1. Aktsiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonun Aktsiyadorlik jamiyatlari hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tayyorlash


Download 24.22 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi24.22 Kb.
#1142661
  1   2   3
Bog'liq
Aktsiyadorlik jamiyatlarida hisobotlarni tayyorlash va topshirish


Aktsiyadorlik jamiyatlarida hisobotlarni tayyorlash va topshirish
Reja :
Kirish
1. Aktsiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonun
2. Aktsiyadorlik jamiyatlari hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tayyorlash

3. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish tamoyillari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish
O’zbekiston Respublikasining aktsiyadorlik jamiyatlari to’grisidagi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-fevralda qabul qilingan bo’lib va Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda ma’qullangan .Ushbu qonunning 1-moddasining maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
So'nggi yillarda respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy subyektlarning xorijlik hamkorlar bilan xalqaro aloqalar doirasi sezilarli darajada kengaymoqda, va o'z o'zidan buxgalteriya hisobotlaridan xorijiy foydalanuvchilar hajmi ham ortmoqda. Shu munosabat bilan BHMS bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarni kompaniyalarning aksiyalari xalqaro fond bozorlarida kodirovka qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari uchun MHXSga muvofiq o'zgartirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Aksiyadorlik jamiyati davr davomida mulk egalari foydasiga taqsimot sifatida tan olingan dividendlar summasi va bitta aksiyaga to'g'ri keladigan dividendlar mos keluvchi summasini yoki kapitalning o'zgarishi haqida hisobotda, yoki izohlarda taqdim etishi lozim




  1. Aktsiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonun

O’zbekiston Respublikasining aktsiyadorlik jamiyatlari to’grisidagi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-fevralda qabul qilingan bo’lib va Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda ma’qullangan .Ushbu qonunning 1-moddasining maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Va ushbu qonunning 2-moddasida quyidagilar keltirilgan :


Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida Aktsiyadorlik jamiyatlarining huquqiy holati tog’risida ham kengaytirilgan Ma’lumotlar berilgan bo’lib :
Unga ko’ra aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.

Shuningdek jamiyat yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.


Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida bank hisobvaraqlari ochishga haqlidir.
Jamiyat o‘zining tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq firma nomiga ega bo‘ladi va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar barcha tashkilotlarda va korxonalarda tayyorlanadi va topshiriladi. Biz esa ularni tayyorlashni aktsiyadorlik jamiyatlari misolida ko’rib chiqamiz.



  1. Download 24.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling