1-boshlovchi salqin saharlarda bodom gulida, Binafsha labida qirlarda bahor Qushlarning ovozi, yellarning nozi Baxmal vodiylarda qirlarda bahor Assalomu alaykum aziz ustozlar davramiz qatnashchilari


Download 18.54 Kb.
Sana17.03.2023
Hajmi18.54 Kb.
#1279532

1-BOSHLOVCHI


  1. Salqin saharlarda bodom gulida,

Binafsha labida qirlarda bahor
Qushlarning ovozi, yellarning nozi
Baxmal vodiylarda qirlarda bahor

Assalomu alaykum aziz ustozlar davramiz qatnashchilari.


Go’zal bahor ayyomining yurtimizga tashrifiga bag’ishlangan “Xush kelding bahorim, Xush kelding Navro’z” deb nomlangan bayramona kechamizga xush kelibsiz.


3. Ko’hna maskan, bir diyor
Nafosatda tengi yo’q diyor
Unda hamon yashar bir ruxsor
Seplari mo’l fusunkor bahor.

Yurtimizga biz orziqib kutgan borliqdagi uyg’onish va yangilanish timsoli bo’lgan Navro’zi olam kirib keldi. Bu betakror ayyomni har bir xonadon, har bir oilada bag’rimizni keng ochib xush kelibsan o’lkamga navro’zi olam qadaming qutlug’ bo’lsin yurtimizga tinchlik omonlik olib kel deb qarshi olish azaliy odatimizga aylanib qolgan.


Navro’z ayyomi bilan qutlash uchun so’z navbatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Fazliddin Mo’minovga beramiz.
6. Atlas ko’ylak yarashga qizlar,
Bir biriga aytishar tilak
Axir shu kun kutganmiz bizlar
Azizlarim Navro’z muborak.
Mana endigi navbatni go’zal va lobar qizlarimizning ajoyib tayyorlagan Andijon polkasi raqsiga beramiz.

8. Qozonlarda qaynar sumalak
Ko’chalarda pishmoqda chalpak
Qaldirg’och ham kelibdi qarang
Azizlarim Navro’z muborak

2-BOSHLOVCHI


  1. Yana bahor keldi yana olamga

Ajib bir go’zallik ajib bir bayot
Men seni qutlayman shu ulug’ damda
Ulug’ yelkadoshim muzaffar hayot.

Assalomu alaykum qalbi qaynoq mehri buloq, so’zlari dur bo’lgan o’qituvchi, ustozlar va bilimga chanqoq talabalar. Ha bahor uyg’onish yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavq-u shavqqa oshufta bo’ladi. Bahor bayramlar shodiyonalar fasli.




4. Ajib nafosatga uyg’ondi olam
Tabiat labida xandon tabassum
Yam yashil qirlarda Navro’z jilvasi
Go’dak kulgusidek quvnoq va ma’sum

Bugun butun dunyoda go’zal va ma’sum bo’lgan milliy bayramimiz Navro’z keng va tantanali nishonlanayotgan bir paytda bu bayramning debochasi nishonlanmoqda.



____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

5. Dimoqqa yalpizlar nafasi urar
Yurakda muattar chechaklar
Osmonda bosh urar aziz mehmonim
Navro’zing muborak O’zbekistonim.


7. Bahorning ko’klami so’zi muborak
Qizlarning chiroyi nozi muborak
Yangi kun, yangi yil, yangi tilaklar
Olib kirgan Navro’zi olam muborak.

9. Hozir davramizga milliy uruf odatlarimizga mos bo’lgan spektaklni tuxfa etamiz. Marhamat Farmon bibi kelinlari bilan.
Download 18.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling