1-amaliy mashg‘ulot


Download 66 Kb.
bet2/5
Sana30.10.2023
Hajmi66 Kb.
#1733460
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy

6-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan grammatik ma’noni ifodalovchi vositalarni aniqlab, ularni izohlang.
1.Dehqonni yer davolaydi. Urug‘ bilan birga orzu, dard-hasrat, quvonchlarini ham yerga to‘kadi. (S. Nurov.) 2. Gulnorning g‘oyib bo‘lishi Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi. (O.) 3. Zufar Hakimovichning yuzida ham endi bezovtalik ifodasi yo‘q edi. (P. Q.) 4. Ona mehriga tenglashadigan mehr-muhabbat olamda topilarmikan? (Y. Shukurov)
7-mashq. O‘qing. Mustaqil so‘zlarni morfemalarga ajrating; o‘zak va affikslarini belgilang; affikslarning turini ayting.
To‘lishgan oy shu’lasida qor qoplagan vodiy kumushdek yarqirardi, faqat o‘rtadagi daralarni qop-qora soya bosgandi, lekin u yerda ham qor dam-badam kuyadori singari yalt-yalt qilib turardi. Qarag‘ay shoxlaridagi qor uyumlari hamlaga hozirlanib turgan yirtqich hayvonlarga o‘xshardi. Uzoqda elektrostansiya dvijogi gupillardi: uning shovqini shamol esgandagina eshitilardi. (Y. Semyonov.)
8-mashq. O‘qing. Mustaqil so‘zlarni aniqlab, qanday savolga javob bo‘lishini ayting.
Mehmondorchilikdan qaytgandan so‘ng Zaynab kiyimlarini elektr dazmol bilan dazmolladi, qunt bilan taxlab chamadonchasiga joyladi-da, radiopriyomnikni qo‘yib, «Pikovaya dama» operasining o‘zbekchasini tingladi. Zaynab ertaga jo‘nashini eslarkan, yuragi allanechuk zirqirab ketdi. Hatto uning mehnatda botir, yuragi sof va samimiy “oshiqlari” ham bor. Hamisha g‘ayrati toshgan, shijoatli, xushchaqchaq yosh kolxozchi To‘g‘on Boshoqov bilan birga dalada ishlaganda charchaydimi kishi. To‘ti xoladay to‘qqiz o‘g‘ilning onasi, majlisda notiq, terimda devkor ayolni jondan sevmaslik mumkinmi? (Oybek.)
9-mashq. Mashqni o‘qing. Mustaqil so‘zlarning sintaktik transpozitsiyasini belgilang.
Odob
Odob kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi. Yoshlar u duo barakasidan umrbod bahramand bo‘ladilar. Odob ulug‘lar ko‘nglida yoshlarga mehr uyg‘otadi va u odobli yoshga bo‘lgan muhabbat ko‘ngilda abadiy qoladi. Yoshlarni ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadigan fe’l-atvori odobdir, odoblilarning yurish-turishida xalq ulug‘vorlik ko‘radi.
Odob kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlik eshigini bekitadi va odamni hazil-mazaxdan, kamsitishdan saqlaydi. Odobdan kichiklarga shunchalik foydayetadigan bo‘lsa, kattalarga nechog‘liq ekanini tasavvur qiling. Odob va tavoze do‘stlik oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug‘lik bag‘ishlaydi.
Odob urug‘ini ekkan odamning hosili javohir bo‘ladi. Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi. Odob barcha yaxshi xulqlarning boshidir. (Alisher Navoiy. “Mahbub ul-qulub”dan)
10-mashq. Yordamchi so‘zlarga tavsif bering.

Sen bu kun sinfda shod yurak bilan,
Sinov muddatini kutib turasan.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Globusda bo‘lgan har kichik nuqta
Millionlab qondoshga vatan albatta.
Baxtiyor xalqimiz yashar abadiy,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Jabrda masala qo‘sh muammodir.
Xuddi shunda bir ulug‘ qurilish jodir.
Sen katta injener ertami, indin,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
She’rdir, lirika, balki oddiy til,
Xalqlarning tillari bir xil emas, bil!
Diplomat bo‘larsan, shu bukun, endi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Fanlar ko‘p, fanlar bor o‘rganishga kuch:
Yerda yur, suvda suz, osmonda uch.
Hammasidan a’lo, barchadan oldin,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
O‘tmishni o‘rgansang, kelajak porloq,
Vataning tarixi yo‘lingda charoq.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!

11-mashq. O‘qing. Yordamchi so‘zlarni hamda modal, undov va taqlid so‘zlarni aniqlang.
1.Quyosh selida miriqib cho‘milgan bo‘ydor teraklar quchog‘ida toraya-toraya g‘oyib bo‘lgan tekis yo‘lda askaryengil odim otardi.
Gapga ma’nodosh gap tuzingki, mazmunini to‘la saqlashga harakat qiling.
Bu yo‘lni urushdan burun kolxozlar qurgan edilar. Ilgari bu yerda yog‘ingarchilik pallasida balchiq otning qorniga yetardi. Mana bugun quling o‘rgulsin bir xiyobonki, ko‘lankasida yastanging keladi. Askarning yuragi to‘lqinlanib, odim-odim joyda to‘xtar va har yonga suqlanib qarar edi. O‘ng tomonda uchi ko‘rinmas, ko‘m-ko‘k, tekis paxta dalasi ochildi: “Bunda shunday yaxlit paxta maydoni yo‘q edi-ku. Qanday ish qilishibdi-ya. Paxtaga ana shundoq qulochkash maydon kerak. Mehnatni ayamasang, bu yerda hosil qaynayveradi. Ah, g‘o‘zasi picha kechikibdi-da...” – dedi o‘z ichida askar. Ariqlarda qiy-chuv bilan cho‘milib, qizg‘in tuproqqa ag‘anagan qora-qura bolalar, havoda zarg‘aldoqlarning “biyov-biyov”i va traktorlarning guldurovi, devor orqasida tandirda pishayotgan nonning hidi, bog‘larda mevalarni qushlardan qo‘riqlovchilarning shovqini – hamma narsa unga tinch hayotni va erkin mehnat nash’asini gavdalantirar edi. (Oybek.)

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling