"Ruxsor teleradiokanali" masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi "Ruxsor tv", "Gold UZ tv" telekanallari hamda "Ruxsor fm" radiosi haqida ma'lumot


Download 8.74 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi8.74 Kb.
#1541384
Bog'liq
Ruxsor teleradiokanali


"Ruxsor teleradiokanali” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi “Ruxsor TV”, “Gold UZ TV” telekanallari hamda “Ruxsor FM” radiosi haqida ma'lumot. “Ruxsor TV” telekanali 2009 yil 7 mayda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari boʻylab efirga tarqatiladi. Efir davomiyligi bir sutkada 18 soat. Efir mundarijasini asosan Fargʻona viloyatining madaniyati, sanʼati, adabiyoti oʻtmishi, buguni, oddiy insonlarning turmush tarzi, ularning orzu-maqsadlari va ertangi kundan umidlari aks etgan maʼnaviy-maʼrifiy, reklama-axborot, musiqiy dasturlar, intellektual, koʻngilochar koʻrsatuvlar, milliy va jahon kinosi durdonalari, multifilmlar, seriallar, hujjatli filmlar tashkil etadi. Fargʻona viloyatining ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida xabar beruvchi “Yangiliklar vaqti” informatsion dasturi har kuni 3 marotaba tomoshabinlar eʼtiboriga havola etiladi.
“Gold UZ TV” 2014-yil 29-sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona, Andijon (qisman), Namangan (qisman) viloyatlari boʻylab efirga tarqatiladi. Efir davomiyligi bir sutkada 18 soat. Efir mundarijasini asosan Fargʻona vodiysining betakror tabiati, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari, mashhur ziyoratgohlari, turistik salohiyati aks etgan maʼnaviy-maʼrifiy dasturlar, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-amaliy, iqtisodiy-axborot, reklama-axborot, intellektual, koʻngilochar, musiqiy koʻrsatuvlar, tok-shoular, milliy va jahon kinosi durdonalari, multfilmlar, seriallar, hujjatli filmlar tashkil etadi. “Ruxsor FM” radiokanali 2007-yil 17-sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari boʻylab efirga tarqatiladi. Efir davomiyligi bir sutkada 24 soat. Efir mundarijasini asosan maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy, musiqiy dasturlar, reklama-axborot, intellektual, koʻngilochar eshittirishlar tashkil etadi. Shu yilning aprel oyidan boshlab “Ruxsor TV”, “Gold UZ TV” telekanallari hamda “Ruxsor FM” radiosi efirlari onlayn rejimda mediabay.uz intenet tarmog‘i orqali butun dunyoga tarqatila boshlandi. Demak-ki, bugun “Ruxsor” teleradiokanali efirlarini dunyoning istalgan hududida turib ham tinglab-tomosha qilishmoqda. Muhim yangiliklardan yana biri joriy yildan boshlab “Ruxsor TV” telekanali dasturlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirga olib chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunday joriy etilayotgan yangi texnologiyalarning barchasi, albatta, yangi televizon loyihalarning teletomoshabinlarga tez va sifatli taqdim etilishiga xizmat qiladi. Teleradiokanal jamoasi asosan yoshlardan tashkil topgan bo‘lib, har mavsumda yangidan yangi loyihalar efirga olib chiqilmoqda. Xususan, Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan "Men 30 yoshdaman", "Yonimizdagi odamlar", "Jannatmakon", "Kecha", "Fikrlar marafoni", "Mustaqillik shukronasi", "Faktlar", "Yashash baxti" kabi bir qator turkum dasturlar tashkil etildi.
Download 8.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling