1-amaliy mashg‘ulot


Download 66 Kb.
bet1/5
Sana30.10.2023
Hajmi66 Kb.
#1733460
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy



1-amaliy mashg‘ulot.
Grammatika haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik ma’nosi va grammatik shakli. So‘zlarning sintetik, analitik, ko‘rsatkichli shakllari. So‘zlarning juft va takroriy, aralash hamda nol ko‘rsatkichli shakllari. Morfologiya va sintaksis grammatikaning qismlari ekanligi. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya grammatikaning so‘z turkumlari va shu turkumlarga xos kategaroial, nokategorial shakllar tizimi. Ona tilida so‘z turkumlari va ularni ajratish tamoyillari haqida umumiy ma’lumot. Hozirgi ona tilida so‘zlarning ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘z, undov so‘z, taqlid so‘z turkumlariga ajratilishi. Ot. Otning leksik-grammatik xususiyatlari. Otning ma’no turlari. Ot so‘z turkumi sifatida. Atoqli otlar, ularning turlari. Turdosh otlar, ularning turlari. Ot turkumining son kategoriyasi. Otlarning birlik va ko‘plik shakllari. Otlarning nokategorial shakllari. Otlarning aloqa-munosabat kategoriyalari. Otlarning kelishik kategoriyasi. Otlarning egalik kategoriyasi
Mashg‘ulot rejasi:
1. Savollar yordamida o‘tilgan mavzuni takrorlash.
2. Talabalarning uy vazifalarini tekshirib, baholash.
3. Mashqlar bajarish.
4. Mashg‘ulotni yakunlash.
Mashg‘ulot maqsadi:
1. Grammatika haqidagi umumiy tushunchalarni mustahkamlash.
2. Morfologiya haqida umumiy tushunchalarni aniqlashtirish.
3. Sintaksis haqida tushunchalarni mustahkamlash.
4. Lug‘aviy va grammatik ma’no o‘rtasidagi farqni belgilash.
5. Grammatik ma’no ifodalash yo‘llarini aniqlash.
Mashg‘ulot jihozi:
Ma’ruzalar matni, mashqlar to‘plami, test-tarqatmalar.
Mashg‘ulot mazmuni:
So‘zlarning leksik ma’nosi so‘z ifodalagan moddiy ma’no bo‘lib, bu ma’no so‘zning o‘zak qismi yordamida ifodalanaveradi: uy yashaydigan joy; besh – miqdor tushunchasi; ayt – harakat tushunchasi.
Grammatik ma’no esa quyidagi vositalar yordamida ifodalanadi:
1. Qo‘shimchalar yordamida: bolaga, akamning, keldim.
2. Yordamchi so‘zlar vositasida: kalam bilan yozdi, sen uchun oldim.
3. So‘z tartibi orqali: keng ko‘cha (birikma) – Ko‘cha keng (gap).
4. Ohang yordamida: Dars tugadi (darak gap). Dars tugadi? (so‘roq gap) Dars tugadi! (undov gap)
5. So‘zlarni juftlash va takrorlash orqali: qozon-tovoq, baland-baland binolar.
6. Urg‘u yordamida: gullа́r (ot) gи́llar (fe’l), yigitchа́ (ot) yigitcha (ravish), olmа́ (ot) о́lma (fe’l).
Savol va topshiriqlar:
1. Grammatika nima?
2. Morfologiya nimani o‘rganadi?
3. Sintaksis nimani o‘rganadi?
4. So‘zning lug‘aviy ma’nosi nima?
5. So‘zning grammatik ma’nosi nima?
6. Grammatik ma’no qanday amalga oshadi?
7. Qo‘shimchalar yordamida grammatik ma’no qanday ifodalanadi?
8. Yordamchi so‘zlar yordamida amalga oshadigan grammatik ma’noga misol keltiring.
9. So‘z tartibi orqali grammatik ma’no qanday amalga oshadi?
10. Ohang yordamida amalga oshuvchi grammatik ma’noni gapiring?
11. So‘zlarni juftlash va takrorlash yordamida grammatik ma’no qanday yuz beradi?
12. Urg‘u yordamida hosil bo‘luvchi grammatik ma’noga misol ayting.
13. Grammatik shakl nima?
Keys. Kelinni sinash maqsadida tog‘asi undan yozning issiq kunida muzdek suv so‘rabdi. Kelin muzdek suvni keltirib, o‘zi kun taftida turgan iliq suvdan tatibdi, buni kurgan mehmon ajablanib sababini so‘rabdi, kelin javob beribdi...
1-mashq. Gaplarni o‘qing. Mustaqil so‘zlarning leksik va grammatik ma’nolarini aniqlang.
Namuna: Bu – leksik ma’nosi: ko‘rsatish; grammatik ma’nosi: olmosh, ko‘rsatish olmoshi; sintaktik vazifasi: sifatlovchi aniqlovchi.
1. Bu gaplarning barini Hafiza xomush va oqilona tinglardi. (Mirm) 2. Dilshod kitobni yopdi, ildam odimlar bilan hovli tomon ketdi. (M. I.) 3. Atrofi ko‘k panjaralar bilan o‘ralgan ulkan bog‘ darvozasidan kiraverishda uch qavatli shinam bino savlat to‘kib turibdi. (J. Abd.) 4. Yo‘lchi qishloqdan keltirgan xaltasini kampirga uzatdi. (O.) Tushdi savdoyi muhabbat boshima, Or etar mardum kelurg‘a qoshima. (Mashrab)
Bir nihol
Yurdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.
Gul-u nihollingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st. (E.Vohidov)
She’rdagi so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratib, turlarga bo‘ling.
Ijodiy ish. Oftob, xitob, xirmon, darmon, muzlik, to‘qson, hamma, chiranib, mullanamo, kelmoq, oh-voh, kerak so‘zlari ishtirokida she’r tuzing, mantiqqa e’tibor bering.

2-mashq. So‘zlarning turkumi va sintaktik vazifasini belgilang.



Ayt, ey, xasta bulbulim,
O‘shga qachonyetamiz?
Yashil bog‘lar sarg‘ardi,
Mag‘iz bo‘ldi gujumlar.
Oh, voh, muncha yo‘l og‘ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o‘rtasida
Madorim yo‘q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
netamiz?
Abadiyat oralab
O‘shga qachonyetamiz?
Qorli tog‘lar bag‘rida
Begim – O‘shim ko‘rindi,
Sulton – O‘shim ko‘rindi.

3-mashq. She’riy to‘plamlar ro‘yxatini tuzish.
4-mashq. Yozuvchi fikrlarini tahlil eting. Grammatik belgilarni aniqlang.
Haqiqat qancha ko‘p qarshilikka uchrasa, kishilarning qalbidan shuncha chuqurroq o‘rin oladi.
Yurtdan chiqish – tiriklayin go‘rga kirish, degan so‘z.
Kishan oltin bo‘lsa ham, harqalay, kishan!
Es-hushi joyida har bir odam ko‘rib-bilib turgan haqiqatni men aytsam, siz aytmasangiz, boshqa birov aytmasa, kim aytadi?
Eng yaxshi hiyla – to‘g‘rilik.
Odam bolasi sirkning oti emaski, qamchi qarsillaganda cho‘kkalasa!
Chiroyli lof-qofdan xunuk haqiqat yaxshi.
Ko‘p so‘z yolg‘onning yuzini pardalash uchun kerak. Haqiqat shunday jononki, pardoz uning husnini buzadi.
Talant uchun eng xavfli shira ofarinchilikdir.
Uyat – jamiyatimizni balo-qazodan asraydigan buyuk posbon. (A.Qahhor)
5-mashq. Yigitning fikriga munosabat bildiring.
Bir devor yo‘lga quladi. Yo‘lovchilar tashvish bilan vahimaga tushdilar. Bir ilmi tolib: “Qanday zo‘r ish bo‘libdi. Xursandman”, – debdi. To‘planganlar unga dashnom berishdi. Shunda yigit: “Devor qachondan buyon yiqilish uchun oz-ozdan yonboshlay boshlagan edi. Mana nihoyat murodiga yetibdi. Men esa hech maqsadimgayeta olmayapman, shu sababli devorga havas qildim”, – debdi.
She’rdagi so‘zlarni turkumlang.
Yashar bo‘lsang, shunday yasha –
oring bo‘lsin bayrog‘ing,
Shu bayrog‘ing yiqilishdan,
oson bo‘lsin o‘lmog‘ing.
Yashar bo‘lsang, tayyorlangin
xotirjam, tinch o‘lmoqqa –
Sen ketganda hech yo‘q bir kun
etim qolsin qishlog‘ing. (Shuhrat Ne’mat)

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling