1. Asosiy miqdorlar tushunchasi. Asosiy miqdorlar va ularning kelib chiqish tarixi haqida


Download 27.83 Kb.
bet1/3
Sana13.09.2023
Hajmi27.83 Kb.
#1676418
  1   2   3
Bog'liq
1. Asosiy miqdorlar tushunchasi. Asosiy miqdorlar va ularning ke



10-ma’ruza. Asosiy miqdorlar tushunchasi va ularning kelib chiqish tarixi
Reja:
1.Asosiy miqdorlar tushunchasi.
2.Asosiy miqdorlar va ularning kelib chiqish tarixi haqida.
3.Asosiy miqdorlar bilan ishlash texnikasiMiqdorlar va ularni o’lchash.
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalariga miqdorlar tushunchasini shakllantirish muhim rol o’ynaydi. Miqdorlar bilan ishlash boshlang’ich ta’limning birinchi sinfidan o’quvchilarga og’zaki shakllantirib boriladi.Tabiatdagi barcha borliqlarni miqdorlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu miqdorlar uzunlik, vaqt,yuza, hajm,massa va hokazo. Bu miqdorlar dan insoniyat qadim zamonlardan foydalanib kelmoqda.
Miqdorlarni o’lchashda insoniyat hayotida bir necha davrni ko’rsatib o’tish mumkin. Qadimgi zamonlarda odamlar uzunlik o’lchovini o’z tanalari qismlari bilan o’lchaganlar. Masalan: kaft (to’rt barmoq,bosh barmoqsiz), tirsak, fut (oyoq tagi uzunligi, dyum va hokazo,yuza o’lchovbirligi sifatida quduq (bitta quduq suvi bilan sug’oriladigan maydon),qo’sh(plug) va hokazo.
Hozirgi davrda ham ba’zi odamlar gazlamalarni metrsiz o’lchashda bosh barmoq va mayda barmoqni keng ochib o’lchaydilar.
Keyingi davrlarda haqiqatga yaqinroq o’lchov birliklari vujudga kela boshlagan. Masalan:dyum(uchta arpa donasining uzunligi),fut(yonma-yon qo’yilgan 64-ta arpa donachasining kengligi),massa birligi sifatida gran(boshoq massasi) va karat qabul qilingan.
Davr rivojlangandan keyin 18-chi asrda kelib uzunlikning asosiy o’lchov birligi sifatida metr qabul qilingan.Undan keyin ar(sotix),litr,gramm o’lchovlari qabul qilindi.Shu bilan birga massa birligi kilogramm qabul qilindi.Kilogramm platina va irridiy aralashmasidan tayorlangan silindr massasi.
Vaqt o’lchov birligi boshqa o’lchov birliklardan ilgari kelib chiqqan.Vaqt o’lchov birligining asosiy birligi sekunddir.Bir sutka 24 soat,bu 1440 minut yoki 86400 sekunddan iborat.Amalda hamma uzunliklarni metr bilan,massalarni kilogram bilan,vaqtni sekund bilan o’lchash noqulay.Shuning uchun karrali va ulushli birliklardan foydalanilgan.

Download 27.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling