1-amaliy ish Mavzu: Qurilish ishlarini bajarish muddatlarini va ish kulamini aniqlash Ishdan maqsad


Download 375.4 Kb.
bet1/2
Sana26.09.2023
Hajmi375.4 Kb.
#1688112
  1   2
Bog'liq
1 amaliy


1-amaliy ish
Mavzu: Qurilish ishlarini bajarish muddatlarini va ish kulamini aniqlash
Ishdan maqsad: Aerodrom qurilishida yer ishlari, asos va qoplamalarni ish hajmi va ehtiyojini aniqlashni, qurilish ishlarini bajarish muddatlarini va pudrat suratini aniqlashni o‘rgatishdan iborat
Nazariy qism
Ishlar bajarilishi muddatlari va pudrat sur’atini aniqlash
Aerodrom qoplamalarini qurishda ishlarni bajarish muddati amaliy ishlarni bajarish jarayonida ko‘rsatilgan qurilishning direktiv muddatiga asosan aniqlanadi. Qurilishning direktiv muddatiga binoan qurilish mavsulining boshlanishi, yakuni va davomiyligi, qoplamalar konstruksiyalarini quruvchi ixtisoslashgan pudratlar ishlari boshlanish va yakunlash paytlari, hamda ishchi jarayonlarni bajarishda band bo‘lib turgan bir qism (xususiy) pudratlar davomiyligi aniqlanadi. Bunda, sun’iy qoplamaning qurilishidagi ixtisoslashgan (sementobeton yoki asfaltobetonli) yetakchi hisoblanadi.
Aerodromda qoplamani qurishda bajarilgan ishlarga sarflangan davr havoning haroratiga qarab qabul qilinadi.
Loyiha texnik-vazifasida ko‘rsatilgan qurilish hududiga qarab aerodrom iqlimi zonasi QMQ 2.05.08.-07, havoning o‘rtacha oylik harorati QMQ 2.01-85, noqulay ob-havo kunlari soni 1- jadvalga asosan aniqlanadi.
1.1-jadval.

Iqlim zonasi

Ob-havo noqulay kunlar, %

1 zona

11

2 zona

8

3

5

4/5

4/3

Tog‘lar va tog‘ etaklari

7

Qora dengiz bo‘yi

9

O‘rtacha oylik haroratga qarab reja (grafik) tuziladi va qurilish mavsumi hamda uning davomiyligi (Tqur.) ning boshlanish va yakuni sanalari belgilanadi.


Qurilish muddati aerodromning joylashuviga, tabiiy ob-havo sharoitiga, gidrogeologik, grunt turiga, yer osti suvlari sharoitlariga va aerodrom qurilishi texnikasining imkoniyatlariga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Aerodrom to‘shamasini qurish ishlari bahorda havo harorati +5 dan, kuzda +10 gacha bo‘lgan davrda olib boriladi.

Download 375.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling