1. Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar Amerikalik psixolingvistlatning konsepsiyasi
Download 257.44 Kb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu. Psixolingvistika.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amerika psixolingvistikasi. Universitetlararo tadqiqot seminari. Bixevioristik nazariya. Kommunikatsiya.
- J.Keroll
- J.Grinberg, F.Lounsberi , E.Lenneberg, E.Ulenbek, J.Lots, V.Leopold, L.Nyumark, S.Saporta, J. Kasagrande
- 2.Amerikalik psixolingvistlatning konsepsiyasi
- “Psixolingvistika” termini
- Nazorat savollari va tposhiriqlar
6-mavzu. Amerika psixolingvistik maktabi: bixeviorizm, neobixeviorizm Reja: 1. Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar 2. Amerikalik psixolingvistlatning konsepsiyasi 3. Verbal assotsiatsiyalar Tayanch tushunchalar: Amerika psixolingvistikasi. Universitetlararo tadqiqot seminari. Bixevioristik nazariya. Kommunikatsiya. 1.Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar. Amerika psixolingvistikasi 1953-yil yoz oyida Blumington (AQSH) shahrida yuzaga keldi. Birvarakayiga aytish kerakki, u to‘liq qurollangan holda, Zevs kallasidan Afina tug‘ilgandek paydo bo‘ldi. Gap shundaki, 1953- yili amerikalik taniqli psixologlar J.Keroll va Ch.Osgudlar, shuningdek, Blumingtondagi mashhur tilshunos va etnograf T.Shebek tashabbusi bilan universitetlararo tadqiqot seminari yig‘ildi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, tilshunoslar - J.Grinberg, F.Lounsberi, E.Lenneberg, E.Ulenbek, J.Lots, V.Leopold,
munozara davomida ishlab chiqilgan va seminarning barcha qatnashchilari tomonidan eksperimental tadqiqotlar sohasidagi asosiy amaliy masalalar mana shu qoidalar munosabati bilan yuzaga kelgan nutq hodisalari nazariy qoidalar boshlang‘ichi sifatida qisqa shaklda bayon etilgan kitobi bo‘ldi ( 1
research problems. Ed. by Ch. E. Osgood and T.A.Sebeok. Baltimore, 1954. Ushbu kitob, ayni paytda, ilova tarzida ikkili jurnalda nashr qilindi- psixologik (“Journal of Abnormal and Social Psychology”) va lingvistik (“International Journal of American Linguistics”). Yaqinda u fototipik holatda qayta nashr qilindi (Bloomington, 1965). Unga E.R.Dayboldning 1954-1964-yillarda psixolingvistik tadqiqotlari va Dj.Millerning “Psixolingvistika haqida” maqolasi qo‘shimcha qilingan (Ushbu kitobga havola keyingi matnda doira qavslarda OSP indeksi va 1965-yildagi nashri bo‘yicha sahifalari ko‘rsatiladi; ramkalarda qayta nashr qilingan matnning sahifalari raqamlari mos keladi). “Klassik psixolingvistika konsepsiyasi”, shuningdek, R.Tiltone, La psicolinguistica oggi. Zürich, 1964-yildagi kitobida atroflicha tavsiflangan. Kitobning mazmuni, shunday bo‘lsa-da, nomiga to‘la mos kelmaydi(“bugun”, hatto, agar bu “bugun”-1954-yil, psixolingvistikadan Titon kitobida amalda inkor qilingan transformatsion yo‘nalish juda kuchli). Ushbu kitobning bevosita tarixdan oldingi davri unchalik katta emas. Nutq xulqini kompleks tadqiq qilish bo‘yicha chaqiriqlar psixolog va tilshunoslar tomonidan hali 40- yillarda ilmiy matbuot sahifalarida tarqalgan edi. Shu yillarda, qolaversa, turli tarzda qo‘llaniladigan “psixolingvistika” termini paydo bo‘ldi (Ushbu termin N.H.Pronkoning “Language and Psycholinguisties”. “Psychological Bulletin”, v. 43, 1946, p.189-239dagi maqolasida birinchi marta bu safar zo‘rg‘i qo‘llanildi. Nutq psixologiyasi bo‘yicha jahonda yirik mutaxassislardan biri sanalgan Djorj Millerning mashhur kitobi (G.A.Miller. Language and communication. N.Y.-Toronto - London, 1951, fr. tarjimasi - Paris, 1956)da “psixolingvistika” termini tilga olinmaydi, ammo 1954-yildayoq muallif (to‘plam: G.Lindzey(ed). Handbook ofsoial psychology, v. II. Gambidge, 1954, p.693-708) “Psycholingvistics” nomli maqolasini nashr qiladi. Sarlavhasi(nomi)da ushbu termin uchraydigan yana bir kitob (A.A.Roback. Destiny and motivation in language. Studies in psycholingvistics and glossodynamecs. Cambridge, 1954)ning ilmga hech qanday aloqasi 2 yo‘q) . Psixolingvistikani yagona fan sifatida yaratish g‘oyasi birinchi marta 1954-yilda tug‘ildi (OSP.V).
So‘z yuritilayotgan kitob yettita bobdan iborat. Ularning nomlari quyidagicha: 1.Kirish. 2.Lisoniy xulqqa uch yondashuv. 3. Psixolingvistik birliklar. 4.Sinxron psi- xolingvistika(mikrostruktura). 5. Tadrijiylik psixolingvistikasi. 6. Diaxron psixolin- gvistika. 7.Sinxron psixolingvistika(makrostruktura).
Ushbu ikki bobdan birinchisi psixolingvistikaning boshqa fanlar orasidagi o‘rni va, umuman, uning ilmiy fan sifatidagi maqomiga bag‘ishlangan. Bu yerda, o‘rinni iqtisod qilish maqsadida, mana shu boblarning mazmunini bayon qilinadi ( 2
murakkabligini o‘zida oqlamasligi fikriga qo‘shilib, ularning barchasi “mexanik” va “atomistik” xarakterga egaligini qayd qilib, ushbu bo‘lim muallifi J.Jenkins Gazri,
ushbu kitobning psixologik konsepsiyasi asosiga Ch.Osgud uchun xarakterli bo‘lgan variantdagi neobixeviorizm asos qilib olingan. Bu “xulqning to‘rt darajali modelidir”. U, ko‘pincha, muallif shunday hisoblaganidek, kommunikatsiya nazariyasidan keltirilgan. Mana, u nima borada (nutq xulqiga muvofiq) ekanligi.
“Fizik hodisa sifatida retseptor ( aferent
asab tolalari oxirgi hosilalar va hayajonlanishda (asab impulslari) qo‘zg‘ovchilarning fizik (mexanik, issiqlik va boshqa) yoki ximiyaviy energiyani hosil qiladigan, sezuvchi asab tolalari orqali markaziy nerv sistemasiga beriladigan; bir retseptor ximiyaviy qo‘zg‘atuvchilarga (xemoretseptorlar) alohida sezuvchan, boshqalari - harakatning tebranishiga (xermoretseptorlar) yoki
ishga (mexanoretseptorlar, baroretseptorlar) yoki yoritilganligi (fotoretseptorlar), bosimning o‘zgarishiga (mexanoretseptorlar, baroretseptorlar) darajasida nerv markaziga qo‘zg‘aydi, yirik- lashtirib ko‘rsatadi. Bu uzilgan informatsiya, zaruratga qarab, avvalgi qabul qilinganlar asosida, ushbu “kirish”ga nisbatan ortiqcha, ancha ishonarlini hosil qilib, perseptual birliklar yaxlit holatda keltiriladi. Sensor ( nerv tolalari - hayajonlanish markaziy nerv sistemasiga organlar va to‘qimalar beriladigan tola; ko‘pincha, markazga intiluvchi (afferent) nerv tolalari impulslarning to‘liq modeli
shu (model) ancha mustahkam bog‘langan bevosita reprezansiyaning (representatinal mediating reachtion) shu reaksiyasini chaqiradi; bu jarayon stimullar ma‘nosining kodini
ochishning o‘zidir. “Tashqariga” yo‘nalishga murojaat qilib, bu jarayon integratsiya darajasida borayotgan stimulatsiya bilan o‘zaro qo‘shilgan (moslashgan), biror maqsadga
yo‘naltirilgan kodlashni ta‘minlaydigan stimulatsiya modelini beradi. Nihoyat, motor nerv 3 markazidagi faollik modeli effektiv tizimda loyihalanadi va xulqning mazmunini aniqlaydigan fizik hodisalarda qayta kodlanadi ( 3
“Psychology: A.Study of a Science”. Ed. by S. Koch. V. 6, N.Y, - San-Francisco-Toronto- London, 1963, p. 259-260. (ushbu kitobningi asl nusxasidagi matnlar bilan berilgan tarjimani solishtirishni istaydigan o‘quvchi bu tarjimalarning doimo ham so‘zma-so‘z ekanligiga osongina ishonch hosil qiladi. Ammo kitob muallifi tarjimaning aniqligiga hamma joyda kafolat beradi).
Bu ifodalashni hal etish oson emas, biz ifodalashdan oldin, Osgud tomonidan berilgan uning modeli sxemasini biroz qisqartirishlar bilan qayta tiklash mumkin:
Gm--------------------Sm ↑ ↓ Ŝ-Ŝ-Ŝ ───────────────→ Ѓ-Ѓ-Ѓ ↑ ↓
S R I
Avvalo, diqqatni shunga jalb qilamizki, Osgudning modeli, oldingi bobda aytilganidek, mutlaqo ochiqchasiga “oraliq o‘zgaruvchan” shaklda namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, Osgud, asosan, bixevioristik nazariya terminlari bilan muomala qiladi, ammo “ularni tenglashtirish (o‘xshatish) va ishlab chiqish …nevrofiziologik korrelatlarni (o‘zaro bog‘lanishlar)…psixolingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasining ko‘pchilik imkoniyatlaridan birini ta’kidlaydi ( 4
bo‘yicha Osgudning yana bir necha ishlari bor. Alohida qarang: Ch.E.Osgood. A. behavioristic analysis of perception and language as cognitive phenomena. “Comtemporary approaches to cognition”, Cambridge, 1957; Yana qarang: A.A.Leontyev. Psixolingvistika va nutqning funksional birliklari, 170-171-betlar. OSPda Osgud modelining bayoniga 50-56-sahifalar bag‘ishlangan).
Bir so‘z bilan aytganda, u avvalgi bixevioristlar uchun xarakterli bo‘lgan pozitivizmdan butunlay voz kechadi va o‘zining konsepsiyasida hech qanday tutib (yshlab) bo‘lmaydigan shunday narsalar bilan erkin muomala qiladi. Ana shu nuqtayi nazardan Skinner modeliga Osgudning tanqidi juda xarakterlidir. “Skinner konsepsiyasida belgilarning ahamiyati yoki mazmuni naqida aytadigan hech narsa yo‘q, balki simvolik jarayonlar–kimgadir yoqadimi yoki yoqmaydimi - unda lisoniy xulqning asosiy muammosi bor”(
.
Osgudning yuqoridagi iqtibosini izohlaymiz. Proyeksiya darajasida dastlabki analiz (masalan, nutq tovushini idrok etish - bu nutq tovushining jiddiy fizik tavsifining tanlanishi) o‘tkazilgan yerda, harakat qilishi “tajriba bilan o‘zgarmaydi”( 5
behavioristic…, p. 78). Integratsiya darajasida, aksincha, oldingi tajribaning eng keng hisobi sodir bo‘ladi: bu darajada ayrim ajralgan stimullar bizning avvalgi tajribamizda ancha tez birlashganligi tufayli, birlashadilar; bunda ushbu to‘plamda stimullarning yo‘qligi, qabul qilish aktida, asosan, mazkur “perseptual (qabul qilish) modeliga xos bo‘lgan, umuman, stimullar jiddiy emas-u, integratsiya darajasida to‘ldiriladi. Reprezentatsiya darajasi haqida alohida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu yerda biz uchun yangi bo‘lgan tushuncha “bevosita ifodalangan reprezentatsiya (xarakterli)” bilan to‘qnashamiz. “Bevosita ifodalangan”(mediation) tushunchasi bixeviorist Xall tomonidan kiritilgan edi. “Bevosita ifodalanish” (mediating) jarayoni sxemasi bunday: biz neytral
4 stimulga (masalan, so‘z) va boshqasiga bo‘lgan muayyan reaksiya chaqiradigan neytral bo‘lmagan (real predmet)ga egamiz. Agar bu stimullar birgalikda ko‘p marta takrorlansa, bir-biri bilan birlashadi, unda neytral stimul neytral bo‘lmagan stimul bilan chaqiriladigan nutqning qismi bilan birlasha boshlaydi. Ushbu, keyingi birlashuv “bevosita ifodalangan namoyish qilish”dir. Shuning uchun reprezentatsiya (o‘zini tanitish)ni, neytral stimulga peaksiya neytral bo‘lmagan stimul yoki pragmatik (ish, harakat) fikrdagi so‘z ma’nosi predmetning “ma’no” qismini chaqiradigan xulqning bir qismining o‘zidir. Shuning uchun u bevosita ifodalanganki, organizmda, yuqorida aytilgandek, “o‘zaro stimullashish modeli” vujudga keladi: so‘zni qabul qilib, biz unga bevosita munosabat bermasligimiz mumkin, ammo “o‘zaro stimulatsiya” modelida nimanidir o‘zgarishi mumkin (aytaylik, yangi kontekstda so‘zni eshitib, biz bu modelga yangi semantik qirra yozib qo‘yamiz va nimanidir ifodalash kerak paytida ushbu so‘zdan shu qirrani hisobga olgan holda foydalanishimiz mumkin). Qisqacha qilib aytish mumkinki, “o‘zaro stimulatsiya modeli”– bu nerv sistemasida “yozilgan” ushbu so‘zni qo‘llashning unga “yorliqchasi”- algoritmi bilan yozib qo‘yilgan so‘zning nevrologik modelidir. Nutqni vujudga keltirib, biz ushbu yozuvni motor tarzida birlashtiramiz. Nutqni qabul qilishga keladigan bo‘lsak, unda bu, Osgud tasavvurida, “sensor (his-tuyg‘u) impulslar modellari”ning “yorliqcha” bilan birlashuvi yoki ushbu modelga muvofiq keladigan shu yozuvlarning miyada saqlanayotgandan tanlashidir. Osgud so‘zning, qisman bo‘lsa-da, xulqning neytral bo‘lmagan stimulga javob berishga xos bo‘lganini aniq chaqirayotganligini taxmin qilmaydi: u Ch.Morris tomonidan kiritilgan ushbu reaksuyaga organizmning yoki so‘z ma’nosini potensial reaksiya sifatida qarash “qabul qiluvchanlik” tushunchadan kelib chiqadi. Bunda u belgi tushunchasi bilan birgalikda (qo‘shimcha ma‘no qo‘yiladigan og‘zaki (verbal) stimul) unga “namuna” tushunchasi (assegn) tobe bo‘lgan yoki unga noverbal stimul orqali shunday belgi ma‘nosi unga verbal stimulli to‘g‘ri assotsiatsiya yo‘li bilan emas, balki boshqa belgilarning ma‘nolari birlashishi vositachiligi orqali qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladi.
Demak, qabul qilish jarayoni Osgud va boshqa psixolingvistlar tomonidan asl ma‘noda qabul qilish jarayoni sifatida tushuniladi. U faqat sirtdan (perifiriya) markazga yo‘nalishga mo‘ljallangan. Hissiy ma‘lumotlarni qayta ishlash faqat nerv sis-temasida saqlangan avvalgi ta‘sirlarning izlari ta‘sirida sodir bo‘ladi va u yoki bu elementlarning birlashuvining subyektiv ehtimolligi ularning “yaqinligi”, “o‘x-shashligi” ta‘siri ostida ushbu ma‘lumotlarning qayta guruhlanishi va birlashishiga borib taqaladi. Bu idrokning “retseptor” (oluvchi) nazariyasiga tipik misol. Biz bu yerda o‘quvchini sizning maqolangizga murojaat qildirib, retseptor nazariyasi tanqidiga atroflicha tanqidni beramiz. Undan faqat yakuniy qismi-xulosalarni, aniqrog‘i, ulardan uchtasini keltiramiz: 1.Psixolingvistika nutqning kodlanishi va kodlanmasligining bevosita funksional aloqasi yo‘qligini yoki ba‘zi markaziy-miya mexanizmlarining faqat birligini tan olib, nutqni idrok qilish va nutqni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Biz uchun ( 6
aks etish mexanizmi haqida. “Psixologiya masalalari”, 1959, 2-son; Nutq. Artikulatsiya va idrok. V.A.Kojevnikov va L.A.Chistovich tahriri ostida. M.-L., 1965, Shuningdek, qarang: A.A.Leontyev. Nutq faoliyatida so‘z. M.,1965, 104-bet va boshqa. Aytish kerakki, ushbu nuqtayi nazarga, qandaydir darajada amerika fanida tarqalgan, masalan, qarang: taniqli fiziolog A.M.Libermanning ishlari. Ammo, umuman, psixolingvistika va yetakchi vakillar uchun, jumladan, an’anaviy “retseptor” yo‘nalish xarakterli. qarang: OSP, r.223-228) artikulatsiya organlari va nutqni idrok qilish organlari ayrim zvenolari bir- 5 biridan ajralgan holda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yagona funksional tizimni tashkil etadi… 2.Psixolingvistika idrokning “retseptor” nazariyasiga tayanib, nutqni idrok qilishni miyaga informatsiya “quyilishi”ning bir tomonlama jarayoni sifatida qaraydi. Biz, reflektor nazariyasiga muvofiq, nutq idrok qilinishini xuddi nutqni harakatga keltiruvchi motor zvenosining majburiy ishtirokida sodir bo‘ladigan faol dinamik jarayon sifatida qarashni tavsiya etaladi. 3.Psixolingvistika nutq identifikatsiyasi(tushunish)ni darajalangan tizim natijasi sifatida qaraydi. Bizning nuqtayi nazarimizda, nutqning idroki va tushunulishi- darajalanishning natijasi emas, aksincha, vujudga kelgan darajalanish faol o‘xshatish mexanizmining harakati natijasidir (A.A.Leontyev. Psixolingvistika va nutqning funksional birliklari muammosi. 189-bet) .
2.Amerikalik psixolingvistlatning konsepsiyasi. Endi,
bizga amerika
psixolingvistikasining psixologik “bazasi” ancha yoki biroz aniq bo‘lganda, psixologik birliklarga bag‘ishlangan keyingi bobga o‘tishimiz mumkin.
Kitob mualliflari uchta tushunchani kiritadilar: a) lingvistik birliklar (bu aniq va keyingi izohni talab qilmaydi); b) psixologik birliklar - bu til egasining o‘z lisoniy ongida ajratadigan birliklari, ya‘ni bo‘g‘in, so‘z va gapdir; d) psixolingvistik birliklar yoki “ochish va kodlash (shartli belgilar) jarayonida va tahlilga tortishga daraja (sath) bo‘yicha mumkin bo‘lgan butun sifatida funksional faol ko‘rinadigan axborotlarning ana shu segment (bo‘g‘im)laridir”(OSP,61). Keyinroq psixologik birliklar (natija shuki, tilshunoslar, ko‘pincha, so‘zlashuvchilar bilan intiutiv (sezgi) tushunadugan va foydalanadigan o‘ziga foydali bo‘lgan til birliklari bilan muomala qilishga qobiliyatli emas-OSP,62)ning lisoniy ma‘nosini va lisoniy birliklarning psixologik realligini beradi (psixik ahamiyatli bo‘lgan lisoniy birliklar xulosaning asosidir. Ammo, keyingisini tajribada tekshirish kerak-OSP,63) va eksperimental xarakterdagi bir qancha muayyan gaplar ilgari suriladi. So‘ngra, Dj.Grinberg ( 7
. tomonidan yozilgan lisoniy birlikdek so‘z haqida katta paragraf keladi.
Nihoyat, Osgudga mansub bo‘lgan bu bobning asosiy paragrafi “psixolingvistik birliklarning iyerarxiyasi to‘g‘risida talqin qiladi”.
Motivlashgan darajadagi birlik bo‘lib (motivation level) so‘zlovchi uchun ham, tinglovchi uchun ham “so‘zning keng pragmatik ma‘nosi”(OSP,72) gapi xizmat qiladi. Bu daraja axborotning umumiy tartibga solinishi - ohang, urg‘u, ancha umumiy sintaktik tavsiflar bilan boshqariladi. Ikkinchi, semantik daraja (sath: semantic level) mumkin bo‘lgan tanlov yoki, aniqrog‘i, “bevosita ifodalangan reprezentatsiya”lar bilan ish ko‘radi (representational mediators). Bu darajaning kodlash birligi uchun L.V.Sherbakning “funksional klassi”- sintagma ekvivalenti hisoblanadi. Kodlarni ochishga keladigan bo‘lsak, unda bu yerda yuqorida J.Grinberg tomonidan tavsiya qilingan bir necha sahifadan iborat birlik “nukleus”( Grinbergning dalil-isbotlarini bayon qilmasdan, tushuntiramizki, nukleus o‘zi nima,
nukleuslarga quyidagilar misol bo‘la oladi: the-farmer-hill-ed-the-ugly-duskling (O.S.Axmanova tomonidan tavsiya qilingan ruscha varianti: yego-slushatelь-xran-it-ego-
level). Bu daraja birligi - uning komponentlarining statistik aloqalari nuqtayi nazaridan 6 nutq oqimining bunday segmenti (bo‘g‘imi) bor butunni ifodalaydi. Kodlash, “kodni ochish uchun segment bo‘lib so‘z hisoblanadi”: shunaqa, so‘z ichidagi pauza “muvozanat” munosabati so‘zlar orasidagi pauza bilan (ular keyingisidan qisqa) doimo aloqador. Nihoyat, to‘rtinchi sath–integratsiya (inte-gration level-birlashtiradigan), bizga “uch pog‘onali model” bo‘yicha ma‘lum bo‘lib, nutqning mayda, bo‘linmaydigan “g‘ishtcha”lari bilan boshqariladi. Bunday “g‘ishtcha” bilan kodni ochish uchun, Osgud fikricha, fonema xizmat qiladi.
Hozircha shular bilan kifoyalanish mumkin. Ta‘kidlash kerakki, shunday bo‘lsa-da, Osgudda “sath” tushunchasi juda noaniq. U uning ishlarida kamida to‘rtta ma‘noda uchraydi, tabiiyki, bular haqida biz atroflicha to‘xtalmaymiz.
Keyingi, to‘rtinchi bob kitobning mazmuni bilan, asosan, bilvosita aloqador: unda gap kommunikatsiyaning turli shakllari–nutq tinglash, imo-ishora va manipulatsiya, ya’ni qo‘l bilan amalga oshiriladigan murakkab va nozik harakatlar, vaziyatga qarab, kommunikatsiyada foydalaniladigan turli kodlar, kodlar tizimi va hokazolarning birlashish shakllari haqida boradi. Ushbu bobda biz ana shunday ta’kidlar bilan chegaralanib turamiz. Hozirgi semiotikada, jumladan, paralingvistikada ham, ularning ko‘pchiligi aynan bayon qilinayotgan g‘oyalarga o‘xshaydi.
Biz uchun beshinchi bob juda muhimdir. Unda nutqning “statistik struktura”si va “lingvistik struktura”ning eng muhim farqlari beriladi. Lingvistik struktura nuqtayi nazaridan, faqat lingvistik elementning paydo bo‘lishi yoki paydo bo‘lishi mumkin- ligining o‘ziyoq relevant (muhim)dir. Statistik analiz tilshunoslik uchun asosiy bo‘lgan strukturaning sathlarini farqlash hisoblanadi (OSP-94). Axborotning “statistik strukturasi” butunicha - bu “ tildagi ushbu tartibdagi birliklar orasidagi ehtimollik munosabatlari sistemasi”dir (“Tartib” so‘z, morfemalar va fonemalar birlikning turli tartibi mohiyatidir. Ketma-ketlik bilan joylashgan bir tartib birliklari orasida turli konstruktiv (asos qilib olsa bo‘ladigan, amaliy) sathlarga oid bo‘lgan “o‘tishlar”(tranitions) yoki chegaralar bor). Boshqa tomondan, “lisoniy struktura” ushbu tartib birliklarini birlashtirish imkoniyatlarining ierarxik tizimi sifatida tushunilishi ke-rak (OSP,95).
Keyingi paragraf xulq sathlari (darajalari) muammosini izlaydi, shuningdek, to‘rt pog‘onali osgudcha modelni bayon qiladi. Nutqiy kodlashning uch usulda amalga oshirilishi taxmin qilinadi: a) semantik “intensiyalar” (kuchaytirish)ni tanlash; b) uning muayyan semantik va alohida grammatik tavsiyalari bilan unga to‘g‘ri (mos) keladigan so‘zlar tanlash; d) uning tovush shaklini o‘rash, keyinroq lingvistik strukturaning statistika bilan aloqasi aniqlanadi. Bir necha paragraf nutq tadrijiyligi statistikasi muammolarining atroflicha tahliliga bag‘ishlanadi.
Ayniqsa, verbal (so‘z, og‘zaki) assotsiatsiya bo‘yicha ishlar (J.Jenskins) psi- xolingvistika muammolariga kiritilgan 4- va 5-§ lar muhimdir. Skinner fikricha, bunday assotsiatsiyalarning farqlarini aniqlovchi omillarning to‘rtta guruhi mavjud: 1) so‘zlovchining holati; 2) eshitganni idrok qilish variatsiyasi (o‘zgarishi); 3) namoyon bo‘lish bilan bog‘liq (masalan, eslatilgan narsalarning ishtirok etishi) bo‘lgan verbal va noverbal stimullar; 4) o‘zaro og‘zaki munosabatlar yoki ketma-ketlik va aynipaytdalik planidagi so‘zlar orasidagi munosabatlar. Verbal assotsiatsiyalar muammosi mana shu o‘z aspektida psixolingvistikaga mansubdir. Bunga Osgud tomonidan kanalning semantik jihatdan kodini ochishda o‘tkazuvchanligi haqidagi yozilgan paragraf ham qo‘shiladi. 7
Ushbu kitobdagi oltinchi bobning barcha muammosini (ontogenezda tilning shakllanishi, ikkinchi tilni o‘zlashtirish, bilingvizm, lisoniy o‘zgarishlar) biz tushurib qoldiramiz. Yettinci bobga keladigan bo‘lsak, unda xulqning asoslangan tomonining ta’siri ko‘rib chiqiladi, ma’noning turli aspektlari tahlillanadi va uning o‘lchovi haqida tushuncha beriladi (bu haqda biz quyida maxsus to‘xtalamiz), tillararo tarjima muammosi ocherklari beriladi va, nihoyat, til, ong va madaniyatning munosabati muammosiga to‘xtalib o‘tiladi.
OSP sahifalarida ko‘rib chiqilgan barcha muammolarni, o‘zining nazariy va amaliy ahamiyati jihatidan teng emasligini ko‘rish oson.. Ulardan ancha muhimlarini quyidagi asosiy masalalarga (biz tomondan tilga olingan tematika chegarasida) kiritish mumkin: 1. Til tabiati va nutq xulqi, nutqni o‘rganishga asosiy yondashuvlar. 2. Nutq xulqini iyerarxik (pog‘onali) tashkil qilish (sathlar, birliklar va h.k.). 3. “Ketma-ketlik psixolingvistikasi”–nutq xulqini statistik tashkil qilish. 4.Ma’noning psixolingvistik muammolari (uning tabiati va “o‘lchovi”, verbal assotsiatsiyalar muammosi).
madaniyat va h.k.). 1954-yildan keyin ushbu muammolar qanday qo‘yilganligi va hal qilinganligi bo‘yicha sharhga o‘tishdan oldin, bizga quyida muntazam murojaat qilishga to‘g‘ri keladigan sharhiy ish ko‘rsatiladi. Ulardan asosiysi E.R.Dayboldga taalluqlidir ( 8 A.R.Diebold. Jr. A survey of psycholinguistic research. 1954-1964, OSP, p..205-207 (bibliografiya, str.276-291). Bu ish ham OSP ikkinchi nashrning boshqa qismlaridek namoyon bo‘ladi. Biz murojaat qilgan boshqa ish - bu Osgudning psixologiya bo‘yicha Z. Kox tahriridagi ko‘p jildlik qo‘llanmadagi maqolasi ( 9
tomonidan nashr qilingan (SP) saylanmaga ham tayanishga tayanishga ham to‘g‘ri keladi ( 10
Rozenberg tomonidan nashr qildirilgan ( 11
Rosenberg. N.Y. London,1965). “Psixolingvistikadagi yo‘nalish” nomli maqolalar to‘plamini biz RD deb belgilaymiz. Nihoyat, 1965-yil 16-18-sentabrda Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan nutq xulqi bo‘yicha konferensiya uchun tayyorlangan materiallar bilan bir necha bor ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi; bu materiallar (ko‘paytiruvchi apparatlar bilan alohida ma’ruzalar ko‘rinishida nashr qilingan)ni biz VB indeksi bilan ta’minlaymiz( 12
Verbal Behaviorior Conference. September 16-18. 1965.-Bizning ixtiyorimizga ushbu materiallarni bergan prof. A.R.Luriya, shuningdek, prof. T.Shyoblk(AQSH)ka chuqur minnatdorchilik bildirish uchun fursatdan foydalanamiz, chunki biz psixolingvistika bo‘yicha deyarlik barcha amerikalik nashrlarga iltifot ko‘rsatishimiz kerak).
Psixolingvistikaning hajmi haqida bir necha so‘z. Uning chegaralari noaniq. OSPga quyidagi tavsif beriladi (aftidan, uning muallifi Osgud): “Psixolingvistika” so‘zlovchilarning tezligi shu kodi madaniyatida qabul qilingan signallarda hosil qilinadigan jarayonlarni o‘rganadi va bu signallar tinglovchilarning sharhlarida qayta ishlanadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, psixolingvistika kodlash va kodlarni ochish jarayonlari bilan ish ko‘radi, modomiki, ulardagi axborotlar holati 8 kommunikatsiya ishtirokchilari (OSP,4) holatiga muvofiq keladi. Ammo bunday tavsif, oson ko‘ringandek, psixolingvistikaga “klassik” tilshunoslik va “klassik” nutq psixologiyasi chegarasida chiqadigan, hatto qisman ushbu chegaralarga aloqador bo‘lgan deyarlik barcha va barcha kiritishga imkoniyat beradi. “Psixolingvistika” termini, qoida bo‘yicha E.R.Daybold ta’kidlaydiki, “inson tili va verbal xulqning muayyan aspektlariga nazariy va eksperimental yondashuvlarning ayrim aralashmasini anglatadi”…Psixolingvistlka, uning asosuga ancha omonat fanlardan alohida fan sifatida real mavjud bo‘lishini tan olish uchun asosdir (OSP,205) ( 14
Bu omonat SP va RD uchun olingan muammolar nomenklatura(majmua)sida yaxshi ko‘rinadi. Biz barcha holatlarda amerikalik psixolingvistlarning fikriga tayanamiz, aniqrog‘i, psixolingvistika ko‘lamiga ular nimani kiritgan bo‘lsa, shuni kiritamiz. Albatta, ochiq taranglik holati(masalan, OSPga Skinner kitobiga yoki SPga L.S.Vigotskiyning “Tafakkur va nutq” kitobini qayta bosish)dan chekinmaslikka to‘g‘ri keladi.
Va yana bir taxminiy e’tiroz - bu psixolingvistika bo‘yicha chop qilinayotgan davriy nashrlar haqida. Yaqin kunlargacha ular uchun, asosan, “Patologik (g‘ayritabiiy) va ijtimoiy psixologiya jurnali” (Journal of Abnarmal and Sosial Psychology, JASP) va “Amerika akustik jamiyati jurnaji” (Journal of the Acoustical Society of America, JASA) o‘z sahifalaridan o‘rin berdilar. Amerikalik psixolingvistlar, shuningdek, Angliyaning “Language and Speech” jurnali bilan ham hamkorlik qiladilar. 1962-yildan buyon “Journal of Verbal Learning and Verbal Behavior” (JVLVB) chiqa boshlagan bo‘lib, unda psixolingvistika tavsifiga aloqador bo‘lgan bir qancha ishlar nashr qilindi. Bunga o‘xshagan ishlar ba’zan e’lon qilingan jurnallarga quyidagilar kiradi: “The Psychological Bulletin”, “International Journal of American Linguistics”, “American Journal of Psychology”. Nazorat savollari va tposhiriqlar: 1.Bima uchun Amerikani psixolongvistikaning vatani deyishadi? 2.Amerikalik qaysi olimlar psixolingvistika bilan shug‘ullanganlar? 3.Ular tadqiqotlarida psixolingvistikaning qaysi masalalariga e’tibor berganlar? 4.Kodlash deganda nimani tushunasiz? 5.Inson xulqi bilan nutq xulqi orasida qanday munosabat yotadi? 6.“Transformatsion” psixolingvistik modelning real qiymati qanday? 7. Amerikalik psoxoloingvistlarning kamchiliklari nimadan iborat edi? 9
Download 257.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling