1-boshlovchi: Bashoratchi deyishadi shoirlarni


Download 20.66 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1431619

1-boshlovchi:
Bashoratchi deyishadi shoirlarni,
Shuning uchun suyishadi shoirlarni.
Suyib turib suyishadi shoirlarni,
Qizg’aldoqlar qirlarda xor yig’lar bu kun.


2-boshlovchi:
Bashoratlar yolg’on chiqsa bo’lmasmidi,
Yolg’on chiqsa, tole` nima kulmasmidi.
Qaro yerning bag’ri sizsiz to’lmasmidi,
Boychechaklar bag’rimda qon yig’lar bu kun.


1-boshlovchi:
Talpingani ko’klammidi ko’ngilchamning,
Ko’k kiygani ko’klammidi ko’ngilchamning.
Kiyay desa ko’k kammidi ko’ngilchamning,
Kapalaklar kaftimda xor yig’lar bu kun.


2-boshlovchi:
Kuylamasman endi sira muhabbatni,
Kuylasam ham o’ylamasman muhabbatni.
Esga olib har zamonda Muhammadim,
Erka kiyik xumor -xumor yig’lar bu kun.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum qadri baland aziz ustozlar, hurmatli talabalar. Muhammad Yusufning yorqin hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Muhammad Yusuf – el ardoqlagan shoir” mavzusidagii kechamizga xush kelibsiz.
2-boshlovchi:
Eng yaqin do’stlarim g’iybatim qilar,
Eng zaif dushmanim ustimdan kular.
Ular-ku, ne qilsa o’zlari bilar,
Yig’lashni ham bilmas mening qizlarim…
Deya tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini Yoshlar bilan ishlsh va ma’naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan 1-o'rinbosari Norberdiyeva Muyassar Sharipovnaga beramiz.
Marhamat!
1-boshlovchi:
Muhammad Yusuf adabiyotimizga chaqnab kirib kelgan, qisqa vaqt ichida eng yosh “O’zbekiston xalq shoiri” sifatida tanilgan xalq shoiri edi.
2-boshlovchi:
Uning xalqona ohanglardagi misralari o’zbekning chin ma’nodagi ma’naviy mulkiga aylandi.
1-boshlovchi:
Agar Muhammad Yusuf she’rlarini jamlab, bir nom bilan umumlashtirsa, uni “O’zbek xalqiga  qasida”  deb  atash  mumkin  bo’lar  edi.  Chunki har bir she’r misrasi ortida O’zbek , uning dardi, quvonchi, tashvishi, mehri, orzu-umidlari, qo’ying-chi, butun hayoti gavdalanadi.
1-boshlovchi:
Bir go’sha suv bo’lsa, bir go’sha qirlar,
Qancha yurtni ko’rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog’laring ortimdan ergashib yurar.
Ushbu ajib misralar egasi bo‘lmish Muhammad Yusufning eng sara she’rlariga jon baxshida etgan qadrli talabalarimiz o’z navbatini ishtoqlik bilan kutib qolishdi chamamda…. (Albatta huddi shunday endi navbatni ularga bersak 2- boshlovchi)


2-boshlovchi:
Rahmat, endigi navbatni talabalar ishtirokidagi ,, Jaydari Kelin’’ nomli sahna ko’rinishga bersak.

1-boshlovchi:


Oylaymizki bu sahna ko’rinish sizlarga manzur bo’ldi.
Endigi navbat Asamova Laylo qalamiga mansub bo’lgan monologga…Marhamat!
2-boshlovchi:
Chiroyli manolog uchun rahmat. Endi Sadiboyeva Go’zal ijrosidagi sho’x raqsga bersak.
2-boshlovchi:
Yetmish yil ko`z yoshim artdi yolg`onim,
Qora qumg`onda choy, moysiz yovg`onim,
Sarbonsiz cho`llarda daydigan Majnun,
Ipak yo`llarda izsiz karvonim.
Salom, o`zligiga qaytgan ummonim,
O`zimniki bo`lgan O`zbekistonim!
Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling