1. Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan


Download 28.92 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi28.92 Kb.
#1165469
Bog'liq
oraliq 2 javoblar


1.Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qarama-qarshi qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi. Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimgi qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) psixologiya yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan. Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar psixologiya rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. XVIII asrga kelib M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, A. Golbax, D. Didrolar psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya XIX asrning 2-yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879-yil dastlabki eksperimental laboratoriyani jihozlashga erishdi.
2. Aristotel - qadimgi yunon faylasufi va tabiatshunosi - ruhni psixologik bilimlarning predmeti sifatida tushunishda yangi davrni ochdi. U uchun bilim manbai tana edi, bu erda jismoniy va ma'naviy shakl ajralmas yaxlitlikdir. Uning risolasi "Ruh haqida" birinchi, aslida psixologik ish bo'ldi (ilmiygacha bo'lgan psixologiya doirasida). Aristotel ruh haqidagi oldingi va zamonaviy g'oyalarni tizimlashtirdi va o'z risolasida asosli bo'lgan bir qancha muhim qoidalarni ilgari surdi. U ruhni nafaqat mohiyat sifatida, balki tirik tanani tashkil qilish shakli, usuli, ya'ni tananing tirik mavjudot sifatida mavjud bo'lishiga imkon beradigan narsa sifatida belgiladi. Uning g'oyalarida ruh o'ziga xos organ bo'lib, u orqali tana his qiladi va fikrlaydi. Ruh o'ylamaydi, lekin tana ruh orqali o'ylaydi. Aristotelning psixologik ta'limoti biotibbiyot faktlarini umumlashtirishga asoslangan edi. Ammo bu umumlashtirish psixologiyaning asosiy tamoyillarini o'zgartirishga olib keldi. Aristotelning fikriga ko'ra, bu atama "organizm" turdosh so‘z bilan bog‘langan holda ko‘rib chiqilishi kerak "tashkiloti ”, muammoni hal qilish uchun uning qismlarini o'ziga bo'ysundirish; bu butunning qurilmasi va uning ishi (funktsiyasi) ajralmas; organizmning ruhi uning vazifasi, faoliyati. " Agar ko'z tirik mavjudot bo'lsa, uning ruhi ko'rish bo'lar edi, - dedi Arastu. Aristotel tanani tizim sifatida talqin qilib, undagi faoliyat uchun turli darajadagi qobiliyatlarni ajratib ko'rsatdi. Qobiliyat tushunchasi , Aristotel tomonidan kiritilgan muhim yangilik bo'lib, psixologik bilimlarning asosiy fondiga abadiy kiritilgan.
3. Psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish mеtodlarining turli tasnifi mavjud. Har qanday psixologik tadqiqot oz–ozini tеkshirish, boshqalardagi ozgarish va rivojlanishni tеkshirishdan iborat boladi, shuning uchun ham bularni sub'еktiv va ob'еktiv tadqiqot mеtodlari dеb aytish mumkin. Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani organishning ob'еktiv mеtodlaridan foydalanish asosiga korilishi kеrak. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga nisbatan muhim talabi psixik faktlarini gеnеtik (tarixiy) jihatdan organish printsipiga amal qilishni taqozo etadi. Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi: 1.Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2.Kuzatiladigan obyekt tanlanadi; 3.Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 4.Tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5.Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6.Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7.Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazishi) tayinlanadi; 8.Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitofon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi Suhbat metodi. Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Test metodi. Tajriba (eksperiment) metodi. Laboratoriya (klinika) metodi .Anketa metodi
4. Test metodi. Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. SHaxsning aqliy o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilashga bog‘liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo‘llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga: a\. Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo‘ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to‘g‘risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo‘naltirilgan), og‘zaki testlar (savollar tizimi umumiy ta’lim va kasb ta’limida tayyorgarlik darajasini aniqlaydi). b\. Insonning aql-idroki, aql-zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo‘lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo‘riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.
5. olim Sergey Leonidovich Rubinshteyn - Rossiya va xorijda ishlatiladi inson psixologik holatini baholash uchun tizim juda oddiy, lekin juda samarali, hamyurtimiz tomonidan taklif. O'tgan asr oxirida yaratilgan "ob'ektlarini tasniflash" usuli, zamonaviy psixologiya eng mashhur biri sifatida uning maqomini saqlab qoladi. Sergey Leonidovich Rubinstein - falsafa va psixologiya sohasida yigirmanchi asrning eng mashhur rus olimlardan biri. inson psixologik tabiatiga falsafiy qarashlar tizimi asosida, Rubinstein insonning falsafiy va psixologik tushunchasini yaratish muvaffaq bo'ldi. Bu shaxs faoliyati-qiziqishlariga, ongli, ma'naviy va ruhiy hayot xulosalaydi. Rubinstein tadqiqot va ularning asarlari asosida olingan Rossiya va dunyoda ham, psixologiya rivojlantirish uchun asos yaratdi. Misol uchun, "ob'ektlarini tasniflagichi» usuli paytda inson va psixologik holatini baholash uchun ishlatiladi. Qonli urushlar va Urishqoqlarni kasallikdan rivojlanayotgan, psixologik kasalliklar bilan shug'ullanish, yangi mexanizmlarini topish zarurligiga olib fikrlashning vazifalari buzgan namoyon.
S. L. Rubinshteyn, shu jumladan, mashhur psixologlar, olimlar, harbiy shifoxonalarda bemorlar tiklash yordam berdi. Ularning eksperimental tadqiqotlar, shuningdek, g'alaba erishish jarayonida, milliy psixologik fan uchun bebaho hissa qo'shgan.
6. Motivatsiyani aniqlashga qaratilgan Elers metodikasida shaxsning ijtimoiy xulq motivatsiyasi va muffaqiyatga yo„nalganligi, uning harakat dasturi hamda maqsadlarida namoyon bo„ladi. Muvaffaqiyatga yo„nalgan shaxslarda o„zini-o„zi nazorat qilish va boshqarish sifatlari yuqori bo„ladi. Ushbu metodikada 41ta muvafaqiyatga erishish motivatsiyasini aniqlashga qaratilgan savollar berilgan. Ularga muvofiq agar talaba 1 balldan 10 ballgacha yeg‟gan bo‟lsa unda bu talabada muvafaqiyatga nisbatan juda past motivatsiya ekanligi aniqlanadi. Agar talaba 11 balldan 16 ballgacha yeg‟sa unda bu talabada muvafaqiyatga nisbatan o‟rta darajadagi motivatsiya ekanligi aniqlanadi. Agar talaba 17 balldan 20 ballgacha yeg‟gan bo‟lsa ushbu talabada anchagina yuqori motivatsiya ekanligi ko‟rinadi. Va nihoyat agar talaba 21dan yuqori ballni qo‟lga kiritsa bunda u muvafaqiyatga nisbatan o‟ta yuqori motivatsiyaga ega ekanligi ko‟rinadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, muvaffaqiyatga kuchli darajada yo'naltirilgan odamlar o'rtacha xavfni afzal ko'rishadi. Muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqadiganlar kichik yoki, aksincha, juda ko'p xavf darajasini afzal ko'rishadi. Biror kishi muvaffaqiyatga erishishga undaydi - maqsadga erishish uchun, tavakkal qilishga tayyorligi kamayadi. Shu bilan birga, muvaffaqiyatga bo'lgan motivatsiya muvaffaqiyat umidiga ham ta'sir qiladi: muvaffaqiyat uchun kuchli motivatsiya bilan, muvaffaqiyatga bo'lgan umid zaif muvaffaqiyat motivatsiyasidan ko'ra kamtarroq bo'ladi. Bundan tashqari, muvaffaqiyatga erishishga undaydigan va undan katta umidvor bo'lgan odamlar yuqori xavfdan qochishadi.
7. Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), koz yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - sozni toldiradi, kuchaytiradi va bazan uning ornini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yoq degani, ruslarniki teskarisi boladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha boladi. Masalan, bolalar kopincha kattalarga tasir etish, ularga oz xohish va kayfiyatlarini otkazishda yigidan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni soz bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Bu ayniqsa pedagog uchun g`oyat muhimdir
8. Buyuk rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi hamda 85 xil ko‘z qarashlari turi borligini kuzatgan. G. M. Andreyevaning yozishicha, odam yo‘z ifodalari, nigohlarning 2000 ga yaqin ko‘rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda ko‘zlar to‘qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga kuchli ta’sir ko‘rsatishi maxsus tadqiqotlar jarayonida o‘rganilgan. Bularning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo‘lishini ta’minlab, odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda hududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o‘zaro munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko‘proq ishlatilishi bilan bog‘liq. Bolalarning o‘z yig‘isi bilan onasiga o‘z his-kechinmalari hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog‘liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo‘lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarining turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo‘lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo‘yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo‘lishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo‘lsa, aksincha, bosh siltashar ekan. Ma’lumki, o‘zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi.
9. Shaxsiyat nazariyalari - bu shaxsning kelib chiqishini, uning rivojlanishining determinizmini tushuntiruvchi turli xil taxminlar, farazlar majmui, tushunchalar va yondashuvlar to'plami. Shaxsni rivojlantirish nazariyasi nafaqat uning mohiyatini izohlashga, balki inson xatti-harakatlarini oldindan bilishga ham intiladi. Bu tadqiqotchilar va nazariyotchilarga inson mavzusining mohiyatini tushunish imkoniyatini beradi, ular doimo so'raydigan ritorik savollarga javob topishga yordam beradi. Psixologiyada shaxsiyat nazariyalari qisqacha ettita asosiy tushunchalar bilan ifodalanishi mumkin, ularning har biri shaxsning tuzilishi va xususiyatlari haqidagi o'z g'oyalari bilan tavsiflanadi va ularni o'lchashning o'ziga xos usullariga ega. Bundan xulosa qilish mumkinki, shaxs - bu ko'p qirrali tuzilma va inson xatti-harakatlarining individualligini, vaqtinchalik va situatsion barqarorligini ta'minlaydigan ko'p qirrali psixologik xususiyatlar tizimi. Hammasi bo'lib, inson sub'ektining shaxsiyatini o'rganishga qaratilgan qirqga yaqin yondashuv va tushunchalar mavjud.
Psixologiyada shaxs nazariyalari Inson shaxsi dastlab inson bo'lib tug'iladi, deb ishoniladi. Bu bayonot birinchi qarashda haqiqatga o'xshaydi. Biroq, u faqat insoniy fazilatlar va xususiyatlarni shakllantirishning tug'ma shart-sharoitlari paydo bo'lishining genetik shartliligiga asoslanadi. Shunday qilib, masalan, yangi tug'ilgan chaqaloqning tana shakli tik yurish qobiliyatini taklif qiladi, miyaning tuzilishi intellektual rivojlanish imkoniyatini, qo'llarning konfiguratsiyasini - asboblardan foydalanish istiqbolini ta'minlaydi. Yuqorida aytilganlarning barchasida yangi tug'ilgan chaqaloq chaqaloq hayvondan farq qiladi. Shunday qilib, go'dak asli inson zotidan bo'lib, individ deb ataladi, chaqaloq esa butun hayoti davomida faqat individual deb ataladi.
"Individual" tushunchasi shaxsning umumiy mansubligini o'z ichiga oladi. Chaqaloq va kattalar, donishmand va oligofren, sivilizatsiyadan yiroq qabilalarda yashovchi aborigen, rivojlangan davlatning oliy ma’lumotli aholisini individ deb hisoblash mumkin. Boshqacha aytganda, shaxsni shaxs sifatida tavsiflash u haqida aniq hech narsa aytmaslikni anglatadi. Bu dunyoda shaxs sifatida paydo bo'lgan shaxs o'ziga xos ijtimoiy xususiyatga ega bo'ladi va shaxsga aylanadi
10. 11. Ekzopsixika sozi yunonchadan tarjima qilinganda (ekzo - tashqi ) «tashqi psixik» degan manolarni anglatadi Endopsixika sozi yunonchadan tarjima qilinganda (endo -ichki ) «ichki psixik» degan manoni anglatadi Endopsixika va Ekzopsixikaning farqlari : Endopsixika shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning ozaro bogliqliligini aks ettiradi .Uning negizida insonning nerv –psixologik tuzilishi bilan endopsixika aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi chunki u odam shaxsning ichki mexanizmini yuzaga keltiradi . Endo psixika oz navbatida shaxsning tasirlanishi, xotira, tafakkur, xayol, kabi bilish jarayonlarini va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. Ekzopsixika: Ekzopsixik - bu shaxsning tashqi ob'ektlarga, atrof-muhitga bo'lgan munosabati, bu shaxsga qarama-qarshi bo'lgan va shaxs u yoki bu tarzda bog'lanishi mumkin bo'lgan butun doira bilan bog'liq. U boshqa odamlar bilan bevosita bog'liq bo'lgan tabiat, san'at, din va ijtimoiy psixikani ichiga oladi. Bunday holda, A.F. Lazurskiy alohida xususiyatga ega bo'lgan ekzokompleks (bir nechta chambarchas bog'liq bo'lgan asosiy psixofiziologik funktsiyalarningkombinatsiyasi) tushunchasidan foydalangan.Endopsixika Endopsixik – nevropsixik shaxsning o'zagi bo'lgan, uning individual o'ziga xos xususiyatlaridan iborat shaxsni tashkil etish.Endopsixikaning ushbu formulasiga muvofiq, shaxsiyat temperament, qobiliyatlar, aqliy jarayonlar va psixofiziologik jarayonlarning turli ko'rinishlarida tushuniladi.
12. Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum darajada ashamiyatga ega bo’lgan ob'ektning ustida to’planishi tushunladi. Diqqat shunday mushim bir psixik jarayonki, u insonning jamiki faoliyatlarida bevosita ishtirok etadi va ularning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta'minlaydi.Diqqat bilish jarayonlarini (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni) vujudga kelish, rivojlanish va takomillashishning zaruriy shartidir. Bilish jarayonlarining birligi, barqarorligi, o’zaro ularning uyqunligi, samaradorligi, mazmundorligi va tizimliligi bevosita diqqatga boqliqdir.F. Dobrinin fikricha, diqqatni ustanovka bilan boqlovchi nazariya quyidagi jishatlarni shisobga olmagan. Diqqat shaqiqatdan ma'lum moslashuvchi sharakatlar bilan birga bo’ladi, lekin bu sharakatlarga borib yetmaydi. Agar tomoshabin sashnadan o’girilsa, ko’zini yumadi, quloqini berkitadi, u sashnada nima bo’layotganiga diqqat qilolmaydi. Sashnaga qarash va eshitish uchun boshqa shamma narsalardan chalqish kerak va idrokni sashnada bo’layotgan shodisalarga qaratish lozim. qarab turib ko’rmaslik, tinglab turib eshitmaslik mumkin. Diqqat shundan iboratki, u nimaga qaratilgan bo’lsa, uni ko’rish demakdir. Yuqoridagi muloshazalardan kelib chiqqan sholda N. F. Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron-bir ob'ektga yo’naltirish va to’plash bilan boshqa ob'ektlardan chalqish orqali tushuntiradi.
13. Diqqat bo’inuvchanlik xususiyatiga egadir, diqqatimizni yo’naltirayotgan obektga maksimal 3-5 daqiqa qarata olishimiz mumkin shu orada diqqat bir va undan ko’pn ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya martta bo’linishi mumkin bu jarayonni biz sezmay ham qolamiz. Simultan bo’linish diqqatning barqaror ishlashiga yordam beradi. Ayrim odamlarning fikri tez chalg’iydigan bo’ladi – bu diqqat barqarorligi yetishmasligi bilan bog’liq holatdir. Diqqatning ma’lum vaqt oralig’ida saqlanishi diqqatning barqarorligi deb ataladi. Agarda biror bir mashg’ulotga e’tibor bilan kirishilsa ushbu jaraoyon kuzatiladi. Bu xususiyat inson qiziqishlari va kasbiga bog’liq ham bo’ladi . Shuncha vazifalarni uddalashda diqqatning faqatgina o’zi emas boshqa kognitiv jarayonlar ham qatnashadi. Aytish mumkinki, diqqatning barqarorligi har qanday sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning eng muhim shartlaridan biridir. Ushbu bilish jarayoni insonning atrofdagi borliqni va unda sodir bo’layotgan jarayonlarni idrok etish jarayoni ravshanlashtiradi. Diqqatning barqarorligi – bu diqqatning kontsentratsiyaning davomini bilgilaydigan xususiyat hamdir. Bundan xulosa qilib diqqatning bir joyga to’planishida diqqat barqarorligi yetakchi rol o’ynaydi deyish mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, qabul qilingan ma’lumotlarning ishlashi va hajmini asosan ushbu omil belgilaydi. Diqqat qanchalik barqaror bo’lsa faoliay natijasi ham shunchalik samarali bo’ladi. Diqqatning barqaror yoki beqaror diqqat turiga kirishini tartiblab belgilab beruvchi birorta ham me’yor, ko’rsatkich yo’q va bunday omillarning bo’lishi ham mumkin emas. Bu vazifani diqqatning turi – ixtiyoririy, ixtiyorsizligiga qarab, bajarilayotgan ma’lum bir faoliyatning mazmun va natijasiga qarab turli xil baho berish mumkin. Diqqatning barqaror bo’lishi bir qator shartlarga: diqqat obektining mazmundorligiga , faoliyatga , ish bajarilayotgan vaziyatga , odamning ruhiy holatiga va albatta , irodasi va qiziqishlariga bog’liq.
14. Sezgilarning reseptor nazariyasiga ko’ra, reseptor yoinki sezgi a'zolari ularga ta'sir qiluvchi qo’zqatuvchilarga nisbatan sust (passiv) javob qaytaradi, sezgilar sharakatga qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, sharakatning o’zi esa aksincha faol (aktiv)dir.Hozirgi davrda sezgilarning reseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonining fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligini qator tadqiqotchilar tomonidan ishonchli omillarga suyangan sholda ta'kidlab o’tilgandir.Sezgi jarayonining faol (aktiv)ligini tan oluvchi nazariya - sezgilarning reflektor nazariyasi deb ataladi.Ushbu fikrni asoslash uchun misollarga murojaat etaylik va shayvonot olamida aks ettirishni tashlil qilib ko’raylik. Shayvonlar va jonivorlarning sezgilari sust (passiv) xususiyatga emas, balki tashqi olam ta'sirining biologik ashamiyatga molik jishatlarini faol (aktiv) ravishda ajratgan sholda xatti-sharakatni amalga oshiradilar.Masalan, bolari (asalari) bir xil turkumdagi gullarga nisbatan aralash sholdagi gullarga faol (aktiv)roq javob reaksiyasini bildiradi; qirqiy irish-chirish shidlariga, undan ko’ra suv o’tlarining ildizlari shidiga chaqqon sharakat qiladi. Mushuk sichqonning qitirlashiga e'tiborini kuchaytiradi, lekin xuddi shunga o’xshash kamerton tovushini keltirsak, aslo unga parvo sham qilib qo’lmaydi.Bu omillar shuni ko’rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik (aktivlik) xususiyatiga ega, ikkinchidan, ularning vujudga kelishida sharakat tarkiblari ishtirok etadi.AqShlik psixolog Neffning ta'kidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna sanchilsa, xuddi shu uchastkada (maydonda) reflektor sharakat reaksiyalari kuzatilgan; tomirning qisilishi, teri galvanik refleks (KGR), gosho ko’z sharakati, bo’yin muskullarining taranglashuvi, qo’lning sharakat reaksiyasi sodir bo’lishi mumkin.
15. Ma’lumki, inson o‘zining tana a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan rang, issiqlik yoki sovuqlikni, hidlarning o‘ziga xosligini sezadi hamda aks ettiradi. Ana shu vaziyat oqibatida analizatorlarning periferik qismlarida javob reaksiya hosil bo‘ladi. Misol uchun, ko‘z qorachig‘i qisqaradi, kengayadi, qo‘l esa issiqlikdan seskanadi va boshqalar. Harakatlarni qabul qiluvchi tana a’zolaridan bosh miya po‘stlog‘iga harakat to‘g‘risida signal keladi, qayta aloqa orqali ichki tana a’zolari va boshqa apparatlari ish bajaradi.S.V.Kravkovning (1893—1951) ma’lumotlariga ko‘ra, bir sezgi a’zosi faoliyati ikkinchisining ta’siri tufayli o'zgaradi. Masalan, tovush sezgisi, asosan, ko‘rish sezgisining yorug‘lik sezuvchanligini orttiradi. Shunga o'xshash turli hidlar ham yorug‘lik va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Miya ustining yuqori qismi va ko‘rish bo'rtiqlariga tegishli o‘simtalarning yaqin joylashganligi tufayli bunday o‘zaro ta’sir, ya’ni boshqasiga o‘tish osonroq amalga oshadi. Bundan tashqari, sezgilarning o‘zaro qo‘zg‘alishi va tormozlanishini o‘rganish ham alohida ahamiyatga ega. Chunki avtomatik boshqarilish tufayli ayrim hollarda, ya’ni tungi uchishda sun’iy sezgirlikning pasayishi yoki ortishi yuzaga keladi. I.P.Pavlov tomonidan analizatorning murakkab o‘zaro ta’sir shakllari mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po‘stlog‘ida namoyon bo‘lib, bu bir vaqtning o‘zida ko‘rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni sezishimizda o‘z ifodasini topadi. Bosh miya po‘stlog‘ida kechadigan bu flziologik jarayonlarni bosib o‘tishi zarur bo‘lgan zonalar perikritik zonalar deb nomlanadi. Sezgilarning tasnifi ularning turli spetsifik tavsifla- riga, ya’ni modalligiga qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab amalga oshiriladi.
16. Atrof-olam jismlari birday idrok etilmaydi. Bir xillari yaqqol, «oldingi qatorga» surilgan holatda, boshqalari «orqaga o‘tib ketgan» holda, tushunarsiz holatda namoyon bo‘ladi. Bunga muvofiq ravishda idrok jismi, yoki ob’ekti, va bizga, bir vaqtning o‘zida o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi, lekin orqa planga o‘tib ketgan boshqa jismlardan iborat bo‘lgan fon ajratiladi. Masalan, kitob javonidan biror kitobni oladigan bo‘lsak, biz boshqa ko‘pgina kitoblarni idrok etamiz, lekin idrok predmeti, ob’ekti bo‘lib, bizga ayni damda zarur va biz izlayotgan kitob hisoblanadi. Dastlab figura (jism) va fon o‘rtasidagi farq tasviriy san’atda yuzaga kelgan. Psixologiyada ushbu muammo mustaqil muammo sifatida daniyalik psixolog E.Rubin tomonidan ko‘rib chiqilgan edi. Yakka holatdagi, oldinga chiqqan, e’tiborni o‘ziga qaratuvchi hodisaviy maydon qismiga figura, uni o‘rab turuvchilarning barchasi esa fon deb aytiladi. Jismni fondan ajratib olish, avvalambor, ular o‘rtasidagi farqning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Jism va fon bir-biridan qanchalik ko‘p farq qilsa, jism fondan shunchalik oson ajraladi. Xuddi shunday, fon va jism o‘rtasidagi ranglar, ayniqsa, bir-biridan keskin farq qiluvchi ranglar bo‘yicha tafovut muhim ahamiyatga ega
17. Divergensiya (lot. divergere — farqlilik) — 1) biologiyada — evolyusiya davomida organizm belgilarining farqlanib borishi. "D" tushunchasini Ch. Darvin tabiatda biologik turlardan tortib madaniy oʻsimliklarning navlari va uy hayvonlari zotlarining paydo boʻlishini izohlash uchun taklif etgan. D. mohiyati shundan iboratki, sunʼiy tanlash yoki tabiiy tanlanish taʼsirida bir turdan paydo boʻlgan shakllar oʻz belgilari bilan bir-biridan hamda oʻzining umumiy ajdodlaridan tobora farqlanib boradi. Agar tur keng arealni egallab, turli eko-logik sharoitlarga moslashadigan boʻlsa, dastlab oʻxshash boʻlgan populyasiyalar oʻrtasida biron-bir farqlar paydo boʻlishida koʻrinadigan va tur arealining turli qismlarida tabiiy tanlanishning har xil yoʻnalishlari bilan mukarrar shartlangan D. yuzaga keladi. Odam turli yoʻnalishlarda sunʼiy tanlash yoʻli bilan oʻz ehtiyojini qondirish uchun har xil madaniy oʻsimlik navlari va uy hayvonlari zotlarini yaratadi. Konvergensiya (lot. convergo -yaqinlashaman, oʻxshayman) (biologi ya da) — turli ajdodlardan kelib chiqqan organizmlarda bir xil tashqi muhit taʼsirida oʻxshash belgilarning paydo boʻlishi. K. natijasida vujudga keladigan belgilarning oʻxshashligi analogiya deyiladi. "K." terminini Ch.Darvin fanga kiritgan. K. har qanday organlar tuzilishiga tegishli boʻlishi mumkin. Tez soʻzuvchi togʻayli va suyakli baliqlarga dengiz sut emizuvchi hayvonlari — delfinlar tanasining oʻxshashligi; qushlar qanoti bilan sut emizuvchilar — koʻrshapalaqlar qanotining oʻxshashligi; barcha sakrovchi sut emizuvchilar gavda shaklining oʻzaro oʻxshashligi bunga misol boʻladi. Geografik jihatdan bir-biridan uzoqda joylashgan hududlarning oʻxshash yashash joylarida qator konvergent turlarni oʻz ichiga oluvchi butun biotsenozlar konvergent tarzda rivojlanishi mumkin. Mas, Avstraliyada xaltali sut emizuvchilarnknt evolyusiyasi dunyoning boshqa materiklarida yashovchi yoʻldoshli sut emizuvchilarga konvergent boʻlgan koʻpgina turlarning shakllanishiga olib kelgan (boʻri — xaltali boʻri, ayiq — xaltali ayiq, sichqon — xaltali sichqon va boshqalar).
20. Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi tafakkurning mustaqil ob'ekti bo’lib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya'ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, balki devorning og’ligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba'zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya'ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza yuritiladi.
21. Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Hukmlar ob'ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo’ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o’zaro bog’liq bo’lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog’liq ravishda ko’rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan. hukmlarda ajratib ko’rsatilsa bu chin hukm deb ataladi Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo’lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo’lad
22. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
23. Agglyutinasiya - "elimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta Shaxs qobiliyatlarida namoyon bo‘ladigan tug‘ma xususiyatlar iste’dod deb yuritiladi. qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar. Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintezlashuv jarayonining soddaroq ko‘rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro‘yrost yaxlitlashtirish imkoniyati yo‘q xilmaxil xislatlar, fazilatlar, sifatlar va qismlarni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks ettiradi
30. Qobiliyatning yanada yuqori va sifatli ko‘rinishi talant yoki iste’doddir. Shaxs qobiliyatlarida namoyon bo‘ladigan tug‘ma xususiyatlar iste’dod deb yuritiladi. Shaxsdagi iste’dodlilik sifati unda qobiliyatning yuqori ko‘rinishi, bilim va malakalarni tez egallash, u yoki bu yumushni tez va soz ado eta olish bilan aniqlanadi. Iste'dod - shaxsning ma'lum faoliyatida ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi. Iste’dodlilik darajasiga erishgan shaxsda aql va idrok, xotira, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar ancha rivoj topgan, iroda sifatlari barqarorlashgan, nutq riiojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ularning kuzatuichanligi, bilimlarni o‘zlashtirishi, olingan bilimni amalda qo‘llashi, o‘z sohasi bo‘yicha yangilik yaratishga moyilligi boshqalaradn farq qiladi. O‘z navbatida olingan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar shaxsdagi iste’dod darajasining yanada o‘sishiga xizmat qiladi. Talantli shaxslar yirik hajmdagi amaliy va nazariy masalalarni hal etadilar, ilg‘or xarakterga ega bo‘lgan yangilik va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar. Talant o‘zining geniy, genial kabi darajalariga egadir. Har tomonlama taraqqiy etgan, avlodlar tajribasini ijodiy o‘zlashtiradigan, uni o‘z davriga tadbiq etib, yangi bilim va tajriba bilan boyitadigan, mustaqil fikrlar asosida yaratuvchilik ijodkorlik xususiyatiga ega bo‘lgan, optimistik goya bilan sug‘orilgan, vatan va jamiyat nuqtai nazaridan ish tutadigan, ilg‘or dunyoqarash egasi bo‘lgan, o‘zining ijtimoiy burchiga hamma vaqt sodiq bo‘lgan shaxslar geniy shaxslardir. Geniy shaxslar garmonik rivojlangan shaxslar bo‘lib, ijtimoiy hayot voqealarini, ilm-fanni har tomonlama va chukur o‘zlashtirgan bo‘ladi
22. XAYOL inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi. Xayol mehnat natijalarini narsalarda gavdalantirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo’lmagan hollarda ish-harakat programmasini tuzishni ta’minlaydi. PASSIV XAYOL-Biridan bunday passiv xayol, u shuning uchun, faol harakatlarni sodir etishga insonni surish va emasligini ta'kidlab o'tish kerak, deb aslida, har qanday amaliy ma'no olib bermaydi. Uning asosiy maqsadi - bir odamning ambitsiyalarini qondirish uchun ularga xuddi shu yo'l bo'yalgan. U imkonsiz haqiqatga yoki tushida o'z orzularini tarjima qilmaydi, bu holda orzu. Bunday kishi bir utopia yoki xayolparast samarasiz deyiladi.
Passiv xayolning aksi bo’lgan AKTIV XAYOL ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo’linadi. Ma’lum bir asosga, yozuvlarga, chizmalarga asoslanib ularga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol QAYTA TIKLOVCHI XAYOL deyiladi. IJODIY XAYOL qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, orginal va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish.
Download 28.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling