1 Abu Nasar f arobiyni falsafa ilmiga qoshgan hisasi


Download 22.03 Kb.
bet1/2
Sana22.01.2023
Hajmi22.03 Kb.
#1109221
  1   2
Bog'liq
Falsafa 2 mavzu


Mavzu: Abu Nasr Forobiy va G‘azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiѐsiy tahlil etish (Farobiyning Siѐsat falsafasi va G‘azzoliyning Kimei saodat asarlari asosida); Yevropa mutafakkirlari Platon, Betsiy, R.Dekart, D.Yumning falsafga oid qarashlarini qiѐsiy taxlili etish va fikrlarga izox berish, sharq va g‘arb mutafakkirlari qarashlaridagi farq va o‘zaro aloqalarni asoslash
Reja
1 Abu Nasar F Arobiyni falsafa ilmiga qoshgan hisasi
2 D Yumning Falsafaga oid qarashlarni o'rganish
3 Yevropa mutafakirlari Platon Betsiy haqida malumotlar

Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek, “Dunyo tan olgan ko’p ulug’ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot, Platon, Nitsshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon faylasuflarining kitoblarini tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etishimiz kerak[1]”.


Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‘zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy–ma’naviy muhit mavjud bo‘lmog‘i kerak. “Biz ko’p masalalarda g’arb va sharq faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualism, egoism qarashlarini ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin.Lekin ularni hisobga olishimiz, keraklisini e’tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur[2]”.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. Demak, Prezidentimiz yuqorida ta’kidlab o’tganlaridek, g’arb va sharq faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar ongiga ularni sharq faylasuflari fikrlari bilan uyg’unlashtirgan holda singdirib borish darkor. Shuning uchun hozirda, yangi davr sharq faylasuflarining, xususan Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini o‘rganish shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.. O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligi – suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e’lon qilinishi nafaqat xalqimiz ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma’naviy taraqqiyotida, ta’lim–tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash tizimida ham tom ma’noda mustaqil taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi zamonaviy umuminsoniy ma’naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi xalqimizga qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy usul va prinsiplar asosida o‘rganish, tadqiq etish, ayniqsa, qadimgi, va hozirgi sharq falsafasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham ochib berdi. “Avvalgi yillarda, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ta’lim tizimimiz jahon sivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. Bu ahvol tubdan o‘zgartirilishi lozim.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. Demak, Prezidentimiz yuqorida ta’kidlab o’tganlaridek, g’arb va sharq faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar ongiga ularni sharq faylasuflari fikrlari bilan uyg’unlashtirgan holda singdirib borish darkor. Shuning uchun hozirda, yangi davr sharq faylasuflarining, xususan Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini o‘rganish shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.

Download 22.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling