S). 40 4. Turboreduktor moyi (55-59sst, 50 0 S) paraxod qurilmalarini moylash uchun ishlatiladi. Kompressor moylari 2ga bo‘linadi: 1. Kompressor M marka (9,5-14sst, 100 0 S), havo haydovchi va havoli 2 bosqichda siquvchi kompressorlarni moylash uchun ishlatiladi. 2. Kompressor T marka (14-20 sst, 100 0 S) yuqori bosim (44dan 225 atm.)dagi ko‘p bosqichli kompressorlarda ishlatiladi. Parfyumeriya va meditsina moylari o‘ziga xos rang va hidga ega. Parfyumeriya moylari, qovushqoqligi 50 0 Sda 15-20sst, meditsina moylari 50 0 S da 28-31sstga teng. Bu moylar "oq" moylar nomi bilan ham yuritiladi. Download 137.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling