1 Amaliy mashg‘ulot


Download 16.04 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi16.04 Kb.
#186314
Bog'liq
1-amaliy ish Nutqni tanish


1 - Amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Nutqli signallarni generatsiyalash metodlarini o’rganish.

 



Ishdan maqsad: MATLAB muhitida .wav formatdagi signallarga ishlov berishda Wavlet toolbox paketlari bilan tanishish va foydalanish.

Nazariy qism:

Nutq signali – bu murakkab dinamik jarayonning modeli bo’lib, uni tahlil qilishdan avval signal yoki uning fragmentini tafvsiflovchi ko’rsatkichlarini faollashtirib olishimiz zarur. Nutq signallarninig asosiy xususyatlari bo’lib:

formant chastotalari,

asosiy ohang va spektr tarkibi hisoblanadi.

Nutq signalini shakllantirish.

Nutqni shakllantirishda inson azolarining asosiylaridan biri bu o’pka, ovoz paylari va og’iz bo’shlig’i hisoblanadi .

Havo oqimi o’pkada shakllanadi, ovoz paylari havo oqimidan tebranishlar hosil qiladi va haqiqiy signal og’ish bo’shlig’ida hosil bo’ladi.

Odatda nutq 2-3,5 so’z/sek. tezligi bilan hosil bo’ladi, yozuvli saqlash esa 0,5 so’z/sek tezlik bilan amalga oshadi

 

 

 

 

 

1-rasm. Nutqni hosil qilinishi

 

Tovushni eshitishga moslab chiqarib beruvchi turli xil fayl formatlari mavjud.

Turli tovush formatlari tovush to’g’risida turlicha ma’lumotlarni saqlashi mumkin.

Ishda taniqli fayl formatlaridan bo’lgan “wav”  fayl formatidan foydalanilgan. “wav” fayl formatida saqlangan ma’lumot xuddi tabiiydek chiqadi, ya’ni bu formatda siqish  jarayoni qo’llanilmaydi. “wav” faylining o’zi axborotning 3 ta “bo’lakchasi” dan  tashkil topgan:1.     Rif  bo’lak, bu bo’lak wav fayl kabi qiyoslanadi.

2.     Format bo’lagi – tiplarning me’yoriy parametrlarini ifodalaydi;

3.     Ma’lumotlar bo’lakchasi haqiqiy ma’lumotni o’z ichida saqlaydi;

 

1.1-jadval. Rif bo’lakcha.

Baytlar soni

Birligi

0-3

“Rif” (ASCII belgilari)

4-7

Paketning to’liq davomiyligi

(binary, little yendian)



8-11

“Wave”- to’lqin   (ASCII belgilari)

 

1.2-jadval. Format bo’lakcha (24 baytning to’liq uzunligi).

Baytlar soni

Birligi

0-3

“fint” (ASCII belgilari)

4-7

Bo’lakcha formati uzunligi (ikkilik, har doim 0x10)

8-9

Har doim 0x01

10-11

Raqamlar kanali (0x01=Mono, 0x02=Stereo)

12-15

Me’yoriy temp (binar) Gs da

16-19

Sekund baytlari

20-21

Namunaviy baytlar

22-23

Nusxadagi bitlar

 

1.3-jadval. Ma’lumot bo’lagi.

Baytlar soni

Birligi

0-3

“data” ma’lumot (ASCII birliklar sistemasi)

4-7

Ma’lumot uzunligi yoxud tinglash davomiyligi

8 dan keyingilari

Ma’lumot bo’lagi (nusxalar)

 

 

wav” fayl formatida bir nuqtadagi fayl qiymati tovushning energiya darajasi bilan mos keladi va energiya darajasining absolyut qiymati tovush hajmiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun qolipning absolyut qiymatining oshishi tovush hajmining oshishi bilan bog’liq. 

Namoyish qilinuvchi vaqt davomiyligi ikkilamchivaqtdagi tovushning energiya 

darajasini ko’rsatadi. Shuning uchun aytish mumkinki,”wav” fayl formati aynan belgilangan vaqt doirasida taqdim qilinadi.Amaliy qism:

Buyruqlar oynasiga wavemenu yoziladi va bizda quyidagi Wavelet Toolbox oynasining asosiy menyusi paydo bo’ladi.

 

Bunda 1 o’lchamli ya’ni mono signaldan foydalanganligi uchun Wavelet 1-D tugmasini bosiladi. File menyusidan .wav formatli signalimizni yuklab olinadi. Demak oynadagida signal quyidagicha aks etadi.

Wavelet tipidan db tanlanadi hamda Level ya’ni darajasi keraklicha tanlanadi. So’ngra Analyze tugmasi bosiladi.

Signalimiz uchun gistogrammani hosil qilishda Show histograms tugmasi bosiladi va quyidagi natijaga erishiladi.

De – noising menyusi orqali signaldagi mavjud shovqinlar aks ettiriladi.

 

Compression ya’ni siqish orqali signalimizni o’zimiz istagandek siqish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Bunda sichqoncha orqali diagramma ustiga bosiladi va keraklicha uni tahrirlash mumkin. So’ngra Compress tugmasi bosiladi va natija saqlanadi.

 

Matlab muhitida wavread buyrug’i orqali ham uning xarakteristikalarini bilsak bo’ladi.

[y, fs, nbits, opts] = wavread('C:/Users/Hurshid-/Desktop/example.wav')

 

Bu yerda:

Fs – wav faylning ma’lum Hz dagi chastotasi

Nbits – bitlar soni

Opts – strukturasi haqida qo’shimcha ma’lumot.
Download 16.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling