1. Asosiy plataning turlari va ularni ishga tayyorlash


Download 17.5 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi17.5 Kb.

1.Asosiy plataning turlari va ularni ishga tayyorlash.

Shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:

tizim bloki;

monitor;


klaviatura;

sichqoncha.

Biz yuqorida aytib o'tgan "tizimli blok"ni "Asosiy plata" yoki "Ona plata" deb ham atashimiz mumkin. Asosiy plata o'zi nima? - degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: - Ona plata (inglizcha: motherboard) ya'ni- Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari — tezkor xotira,qattiq disk va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan koʻp qatlamli muxr platasi. Aynan ona plata bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi.

Hozirgi kunda eng mashhur va ko'p tarqalgan asosiy plata( мать плата )larni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bor. Bularga misol qilib :Asus, Gigabyte, MSI, Intel, Biostar, Elitegroup, ASRock larni aytishimiz mumkin.



Asosiy platani ishga tayyorlash deganda : o'rtacha ya'ni, ofis dasturlari va video o'yinlar uchun yigadigan bo'lsak: 4GB operativ xotira(DDR4 4GB) , 1TB qattiq disk (HDD 1TB) va 2GB videokartani yig'ib ishlatsak bu bizga ancha qulayliklar beradi.

2.CD-RW qurilmasi va uni ishlatish tartibi

O'tgan 3-4 yillik mobaynida axborotni saqlash uchun ko'p tarqalgan "saqlovchi qurilma"lardan biri bu kompakt disklardir. Hammamiz CD, DVD kabi kompakt disklarni bilamiz. Lekin hamma ham ularning turlaru haqida ma'lumotga ega emaslar.

CD va DVD disklarining asosiy farqi ularning hajmida. Ya'ni CD disklarining hajmi odatda 700Mb, DVD diski bo'lsa 4.7GB hajmga ega.

Endi biz CD - RW qurilmasiga to'xtaladigan bo'lsak. Bu CD diskning mukammal turi desak adashmaymiz. CD diskning asosiy 3 ta turi ya'ni:

CD-ROM : Compact Disk- Read Only Memory (kompakt disk - faqat o'qish uchun) - odatda ma'lum korxonalarda ichiga tayyor dastur yoki shu kabi mahsulot yozdirilgan disk.

CD-R : Compact Disk-Recordable (kompakt disk-bir martalik yozish uchun) - ya'ni bu sotuvda aylanish uchun, ichi bo'sh bo'lgan disk.

CD-RW : Compact Disk-Re Writable(kompakt disk-ko'p martalik yozuv uchun) - sotuvda aylanuvchi, yozilgan ma'lumotlarni o'chirib qayta yozishga mo'ljallangan disk.

3.Serial, Parallel va USB portlar va ulardan foydalanish tartibi.

Seriya (serial) porti (COM). Bu kompyuterlarda yigirma yildan ortiq vaqtdan beri mavjud, ammo yaqinda u deyarli ishlatilmadi.

Dastlab, kompyuterlarda ikkita ketma-ket portli COMI va COM2 mavjud edi, ammo ko'plab zamonaviy ona platalarda faqat COMI uchun ulagich mavjud va ba'zi yangi ona platalarda eskirgan kabi ketma-ket port mavjud emas.

Parallel port (LPT). Unga printerlar, skanerlar va boshqa qurilmalarning ba'zi modellari ulangan. Standart parallel port unchalik yuqori unumdorlikka ega emas, shuning uchun uning tezlashtirilgan ishlash rejimlari ECP yoki EPP.Bu port ham eskirgan va ba'zi yangi platalarda mavjud bo'lmasligi mumkin.

USB. Turli xil tashqi qurilmalar uchun eng mashhur interfeys. Orqa panelda odatda 2 dan 8 gacha USB ulagichlari mavjud va kompyuterning old qismida bir nechta ulagichlar bo'lishi mumkin
Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling