1-boshlovchi: salom berib sehr bilan, Dil to’rida mehr bilan. Tilab sizga tillo taxt, Hamroh bo‘lsin omad baxt. Aytib dildan xush kalom, Sizga samimiy «salom». 2-boshlovchi


Download 30.02 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi30.02 Kb.
#1349420
Bog'liq
5 ta Tashabbus ssenariysi


Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 36-umumta’lim maktabida 5 Tashabbus doirasida
2022-yil 24-noyabr sanasida o’tkaziladigan tadbir
Senariysi
1-boshlovchi:
SALOM berib sehr bilan,
Dil to’rida MEHR bilan.
Tilab sizga tillo TAXT,
Hamroh bo‘lsin OMAD BAXT.
Aytib dildan xush kalom,
Sizga samimiy «SALOM».
2-boshlovchi:
Salom sizga yurak to‘ridan,
Davramizga yig‘ilgan do‘stlar.
Ko‘ksimizga qo‘limiz qo‘yib,
Deymiz sizga «Xush kelibsizlar!».
Assalomu – alaykum aziz ustozlar, davramizga kelgan jamiki mehmonlar, barcha-barchangiz bugungi “Prizidentimiz tomonidan joriy etilgan 5 ta Tashabbus ”doirasida o’tkaziladigan tadbirimizga xush kelibsizlar.
Hozir davramizga tadbir ishtirokchilarini taklif etamiz (musiqa sadolari ostida)
 
1-boshlovchi: Umr deb atalmish cheksiz ummonda bir zot yashaydi, ul zot sham yanglig` butun olamga ziyo taratadi, kamtarin, hokisor bu zotlar- ustozlardir.
 
2 – boshlovchi: Qo`limizga qalam ushlashni ham o`qishni ham yozishni ham, hatto o`z ismimizni to`g`ri talaffuz qilishni ham bilmay shu dargoh ostonasiga qadam qo`yganimizda bizlarni ona kabi o`z quchog`ingizga oldingiz aziz ustozlar.

  1. 10-“B” sinf ijrosida “O’zbekiston yoshlari” gruppavoy raqs

  2. Samadova Dilso’za ijrosida yakka raqs

  3. 10-“B” sinf ijrosida “General” gruppavoy raqsi

Billur ko’k samoda oftobi yakkash
Sizning boshingizga ziyo tarqatar
Bugungi kuy, navo bunga ham dilkash,
Yangraydi oqshomdan to tonga qadar.

  1. 10-“B” sinf Sahna ko’rinishi

  2. Jonli ijro

  3. 5-sinf ijrosida Ingiliz tili to’garak jarayoni chiqishi

  4. 10-“A” sinf o’quvchisi Bahromov Parviz ijrosida jonli ijro

1-boshlovchi: Biz mana shu 4 yil davomida o‘zimizning musiqa, rassomchilik, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi bilimlarimizni ham oshirib bordik. Qanday qilib deysizmi? Marxamat tomosha qiling. (Musiqiy qo‘g‘irchoq teatri)
2-boshlovchi: Qaranga aziz mehmonlar bugun zamonamizning shiddatli rivojlanishi o‘quvchilar saviyasini yanada oshirmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida hajviya va taqlid yo‘nalishidagi san’atlarni olishimiz mumkin. Xozir sizlarga namoyish etadigan chiqishimiz ana shu taqlid va hajviya san’atiga bag‘ishlanadi.(Mo‘ylov)
 
1-boshlovchi: (Do‘ppi raqsi)
2-boshlovchi:
Partalar oralab o`tadi umri,
O`chirib qoralab o`tadi umri,
Bag`rini poralab o`tadi umri,
Ajib hayoti bor o`qituvchining.
Uzatsa qo`llari osmonga yetar,
Yo`llari yulduzlar oralab ketar,
Ko`ngilni kamolot mulkiga eltar,
Ajib hayoti bor o`qituvchining.
1-boshlovchi: Mana aziz ustozlar . Bugungi maktab o’quvchilari va to’garak a’zolari tayyorlab kelgan dasturlarimiz o’z nihoyasiga yetdi. Sizning qalbingizga zarracha quvonch ulashgan bo’lsak, o’zimizni behad baxtiyor his qilardik.
Download 30.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling