1-amaliy mashg`ulot. Navoiy hayoti va ijodi zamondoshlari xotirasida


Download 51 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2023
Hajmi51 Kb.
#1080035
  1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU

1-amaliy mashg`ulot. Navoiy hayoti va ijodi zamondoshlari xotirasida


Reja:

  1. Shoir hayoti va ijodining manbalari. Navoiy haqida shoirning o‘z asarlaridagi ma’lumotlar.

  2. Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” asarlari. Zamondoshlarining asarlarida, XVI-XIX asrlardagi tazkira, lug‘at, tarixiy va badiiy asarlarda keltirilganma’lumotlar.

  3. Jomiy asarlarida Navoiy siymosining tasvirlanishi.

Alisher Navoiyning faoliyati va merosining o`rganilish tarixi shoirning o`z davridan, zamondoshlari asarlaridan boshlanadi. NavoiyShunoslikning tadrijiy taraqqiyotini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:



          1. Navoiyning o`z asarlaridagi ma'lumotlar.

          2. zamondoshlarining asarlarida keltirilgan ma'lumotlar.

          3. XVI-XIX asrlardagi tazkira, lug`at, tarixiy va badiiy asarlar

          4. Navoiy ijodining ilmiy mezonlar asosida o`rganilishi

          5. Navoiy ijodining xorijda o`rganilishi



Tayanch tushunchalar: navoiyshunoslik, an'anaviylik, ravza, tazkira, risola, qasidai masnu', muvashshah, akademik nashr, mukammal asarlar to`plami, to`la asarlar to`plami, ilmiy-tanqidiy matn


1-topshiriq. Savol va topshiriqlar:

  1. Alisher Navoiy ijodiga uning hayotlik chog`idayoq qiziqish paydo bo`lganining sababi nimada deb o`ylaysiz?

  2. NavoiyShunoslikning tadrijiy taraqqiyotini qanday bosqichlarga bo`lib o`rganish mumkin?

  3. Hazrat Navoiyning qaysi asarlarida o`zi bilan bog`liq ma'lumotlar bayon etilgan?

  4. Navoiy haqida zamondoshlari tomonidan yozilgan yoki zikr etilgan asarlar nomlarini ayting.

  5. G`arb adabiyotShunoslari Navoiyni dastavval tarjimon-shoir sifatida taniganlari sababini qanday izohlash mumkin?

  6. Zamonaviy g`arb navoiyShunoslaridan kimlarni bilasiz?

  7. Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida so`zlab bering.

  8. Navoiy hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar beruvchi qanday asarlarni bilasiz?

  9. Samarqandga ketar chog`ida Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasherga yozgan masnaviysida “Xamsa”ni o`ttiz oyda yoza olishini aytadi. Bu holatni qanday baholagan bo`lardingiz? Navoiy bunday da'vo qilishga haqli edimi?

  10. Sayyid Hasan Ardasherga yozilgan masnaviy matniga tayanib, Alisher Navoiyning Samarqandga ketish sabablarini aytib bering.

  11. Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatida amalga oshirgan ishlari haqida to`xtaling.

  12. Hazrat Navoiyning haj safaridan qolishiga qaysi voqealar sabab bo`ladi?

Alisher Navoiy ijodi va shaxsiga hamma zamonlarda qiziqish katta bo‘lgan. Hatto u kishi haqida ko‘plab afsonasifat hikoyalar ham to‘qilgan. Ulug‘ mutafakkirning shaxsi, tutumi, fe’l-atvori haqida yaqqolroq tasavvur hosil qilish uchun avvalo hazratning asarlarini, u zotga zamondosh bo‘lgan adiblarning xotiralarini sinchiklab o‘qish zarur. Quyida buyuk bobokalonimiz bilan bir davrda yashagan mualliflarning asarlaridan parchalar beril­yapti. Ular Alisher Navoiyning beqiyos fazilatlari va shaxsiyati haqida so‘zlaydi.

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling