Amaliy mashg‘ulot №10


Download 72 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi72 Kb.
#1344577
  1   2
Bog'liq
1-Amalioyot


AMALIY MASHG‘ULOT № 1
MAVZU: QUYMA OLISHDA SHIXTANI HISOBLASH.

Sanoatda qotishmalar ko‘pincha quyma holatda ishlatiladi. Bularni tayyorlash uchun metallurgik usul qo‘llaniladi: tashkil etuvchilarni eritish va aralashtirish. Qotishmalar birlamchi, ikkilamchi va oraliq turlariga bo‘linadi. Birlamchilari texnikaviy toza metallardan tayyorlanadi. Ikkilamchilari ishlab chiqarish qoldiqlari qirindi, shlaklar va boshqalardan tayyorlanadi. Oraliq yoki “ligaturalar” u yoki bu metallni eritishda yordamchi sifatida ishlatiladi.


Albatta, birlamchi qotishma sifati yuqori, chunki, chiqindilar (“primesh”) kam. Lekin arzon. Qotishmani tayyorlash uchun zarur dastlabki materiallar yig‘indisiga shixta deyiladi.
Shixta tarkibiga quyidagilar kiradi: yangi ishlatilmagan materiallar (metallurgiya zavodlaridan keltirilgan); ikkilamchi metallar va qotishmalar (sanoat lomi va sanoatni qayta ishlash chiqindilari); mahsus ferrootishmalar va ligaturalar (metallurgiya zavodida tayyorlangan); ishlab chiqarish qoldiqlari (quyma ishlab chiqarish chiqindilari va mexanika sexi chiыindilari);
Flyuslar.
Flyus sifatida tabiiy minerallar va zavodlarda tayyorlangan maxsus mollar ishlatiladi. CHo‘yan va po‘lat eritishda o‘xak, dolomit, eruvchan shpat, kvars qumi va boshqalar ishlatiladi.
Flyuslar eritishdan oldin kimyoviy analiz qilinishi zarur.
Flyuslarning kimyoviy tarkibini spravochniklardan olish mumkin.
Rangli metallarni eritishda o‘zlarini maxsus flyuslari qo‘llaniladi.
Shixtani tuzish.
Dastlabki mahsulotlarni bir – biriga nisbatan miqdoriga qarab shixtalarni to‘rt variantga ega:

  1. faqat texnikaviy toza (sortovoy) metallardan iborat.

  2. texnikaviy toza metallar, ikkilamchi qotishma va ligaturlardan iborat.

  3. texnikaviy toza metallar, ligaturlar, ikkilamchi qotishma va chiqindilar.

  4. faqat qaytgan materiallardan va lomdan iborat.

Shixta komponentlarining nisbati suyuq metal sifatiga qo‘yilgan talablarga qarab keng doirada o‘zgaradi.
Shixtani hisoblash.
Shixtani tashkil etuvchilarini miqdoriy ulushini hisoblash eritilayotgan qotishmani kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Shixta komponentlarining kimyoviy tarkibini aniq olish murakkab. SHuning uchun ularga dopusk qo‘yib, o‘rtachaqiymati aniqlanadi va ta’minlanadi. Har bir komponent uchun o‘rtacha kimyoviy tarkib bo‘yicha hisob qilinadi. Lekin hisobni shunday olib borish kerakki, qotishmaning mexanik va quyma hossalari yuqori bo‘lishi lozim.
Quyish davrida ba’zi komponentlarni qaytmasdan yo‘qolishi kuzatiladi. Bu hodisaga quyish – ugar deyiladi. Ular shu komponentni oksidlanishi, bug‘lanishi, hamda futerovka (qoplama) va shlak bilan o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
Shuni qayd qilish kerakki, ba’zi elementlar quymani pech futerovkasi bilan, yoqilg‘i bilan, shlak bilan o‘zaro ta’siri natijasida ko‘payishi ham mumkin.
Shixtani hisoblash usullari asosan uchta:

  1. Grafik usuli. 2. Analitik usuli. 3.Tanlash usuli.

Tanlash usuli sodda, qulay va hisoblash uchun ko‘p talab qilmaydi.
Tanlash usuli.
SCH21-40 markali cho‘yanni eritib qo‘yish uchun shixtani optimal tarkibini hisoblab aniqlash talab etiladi. Eritilayotgan cho‘yanning kimyoviy tarkibi quyidagicha: S=(3-3,6)%; Si=(1,6-2,0)%; Mn=(0,5-0,8)%. SHixtani quyidagi materiallardan tayyorlash lozim. Ularning kimyoviy tarkibi va tannarxi quyda berilgan.
SHixta materiallarini tarkibi va qiyomati
Ko‘p yillik tajribalardan ma’lumki, sifatli cho‘yan olish shixta tashkil etuvchilarini – komponentlarini quyidagi miqdorda olish ruhsat etiladi: po‘lat lom – (15-24)%; cho‘yan lom – (20-35)%; cho‘yan LK2 – (15-20)%; Quyush davridagi kuyundiga aylanishi: Si uchun – 10 %, Mn uchun – 15%.
25-jadval.


Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling